KOLIMA TOGʻLIGI
KOLIMA TOGʻLIGI, Kolima tizmasi (Gidan yoki Gedan) — RF Osiyo qismining shim.-sharqidagi togʻlik. Asosan, Magadan viloyatida. Tizmalar, plato va qator tepalardan iborat. Shim.sharkda Ola va Buyunda daryolarining yuqori qismlaridan Anadir daryosining bosh qismigacha 1300 km masofaga choʻzilgan. Eng baland joyi 1962 m. K. t. asosan, qumtosh-slanes, effoʻziv jinslardan tuzilgan. Yon bagʻirlari (500800 m) siyrak tilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan.
Ensiklopediya.uz
KOLIMA TOGʻLIGI