Kodelak neo haqida to’liq malumot oling

Kodelak neo haqida to’liq malumot oling

Kodelak neo

📜 Preparat xaqida asosiy maʼlumotlar.

Tarkibi:4321`6ewq

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: butamirat tsitrati – 50,00 mg;

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (sut qandi) – 241,00 mg, gipromelloza (metotsel-K4M) – 85,00 mg, talk – 4,00 mg, magniy stearati – 4,00 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 6,00 mg, quyimolekulyar povidon (quyimolekulyar polivinilpirrolidon) – 5,00 mg; qobig‘i: oq opadray (oq II opadray 57M280000) (gipromelloza (15sP) – 5,58 mg, titan dioksidi – 4,86 mg, polidekstroza – 4,68 mg, talk – 1,26 mg, maltodekstrin/dekstrin – 0,90 mg, glitserin/glitserol – 0,72 mg saqlovchi kukun ko‘rinishida) – 18,00 mg.

💧 Ta’sir etuvchi modda(XPN):

butamirat

📝 Preparatning savdo nomi:

Kodelak Neo

🧬 Farmakalogik guruhi:

markaziy ta’sirga ega yo‘talga qarshi vosita.

💊 Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan, ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar.

🧪 Ta’rifi:

dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tabletka ko‘ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangda.

👉 Qoʻllanilishi:

Turli etiologiyali quruq yo‘tal (“shamollash” kasalliklari, gripp, ko‘kyo‘tal va boshqa holatlarda).

Operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda, jarroxlik aralashuvlari va bronxoskopiyada yo‘talni bostirish uchun qo‘llanadi.

Dorixona
Kodelak neo haqida