KOʻK-YASHIL SUVOʻTLAR
KOʻK-YASHIL SUVOʻTLAR (Cyanophyta) — suvoʻtlar boʻlimi. Hujayrasi yadrosiz. Tuzilishi, tarkibi va genetik xususiyatlariga koʻra prokariolarga kiradi. Shuning uchun ular sianobakteriyalar ham deyiladi. Prokariotlar bakteriyalar va sianofitlarga ajratiladi. Koʻk-yashil suvoʻtlar bakteriyalarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan; suvoʻtlarga xos pigmentlari boʻladi. Filogenetik jihatdan eng qad. sodsa tuzilgan oʻsimlik hisoblanadi. Koʻk-yashil suvoʻtlar hujayralari fotosintez qiluvchi organoidlar boʻlib, ularda karotinoidlar va qizil suvoʻtlardagi singari maxsus pigment — fikobiliproteidlar boʻladi. Rangi koʻk-yashil va qizgʻish, bir hujayrali va koʻp qujayrali ipsimon mikroskopik organizmlar; koʻpincha, oʻz. 20 sm boʻladi. Sporalar, akinetalar va iplarning boʻlaqlari orqali koʻpayadi. 3 ta sinfi (hamesifonsimon suvoʻtlar, gormogonsimon suvoʻtlar) mavjud. Yer yuzida keng tarqalgan. 2000 dan ortiqturi maʼlum. Oʻrta Osiyo suv havzalarida ossillatoriya, formidium, lingbiya turkumlariga mansub turlar uchraydi.
Ensiklopediya.uz
KOʻK-YASHIL SUVOʻTLAR