KOʻKPATOS TOGʻLARI

KOʻKPATOS TOGʻLARI

KOʻKPATOS TOGʻLARI Markaziy Qizilqum (Navoiy viloyati) dagi togʻlar. Boʻkantovning jan.-sharqiy tarmogʻi. Balandligi shim. – gʻarbdan (369 m) jan.sharqqa (480 m, Taraboy choʻqqisi tomon) oʻzgarib boradi. U Aytimtovning Boʻkantov bilan tutashgan joyidan boshlanib jan.-sharqqa tomon yoʻnaladi. Oʻz. 55 km, eni jan.-sharqda 12—15 km. Koʻkpatos togʻlari yirik antiklinal strukturadan iborat boʻlib, quyi devonning ohaktosh, ohaktoshli konglomerat, oʻrta karbonning qumtosh, alevrolit, argillit, konglomerat (yuqori boshqird kichik yarusi), kremniyli jinslar (qalinligi 900 m) va kvarsit, qumtoshdan tashkil topgan. Achchiq tarkibli granitoid jinslari introʻziyalari — granodiorit, granit va alyaskit formatsiyalaridan iborat.

Ensiklopediya.uz
KOʻKPATOS TOGʻLARI