KOKKLAR

KOKKLAR

KOKKLAR (yun. kokkos — don) — harakatsiz sharsimon bakteriyalar. Diametri 0,5—4,0 mkm. Sporalar hosil qilmaydi. Hujayralarning boʻlinish soni va ularning bir-biriga nisbatan joylashish tartibiga qarab quyidagi shaqllari farq qilinadi: mikrokokklar, diplokokklar, streptokokklar, tetrakokklar, sarsinalar, stafilokokklar. Koʻpchilik Kokklar grammusbat, ayrimlari grammanfiy. Tabiatda keng tarqalgan. Yashash sharoitiga koʻra, aerob yoki anaerob boʻladi. Tuprokda, suvda, havoda yashaydigan aksari Kokklar (saprofitlar) odatdagi sharoitda zararsiz. Patogen turlari yalligʻlanish va yiringli kasalliklarni qoʻzgʻatadi.

Ensiklopediya.uz
KOKKLAR