Kiyimdagi yog` dog`ini uy sharoitida ketkazish usullari

Kiyimdagi yog` dog`ini uy sharoitida ketkazish usullari

Bir litr qaynoq suvda 150 ml tuzni eritib, uni dog`li kiyim ustiga quying, biroz ishqalab, so`ng odatdagidek yuvib tashlang.

detiski kiyim

Mundarija скрыть

Shirin qizaloqlar uchun kuz-qish mavsumida kiyishga liboslar fasonlari

Life style UZ 102.773 views 2 years ago

Болалар КИЙИМ кечак нархлари ТУРКИЯ Хитой 2022

Xurshid Obzor 32.018 views 9 months ago

bolalar jensy troyka

Babby To 18.068 views 11 months ago

Кичкинтой болажонлар кузги кийимлари/Детские одежды на осень

ТВОЙ СТИЛЬ 1.588 views 6 months ago

Detiski kurtkalar

PARIVASH 24.399 views 1 year ago

Turkiya brendi jaji qizcharamiz uchun qishki va kuzgi kiyimlar

PARIVASH 14.028 views 1 year ago

Tirkataj biznesi xaqida bolalar kiyim sexi optom narxlar

Qirol Media 37.837 views 1 year ago

2020 Чи, Йилнинг, Энг, Зур, Стиль, Детские, Одежди

UZNOV TV 47.591 views 2 years ago

Abu saxi bolalar kiyim do`koni narhlari || Абу сахи боллар кийим докони нархлари

Aziz Islamov 52.293 views 1 year ago

DIY // Детский комбинезон из джинсов

Yana Fashiontailor 64.656 views 3 years ago

Nozik didli farzandlarimiz uchun 2022 yilgi yozgi kiyimlar

PARIVASH 28.792 views 1 year ago

Bolalar kiymi toshkent

Babby To 20.160 views 11 months ago

Модная обувь для детей‍♀️Mo’jizalar uchun oyoq kiyimlarBolajonlar uchun eng chiroyli tanlovlar

Karakaş Öztürk 3.475 views 1 year ago

Bolalar kiymlari turetskiy Детский одежда турецкий оптом

Master- Klass N1 17.964 views 1 year ago

Qizchalar uchun shim tikish, Oson va Qulay | Как сшить детские брюки

IMAN 7.513 views 2 months ago

ЧАҚАЛОҚЛАР ВА БОЛАЖОНЛАР КИЙИМИ ОПТОМ ВА ДОНА НАРХИ ҚУҚОН ОПТОМ БОЗОРИ Кукон

SAVDO UZ 55.542 views 1 year ago

URGUT YANGI OPTIM KIYIM KECHAK BOZORI @MIRZAEVSHUKUR

MIRZAEV SHUKUR 9.353 views 1 year ago

Жажжи кизчаларни байрам либослари

MODALAR 2022 21.970 views 1 year ago

ЧАҚАЛОҚЛАР ВА БОЛАЛАР КИЙИМИ ОПТОМ НАРХИ БОДИ МОЛЮТКА РАСПАШОНКА РОДДОМ КИЙИМЛАР

SAVDO UZ 56.158 views 1 year ago

Kiyimdagi yog` dog`ini uy sharoitida ketkazish usullari

Uning yordamida hali matoga (har qanday matoga) singib ulgurmagan dog`ni ketkazish mumkin. Buning uchun dog` joyini yaxshilab sovunlab, 12 soatga qoldiring (yaxshisi, sellofan xalqaga o`rab qo`ying), so`ng oddiy usulda yuvib tashlang.

Shakar va kir sovun

Dog` bo`lgan joyni sovunlab, ustiga shakar seping va cho`tka bilan ishqalang. 15 daqiqadan so`ng odatdagidek yuvib tashlang. Bu usul ip gazlamalarda yaxshi ish beradi.

Tuz

Kiyimda dog` paydo bo`lishi bilan, unga oddiy tuz seping, biroz ishqalang va qoqib tashlang, buni bir necha marta takrorlang, so`ng yuvib tashlang.

Bo`r kukuni

Bu usulni paxta tolasi, zig`ir tolasidan bo`lgan gazlamalar, shoyi va shifon matolarda qo`llash mumkin. Dog` bo`lgan hududga quruq kukunni seping va 2—3 soatga qoldiring. SO`ng nam latta bilan artib tashlang va kiyimni yuving.

Ammiak

U och rangli sun`iy gazlamalarda yaxshi natija beradi. Bir stakan suvga bir choy qoshiq ammiak soling va unga paxtani ho`llab, dog` bo`lgan joyni arting. Ustidan toza mato qo`yib, o`rtacha haroratda qizdirilgan dazmolni bosing.

Kraxmal

Kraxmal kukunini olib, dog`li joyni u bilan ishqalang, o`n daqiqacha kutib, so`ng kukun qoldiqlarini qoqib tashlang. Bir necha marta takrorlang.

Idish-tovoq yuvish vositasi

Bu usul har qanday matoda ish beradi. Vositani (suvga aralashtirmasdan) dog` joyiga suring, ishqalang va bir necha daqiqaga qoldiring. So`ng ustidan qaynoq suv quyib, kiyimni yuvib tashlang.

Dog` eski bo`lsa…

Benzin

Eski dog`ni ketkazish uchun bir parcha mato yoki bosma qog`ozni benzinda namlang, uni dog`li kiyim tagiga qo`ying, ustini esa benzinda ho`llangan paxta bilan arting. Shu tariqa, trikotaj, ip gazlama, zig`ir tolasidan gazlamalardan dog`larni ketkazish mumkin.

Tuz

Bir litr qaynoq suvda 150 ml tuzni eritib, uni dog`li kiyim ustiga quying, biroz ishqalab, so`ng odatdagidek yuvib tashlang.

Kraxmal

Kraxmalni suvda eritib, isiting va dog` ustiga suring. U dog`ni o`ziga singdirib olgach, qoldiqlarini qoqib tashlang.

Osh sodasi va idish-tovoq yuvish vositasi

Masalliqlarni tish pastasidek bo`lgunicha yaxshilab aralashtiring va dog`li hududga suring, so`ng cho`tka bilan ishqalab, o`n daqiqaga qoldiring va yuvib tashlang.

Cirka

Cirkani suv bilan teng nisbatda aralashtiring, kiyimni unga 15 daqiqaga ivitib qo`ying va yuvib tashlang.

Koka-kola

Yog`li dog`ni shirin gazli ichimlik yordamida ketkazish ham mumkin. Buning uchun unga dog`li kiyimni 2—3 soatga ivitib qo`ying va yuvib tashlang.

Manba: ayol.uz

Qiziqarli malumotlar
Kiyimdagi yog` dog`ini uy sharoitida ketkazish usullari