KLAVESIN

KLAVESIN

KLAVESIN, chembalo f[rans. clavecin, ital. cembalo, lot. clavicymbalum — klavishli simbala (changeimon musiqa cholgʻusi) soʻzidan] — klavishli torli-tirnama musiqa cholgʻusi. 16-a. dan maʼlum. Hoz. fortepiano (royal)ning oʻtmishdoshi. Klavishlar bosilishi natijasida torlari pat yoki teridan ishlangan mizroblar yordamida tirnaladi, natijada jarangdor, ammo kuchsiz, dinamikasp deyarli oʻzgarmaydigan tovush hosil qilinadi. 17—18-a. lar davomida Klavesinning shakl qiyofasi hamda klaviaturalar soni oʻzgargan, pay torlari sim torlar bilan almashtirilgan, diapazoni 5 oktavagacha kengaygan, vyordjinel, spinet, klavitsiterium kabi turlari vujudga kelgan. Bunday Klavesinlar uchun I. S. Bax, U. Byord, G. Gendel, D. Skarlatti, F. Koʻperen, J. Ramo kabi kompo-zitorlar yuksak badiiy asarlar yaratishgan, Angliya, Fransiya, Italiya K. maktablari yuzaga kelgan. 18-a. oxiridan Klavesin oʻrnini fortepiano egalladi. Lekin 20-a. boshidan Klavesin hamda aynan uning uchun muljallangan musiqaga yana qiziqish tugʻilib, u baʼzi cholgʻu ansambl hamda orkestrlar (mas, «Turkiston» kamer orkestri) tarkibiga kiritildi.

Ensiklopediya.uz
KLAVESIN