KOʻPRIT

KOʻPRIT

KOʻPRIT (lot. cuprum — mis) , qizil mis rudasi, — oddiy oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Si2O. Tarkibida 88,8% mis bor. Kub singoniyali. Qizil kristallar, sertuproq massalar, ignasimon agregatlar. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 6140 kg/m3. Moʻrt. Mis konlarining oksidlanish zovasida uchraydi. Xalkozin, bornit rudalarining oksidlanishidan hosil boʻladi. Ural, Oltoy (RF) va b. joylardagi konlarda malaxit, azurit, temir gidroksidlari bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda OlmaliqAngren r-nidagi Qalmoqqir va Sari-Cheku konlarida bor. Koʻprit eng yaxshi mis rudalaridan biri.

Ensiklopediya.uz
KOʻPRIT