KOKS

KOKS

KOKS (nem. Koks, ing. soke) — tabiiy yoqilgʻilar (toshkoʻmir, neft, torf va b.) yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlarini havo ishtirokisiz 950 — 1050° gacha qizdirish (kokslash) jarayonida hosil boʻladigan uglerodli qattiq qoldiq. Toshkoʻmirli (domna, quyish pechlarida ishlatiladigan), elektrodli va neftdan olinadigan turlari bor. K. domna i. ch. da yoqilgʻi va qaytargich sifatida, quymakorliksya, rudalarni aglomeratsiyalashda, polimetall chiqindilarni qizdirib haydashda yoqilgʻi sifatida, elektrodlar i. ch. da xom ashyo sifatida va b. maqsadlarda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
KOKS