KLADONIYA haqida

KLADONIYA haqida

KLADONIYA

KLADONIYA (Cladonia) — butasimon lishaynik turkumi. Yer sharida 300 turi bor; ular oʻrmon, tundra va botqoqliklardagi tuproqda, toʻnkalarda, daraxt tanasida, toshlar orasida oʻsadi. Bugʻu yoʻsini kabi turlarini shimol bugʻusi yeydi. Baʼzi turlarida usnin kislota boʻlib, tibbiyotda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
KLADONIYA