KLISHE

KLISHE

KLISHE (frans. cliche) — illyustratsiya (rasm, reproduksiya, baʼzan matn) lardan matbaa usulida nusxa koʻchirish uchun moʻljallangan bosma forma (krlip); fotogʻrafik, kimyoviy, galvanotexnika yoki oʻymakorlik usullarida sirtiga boʻrtma (relyefli) tasvir tushirilgan metall (rux, jez, mis) plastinka. Baʼzan, yogʻoch, linoleum va plastmassadan ham tayyorlanadi. Klishelar shtrixli, rastrli va kombi-natsiyalashgan boʻladi. Shtrixli Klishe tasvir elementlari (pero va b. da chizilgan chizma, rasm) bir tekis tushirilgan originallardan nusxa koʻchirishda, rastrli (yarim tonli) Klishe esa elementlari turli tondagi tasvirlar (fotosurat, akvarel, moy-boʻyokli surat va b.) dan nusxa koʻchirishda ishlatiladi. Klishe fotomexaniq (q. Avtotipiya) yoki elektromexaniq usulda, fotopolimerizatsiya usulida tayyorlanadi. Klishe mayda kristalli rux, magniy, kamdan-kam mis va alyuminiydan tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
KLISHE