Kolbasani sifatliligini qanday aniqlash mumkin?
Kolbasani sifatliligini qanday aniqlash mumkin? ✓ Kolbasa hidi kuchli bo‘lmasligi kerak. Kuchli hushbo‘y hidning mavjudligi mahsulotga ko‘p miqdorda aromatizator qo‘shilganidan dalolat beradi. Agar ziravorlarni hidi juda o‘tkir bo‘lsa eskirgan go‘shtni hidini yashirish uchun qilingan bo‘lishi mumkin. ✓ Agar kolbasa tarkibida yog‘li qo‘shimchalar mavjud bo‘lsa, unda ular oq bo‘lishi kerak. Sariq yoki pushti bo‘lmasligi kerak. Aks holda, yoki kolbasa eskirgan, yoki juda ko‘p bo‘yoqlardan foydalanilgan. ✓ Agar tarkibida soya ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda mahsulotdagi go‘sht miqdori juda kam bo‘ladi. Bunda odatda go‘shtning o‘rniga parranda terisidan foydalanadi. Tarkibdagi kraxmal zararsiz qo‘shimcha bo‘lib, u qiyma go‘sht uchun quyuqlashtiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. ✓ Agar bir necha bo‘lak kolbasa iste’mol qilganingizdan so‘ng, sizda yana yeyish hissi davom etsa, demak, ko‘p miqdorda kuchli lazzat kuchaytiruvchi — natriy glutamat (https://t.me/taomlanish_ilmi/2030) qo‘shilgan. Bu kolbasaga ajoyib ta’m va xushbo‘ylik beradi, lekin, extiborlisi, u past sifatli qiyma go‘shtlarni yoqimsiz hidini va ta’mini yashirishi ham mumkin. Sifatli kolbasani puli ham qimmat bo‘ladi. Olganga yarasha qimmatrog‘idan olish kerak yoki tinchgina uyda tayyorlab iste’mol qilish kerak! @taomlanish_ilmiKolbasani sifatliligini qanday aniqlash mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Uyda kolbasa tayyorlash👇
https://t.me/parhezbook/23
Kolbasani sifatliligini qanday aniqlash mumkin?