Koʼz uchishining sabablari to’liq malumot oling

Koʼz uchishining sabablari to’liq malumot oling

Koʼz uchishining 6 sababi

Hech oʼylab koʼrganmisiz: nima sababdan koʼz lipillaydi? Hammasi asabdan, deydi shifokorlar va ularning gapida jon bor. Shunday boʼlsa-da, koʼz uchishining boshqa sabablari ham yoʼq emas.

• Koʼz toliqishi. Kompyuterda ishlash, xona yorugʼligi yetarli darajada boʼlmagan sharoitda kitob oʼqish koʼz mushaklarini charchatadi. Natijada spazm yuz beradi.

• Toʼyib uxlamaslik. Bu holatda organizmning umumiy toliqishi kuchli stressni yuzaga keltiradi.

• Nevroz. Kishi xatti – harakatlarini nazorat qila olmaganida beixtiyor nerv tolalari tortiladi.

• Kofein, spirtli va gazlangan ichimliklar. Bilasiz, har bir organizm individual tuzilgan. Shunga koʼra, oshqozon – ichak tizimi isteʼmol qilinayotgan mahsulotlarga reaktsiya berishi mumkin.

• Immunitet zaiflashuvi. Infektsion xastaliklardan soʼng immun tizimi sustlashadi. Bu esa organizmda umumiy stressni keltirib chiqaradi.

• Vitamin yetishmovchiligi. Organizm maʼlum guruh darmondorilariga ehtiyoj sezsa, koʼz uchishi kelib chiqadi.

Koʼz uchishining sabablari

✍️Kaliy bromid koʼz uchishini tez qoldiradi.

Kasalliklar
Koʼz uchishining sabablari