KOʻK KOʻYLAK

KOʻK KOʻYLAK

«KOʻK KOʻYLAK» — tashviqot janridagi estrada-teatr tomoshasi. «Jonli gazeta» asosida tashkil boʻlib, 1920 — 30 y. lar keng tarqalgan. Qatnashchilar sahnaga koʻk koʻylak kiyib chiqqanliklari uchun «Koʻk koʻylak» deb nom olgan. «Koʻk koʻylak»chilarga sahna, dekoratsiya, grim va alohida libosning hojati yoʻqligi uchun tomoshalar klublar, z-d va f-ka, oʻquv yurtlarida, shahar maydonlari va dala shiyponlarida koʻrsatilgan. Dasturlari dolzarb mavzularga bagʻishlangan adabiy-badiiy montajlar, badiiy oʻqish, intermediya, xor, raqslardan iborat boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
KOʻK KOʻYLAK