KOʻMIR KONLARI
KOʻMIR KONLARI — foydali qazilmalar sifatida tarkibida, asosan, koʻmir boʻlgan konlar. Koʻmir konlari tabiatda choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi tufayli yakka yoki bir necha qatlam shaklida uchraydi. Qatlam yoki qatlamlarning qalinligi, koʻmirning sifati, atrofidagi geologik sharoitlariga qarab Koʻmir konlarining umumiy geologik zahiralari balansdagi va balansdan tashqari zahiralarga ajratiladi. Geol.-razvedka ishlari natijasida konning sharoitlari, chegaralari va, albatta, foydali qazilmaning sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida olinadigan qushimcha maʼlumotlar zahiralarni bir toi-fadan ikkinchisiga oʻtkazishga asos boʻladi. Xalq xoʻjaligi talablarini, zamonaviy texnologiya va texnika imkoniyatlarini kompleks iqtisodiy baxrlab, Koʻmir konlarining balansdagi zahiralari sanoat zahiralari toifasiga oʻtkaziladi va qazib olinadi. Qazib olish jarayonida geologik sharoitlar, qullaniladigan texnologik usullar va texnika vositalari imkoniyatidan kelib chiqib, koʻmirning bir qismi qazib olinmasdan yer ostida qoldiriladi va bu koʻrsatkich foydali qazilmani konda yoʻqotish va qazib chiqarish koeffitsiyentlari bilan baholanadi.
Ensiklopediya.uz
KOʻMIR KONLARI