KOʻHNA URGANCH
KOʻHNA URGANCH — Turkmanistonning Toshhovoʻz viloyatidagi shahar (1986-y. dan). Koʻhna Urganch tumanining maʼmuriy markazi. Xoʻjayli t. y. stansiyasidan 35 km, Toshhovoʻz sh. dan 105 km shim.gʻarbda. Aholisi 31,4 ming kishi (2000). Koʻhna Urganchda paxta tozalash, sut, yogʻ-ekstraksiya z-dlari, Toshhovoʻz gilam f-kasining filiali, aloqa boʻlimi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 7 umumiy taʼlim maktablari, musiqa, bolalar sport maktabi, sogʻlomlashtirish majmuasi, kutubxona, madaniyat uyi, kasalxona, sil kasalliklari dispanseri mavjud.
Ensiklopediya.uz
KOʻHNA URGANCH