KOLLEGIALLIK

KOLLEGIALLIK

KOLLEGIALLIKboshqarish prinsipi, bunda rahbarlik vakolatli shaxslar guruhi (kollegiya) tomonidan amalga oshiriladi, mazkur shaxslarning har biri muayyan faoliyat sohasi uchun shaxsiy javobgar boʻladi. Kollegiallikning hal qiluvchi va maslahat beruvchi shaqllari boʻladi. Kollegiallikning hal qiluvchi shakli ayrim davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlik faoliyatiga xosdir. Kollegiallikning maslahat beruvchi shakli, asosan, yakkaboshchilik asosida ish olib boradigan xoʻjalik boshqarish organlarida uchraydi. Ularda kollegiyalarning qarorlari rahbar (yakkaboshchi) rozi boʻlgandagina kuchga kiradi. Bunda rahbar, odatda, kollegiya raisi hisoblanadi. Kollegiallik, shaklidan qatʼi nazar, shaxsiy javobgarlik uning samarali ishlashining hal qiluvchi shartidir.

Ensiklopediya.uz
KOLLEGIALLIK