KOʻP OVOZLILIK

KOʻP OVOZLILIK

KOʻP OVOZLILIK, koʻp ovozli musiqa — 1) keng maʼnoda — musiqiytarixiy tushuncha; nota yozuvi, shuningdek, garmoniya, polifoniya unsurlariga asoslangan kompozitorlik (musiqa) ijodi (aksi — monodiya). Yevropa sanʼatida 9—10 a. lar cherkov musiqasida, keyinchalik dunyoviy musiqa sanʼatida rivoj topdi. Oʻzbekistonda ilk koʻrinishlari 19-a. ningoxirida (V. Leysekning «Osiyocha popurri», 1890 va b.) paydo boʻlgan, 1930-y. lardan boshlab V. Uspenskiy, A. Kozlovskiy, R. Glier, G. Mushel, keyinchalik M. Burhonov, Ik. Akbarov kabi kompozitorlar ijodida, anʼanaviy milliy musiqa xususiyatlari zaminida rivojlana boshladi;

Ensiklopediya.uz
KOʻP OVOZLILIK