KLINIKA

KLINIKA

KLINIKA (yun. kline — koʻrpatoʻshak) — statsionar (kasalxona) toifasidagi tibbiy muassasa; tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, vrachlar malakasini oshirish in-tlari, ilmiy tadqiqot in-tlari huzurida tashkil etiladi. Klinikada bemorlarni davolash bilan birga tadqiqot ishlari olib boriladi, tibbiyot intlarining talabalari va malakasini oshiruvchi vrachlar bilan nazariy va ilmiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Klinika shahar kasalxonasi va b. davolash-profilaktika muassasalari bazasida ham faoliyat koʻrsatadi, ular klinik kasalxonalar deb ataladi. Klinika bazalarida klinik aspirantura va ordinatura mavjud boʻlib, asosan, vrachlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Koʻp Klinika larda ayrim soxaga ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlar tashkil etilgan, u yerda shu soha mutaxassislari oʻz malakasini oshiradi yoki vrachlar shu sohaga ixtisoslashtiriladi.

Ensiklopediya.uz
KLINIKA