KOʻK GUMBAZ MASJIDI
KOʻK GUMBAZ MASJIDI — Qarshidagi meʼmoriy yodgorlik (16a.). Shahar tashqarisiga quriladigan namozgoh turidagi chortoq tarhli xonaqoh-ayvonli inshoot. Peshtoq kitobasidagi yozuvda Abdullaxon II nomi va 999 hijriy (1590—91 mil.) yil saqlangan. Masjid (38,25×19,0 m) yon ayvonlari 14,0×14,6 m, uch qismdan iborat.
Ensiklopediya.uz
KOʻK GUMBAZ MASJIDI