KOʻRA

KOʻRA

KOʻRA — Zakavkazyedagi daryo. Oʻz. 1364 km, havzasining mayd. 188 ming km2. Old Osiyo togʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, asosan, Gruziya va Ozarbayjon hududlaridan oqib oʻtadi va Kaspiy dengiziga delta (mayd. 100 km2) hosil qilib quyiladi. Koʻra yuqori oqimida togʻlar orasidan shiddat bilan oqadi. Tbilisi sh. dan quyida Koʻra vodiysi kengayadi. Koʻraning kuyilish joyidan 236 km yuqorida unga oʻngdan Araks daryosi quyiladi. Qor-yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyivadi. Oʻrtacha suv sarfi 575 m3/ sek. Kuyi qismida kema qatnaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Suvining bir qismi kanal orqali Araksga oqiziladi. Koʻrada Zemo-Avchala, Mingechaur (suv omborlari b-n) GESlari qurilgan. Daryo deltasida baliq ovlanadi.

Ensiklopediya.uz
KOʻRA