KOʻPALA

KOʻPALA

KOʻPALA Yanka (taxallusi; asl ismi Ivan Dominikovich Lutsevich) [1882.25.6(7.7), Vyazinka, hoz. Minsk viloyati Molodechnensk tumani — 1942.28.6, Moskva] — Belorus xalq shoiri (1925), akad. (1928). Zavonaviy belorus adabiyoti asoschilaridan. Ijodi 1905-y. dan boshlangan. «Vay» (1908), «Cholgʻuchi» (1910), «Hayot yoʻlidan» (1913) sheʼriy toʻplamlari, «Mangu qoʻshiq» (1908), «Qoʻrgʻondagi tush» (1910), «Arslonning kabri» (1913) dostonlari belorus adabiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. «Nomsiz» (1924), «Bayram kayfiyatlaridan» (1927) sheʼriy toʻplamlari, «Odessa daryosi oʻzra» (1933), «Chin yurakdan» (1940) dostonlari va b. asarlar muallifi. Koʻpala sheʼriyati badiiy sodda va hayotiy. «Pavlinka» (1912), «Boʻzilgan uya» (1913) pyesalari belorus realistik dramaturgiyasi va millim teatr sanʼati rivojiga samarali taʼsir koʻrsatgan. Koʻpala ukrain xalqi tarixi, folklori va adabiyotini yaxshi bilgan. 1928, 1932 —1939-y. lar Ukrainada yashagan. T. Shevchenkoga bagʻishlab asarlar yozgan («Tarasning qismati», 1939). Minskda Koʻpala nomida muzey (1945) bor, unga haykal oʻrnatilgan (1949). «Bola va uchuvchi» (1953), «Erk qoʻshigʻi» (1983) sheʼriy kitoblari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Ensiklopediya.uz
KOʻPALA