KOʻRSATUV

KOʻRSATUV

KOʻRSATUV (huquqda) – surishtiruv, dastlabki tergov va sudla hal qilivayotgan ishga oid biror ahamiyatli holatni aniqlash uchun shaxsning soʻroqda bergan tushuntirishi. Koʻrsatuv iщdagi faktik maʼlumotlarni izoxlash, tahlil qilish, biror voqeaga va uning ishtirokchilariga aloqador fikr-mulohaza, vaj, taxmin va iltimos tarzida ham boʻlishi mumkin. Fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha sudda taraflar, 3-shaxslar, ularning qonuniy vakillari va guvoxlar, jinoyat ishlari boʻyicha esa — gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi, baʼzan ekspert soʻroq kilivadi. Soʻroqsa qonun talablariga qatiy rioya qilinishi shart. Jismoniy yoki ruhiy qiyvash, qoʻrqitish, aldash, huquq va erkinliklarini gʻayriqonuniy cheklash yoʻli bilan Koʻrsatuv olishga jinoyat sifatida qaraladi va buning uchun jazo belgilangan (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 235-modda). Bu yoʻl bilan olingan Koʻrsatuv dalil hisoblanmaydi. Taraflar, 3-shaxs, ularning qonuniy vakillari daʼvoni quvvatlash yoki inkor etish uchun Koʻrsatuv beradi. Gumon ostidagi shaxs, ayblanuvchi va sudlanuvchining Koʻrsatuvi esa ularga eʼlon qilingan gumon yoki aybga oid boʻladi. Koʻrsatuv berish ularning majburiyati emas, balki huquqi va oʻzini himoya qilish vositasidir. Shu bois ular Koʻrsatuv berishdan bosh tortgani yoki bilaturib yolgʻon Koʻrsatuv bergani uchun javobgar qilinmaydi, ammo soʻroqqa chaqirilganda kelishga majbur, aks holda militsiya orqali keltiriladi. Aybga iqrorlik mazmunidagi Koʻrsatuv sinchkovlik bilan tekshirilishi lozim va faqat toʻgotangan boshqa dalillar bilan tasdiqlanganda inobatga olinadi. Aybga iqrorlik va qilmishdan sidqidildan poʻshaymonlikni sud jazo tayinlashda eʼtiborga olishi shart. Bu xil Koʻrsatuv bergan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, baʼzi jinoyatlari uchun javobgarlikdan ozod etilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi JK 66ʻ» modda).

Ensiklopediya.uz
KOʻRSATUV