KLAVIXO

KLAVIXO

KLAVIXO, Rui Gonsales de Klavixo (? — 1412.2.4) — Kastiliya qiroli Genrix III (Enriko Sh)ning Amir Temur huzuriga yuborgan 2-elchiligi (tarkibida olim A. Paes va saroy shoiri Gomes de Salasar ham boʻlgan) rahbari. Klavixo qad. va badavlat xonadonda tugʻilgan. Elchilar 1403-y. 22-mayda Kadis sh. dan yoʻlga chiqib, 15 oydan soʻng Samarqandga yetib kelgan. Klavixo tomonidan yozilgan elchilik kundaligi (1403—06) bosib oʻtilgan manzillar (Kadis, Balear o. lari, Gaeta, Messina, Rodos, Xios, Konstantinopol, Trapezunt, Arzirum, Tabriz, Tehron, Nishopur, Mashhad, Balx, Buxoro, Samarqand)ning batafsil bayoni va etnografik maʼlumotlardan tashqari, Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotidan iborat. Klavixoning safar xotiralari 1-marta 1582 i. Argonte de Molina sh. da «Buyuk Temur tarixi» nomi bilan nashr etilgan. Asarda Amir Temurning Samarqanddagi Bogʻi Dilkushoda oʻtkazgan qabul marosimi, ushbu bogʻ tavsifi, shuningdek, Amir Temurning obodonchilik soxasida olib borgan siyosati batafsil bayon etilgan. U Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi boʻyicha qimmatli manba hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
KLAVIXO