KOʻKAT EKINLAR
KOʻKAT EKINLAR — koʻk holida is-teʼmol qilinadigan, bargi, poyasi ovqatga ishlatiladigan sabzavot ekinlar (koʻk piyoz, sarimsoqpiyoz, salat, kashnich, yalpiz, ismaloq, shivit, rayhon, rediska, rovoch, petrushka, ukrop va b.). K. e. qimmatli ozuqa moddalari, vitaminlarga boy. Koʻzda va bahorda ochiq dalada, parnik va issiqxonalarda yil davomida yetishtiriladi. Ular bevosita ovqatlarga va konservalarga solib ishlatiladi. Barcha Koʻkat ekinlarning oʻsuv davri qisqa — 30—60 kun davomida mahsulot isteʼmol uchun tayyor boʻladi. Koʻkat ekinlarlar tez yetilishi sababli koʻp marta urugʻini sepib yil boʻyi barra koʻkat yetishtirish imkoniyati bor. K. e. unumdor, nam yetarli tuproklarda yuqori hosil beradi. Piyoz, barra sarimsoq, ismaloq sovuqqa chidamli (qishda ochiq yerda ham oʻsadi). Qolganlari —3° —4° sovuqqa chidaydi.
Ensiklopediya.uz
KOʻKAT EKINLAR