Koʻkrak yorilishini davolash haqida to’liq ma’lumot oling
⚡️Emizish davrida ko’krak yorilishi — yosh onalarning eng og’riqli muammosi!
Onalik baxtiga musharraf boʻlgan onalar bu baxtini toʻliq his etib ulgurmasdan ilk muammolarga duch kelishi mumkin.🙆 Bulardan eng koʻp uchraydiganlari onalarda koʻkrak uchi yorilishidir. 🤦Bugungi mavzu shu haqda.💁
Koʻkrak yorilishinig sababi bu bolaga koʻkrakni notoʻgʻri tutishdir. Yana bunga koʻkrakni koʻp yuvish, tarkibida spirt bor suyuqliklar bilan dezinfeksiya maqsadida koʻkrakni tez tez artish koʻkrak uchlarini quritib yuborishi ham bunga sabab boʻlishi mumkin.
.
Koʻkrakni qiyilishini qancha erta davolansa onaga ham bolaga ham shuncha yahwi. Agar koʻkrak yorilsa davolashni aslo ortga surmang!🙅
☝️Birinchidan kundan kun bu muammo kattalashib boraveradi. ✌️Ikkinchidan emizish ona uchun haqiqiy azobga aylandi, bu esa emizishdan voz kechadigan darajachaga kelishi mumkin
👉Uchinchidan agar ona imuniteti past boʻlsa yorilgan koʻkrak orqali onaga oson infeksiya yuqish hafi mavjud.
Koʻkrak yorilishi birdaniga boʻlmaydi. Oldiniga onada bolaga koʻkrakni tutgan payt yoqimsiz hislar uygʻonadi🙍. Keyin bu his oʻgʻriqqa aylanadi. Agar ona shu zaylda koʻkrak tutishda davom etsa oʻgʻriqlar koʻkrak uchi yorilishiga olib keladi.
💁Yana yorilishlarga koʻkrakni emayotgan bola ogʻzidan tortib olish ham sabab boʻladi. Bola emish uchun katta kuch sariflaydi. Emayotganda bola ona koʻkraklarini milki va labi bilan qattiq qisadi. oʻgʻizdan koʻkrakni tortib olish esa koʻkrak terisi shikastlanishiga olib keladi.
💁 Demak koʻkrak uchi yorilishini asosiy sabablari bu:
👉bolaga koʻkrakni notoʻgʻri tutish (eng asosiy sabab);
👉 koʻkrakni tez tez yuvish ;
👉 Emayotgan boladan koʻkrakni yulib olish.
Agar shu narsalarga yoʻl qoʻyilmasa koʻkrak yorilishi sizni bezovta qilmaydi
Koʻkrak yorilishini davolashdan oldin uni keltirib chiqarayotgan omilni bartaraf etish va yorilishlarni oldini olish kerak.🙅
✔️ Agar koʻkrak uchi yorilishi notogʻri koʻkrak tutishdan boʻlsa koʻkrakni toʻgʻri tutishni oʻrganish kerak. Bunda bola oʻgʻizini katta ochib, koʻkrak uchi atrofidagi qoramtir ayla areolani toʻligʻicha ogʻziga solishi kerak.
✔️Koʻkrak uchlari bola milklariga yaqun turishi emas, orqa tanglayda turishi kerak. Shunda koʻkrak uchlariga ziyon yetmaydi.
✔️ Agar emizish vaqtida koʻkrak uchlari oʻgʻrib sizda yoqimsizlik sezsangiz, emizish holatingizni almashtiring.
✔️Bola emayotgan vaqtda nimadir boʻlib, siz koʻkragingizdan bolani olmoqchi boʻlsangiz bola qizgʻanib, koʻproq, tez tez emishni boshlaydi.
Tanish holatmi? bunday holatda aslo koʻkragingizni tortib olmang🙅🏻♀️. Jimjilogʻingizni bola lablari orasiga tiqib, pastki milklarini sekin bosing. Shunda bola koʻkragingizni oʻzi qoʻyib yuboradi.
💁🏻♀️Endi qanday qilib yorilishlarni davolash haqida
Emizib boʻlgach, yorilishni boshlagan joyni, areolalarni oʼz sutingiz bilan arting va qurishini kuting. Bir tomchi ona suti minglab tirik hujayralarni oʻzida mujassam qilgan tabiiy atiseptikdir.
🙅Koʻkragingizni tez tez yuvmang. Suv va sovun koʻkrakni quritib yuboradi. Hidli kosmetik yoʻgʻlardan foydalanmag. Oʻtkir hidlar bolani choʻchitadi. Emishdan bosh tortishi mumkin.
💁🏻♀️Yoriqlarga zaytun yoʻgʻidan surishingiz mumkin. AEvit kapsulali yoʻgʻi ham yaxshi samara beradi. Agar topa olsangiz tarkibida lanolin boʻlgan kremlardan suring. Bu kremlarni bolaga hech qanday zarari yoʻq. Agar yoriqlar kattayaversa mutaxassis bilan maslahatlashib davo choralarini koʻrish kerak. Lekin shunda ham koʻkrakni bolaga tutishdan bosh tortmang. Emizayotganda ogʻriq sizni bezovta qilsa boshqa holatni topib emizishda dvom eting. Mutaxassis davolanish vaqtida emizishni taqiqlasa koʻkragingizni sogʻib turing. Sut toʻlib, qotib qolishiga yoʻl qoʻymang. Tez tez sogʻib tursangiz yorilishlar bitganidan soʻng bemalol shu koʻkragingizda emizishni davom etish mumkin.
🙍
Koʻp ayollar bu vaqtda ogʻriqdan qochib yorilgan koʻkrakni bolaga tutmaydilar. Emizilmayotgan tarfdagi koʻkrakni sogʻib turmaydilar, natijasida shu koʻkrakda sut kelishi kamayib ketadi. Koʻkrak tuzalguncha shu koʻkrakka umuman sut kelmay qoʻyadi. Natijada bolani butun emizish davri mobaynida faqat bir koʻkrak bilan emizishadi. Bu holat koʻkraklarning ikki hil koʻrinishiga olib keladi.
Malumotlar
Koʻkrak yorilishini davolash