KLAPAN

KLAPAN

KLAPAN (nem. Klappe – toʻsiq) — mashina va mexanizmlarda havo, suv, bugʻ, gaz oqimlarini boshqarishga imkon beruvchi detal (qurilma). Vazifasiga koʻra, Klapan drosselli, reduksion, rostlash, teskari, saqlagich, avariyaning oldini oluvchi, berkitish va b. ; toʻzilishi boʻyicha ventilli, zolotnikli, joʻmrakli va b. ga boʻlinadi. Klapan elektrik, pnevmatik, gidravlik yuritmalar b-n, shuningdek, dastaki usulda harakatga keltiriladi. Truboprovodlarda qoʻl bilan ochilib-yopiladigan, nasos va kompressorlarda 2 tomondagi bosimlar farqi hisobiga avtomatik tarzda ochilib-yopiladigan Klapanlar qoʻllaniladi. Ichki yonuv dvigatellari va bugʻ mashinalaritsa alohida mexanizm vositasida boshqarib turiladigan; rezervuardagi havo bosimini bir meʼyorda toʻtib turish va ehtiyot qilish uchun ishlatiladigan Klapanlar bor.

Ensiklopediya.uz
KLAPAN