Kiyimlaringiz xavfsizligi uchun to’liq malumot oling

Kiyimlaringiz xavfsizligi uchun to’liq malumot oling

Uyning koʼrkiga koʼrk bagʼishlaydigan va kiyimlarimiz xavfsizligini taʼminlaydigan shkaflarsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz birmuncha qiyin. Oʼz bagʼrida eng sevimli kiyimlaringizni saqlayotgan shkaflarga ham beeʼtibor boʼlmaslik kerak. Shu bois, shkaflarni hech boʼlmasa, bir yilda ikki marotaba (iloji boʼlsa har fasl almashishidan oldin) changdan tozalash lozim. Tozalab boʼlgach, shkafning eshiklarini keng ochib, biroz shamollatib olinsa, yanada yaxshi boʼladi.

kiyimlaringiz xavfsizligi uchun 1

Shuningdek, shkafingiz ortiqcha kiyim-boshdan holi boʼlsin. Unda eng zarur kundalik va bayramona liboslaringiz joy olsin. Qolganlari mavsum kelgunicha yigʼib qoʼyilgani yaxshidir.

Odatda, liboslar maxsus mato, qogʼoz yoxud polietilen xaltalarda saqlanishi lozim. Biroq, ustki kiyim-kechaklar qogʼoz xaltada yaxshiroq saqlanadi.

Moʼynali palьtolarning ustiga naftalin sepib boʼlmaydi. Naftalin eng avvalo, palьtoning junini toʼkib yuboradi. Shu bois, palьto oldin choyshabga oʼrab olinadi. Soʼng palьtoni qogʼoz xaltaga solib qoʼyasiz. Kuya tushmasligi uchun esa naftalinni xaltaning eng tagiga tashlab qoʼyishning oʼzi kifoya.

Moʼynali telpak va shunga oʼxshash bosh kiyimlar eski gazetaga oʼralgan holda saqlanadi. Oq rangdagi moʼynali yoqa va qoʼlqoplar qora matoga oʼrab qoʼyilsa, sargʼayib ketmaydi.

Foydali Maslahatlar
Kiyimlaringiz xavfsizligi uchun