Kitsimonlar oilasi
Kitsimonlar oilasi?Kitsimonlar oilasi
DO`STLARGA ULASHING:
___________________________
Kitsimonlar (Cetacea) — suvda yashaydigan sut emizuvchilar turkumi, 100 ga yaqin turi bor. Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda 6 oilasiga mansub 21 turi uchraydi. Boʻyi 1,2 m dan (dengiz choʻchqasi) 33 m gacha (koʻk kit). Kitsimonlar turkumiga moʻylovli kitlar, delfinlar, kashalotlar kiradi. Tuzilishi va hayoti suv muhitiga moslashgan. Orqa oyogʻi boʻlmaydi, oldingisi boshqaruv vazifasini bajaradigan kurakka aylangan. Terisi yalangʻoch, shilimshiq modda bilan qoplangan. Dum soʻzgichlari ikki boʻlakdan iborat. Kitsimonlar nafas olish uchun suv betiga suzib chiqib, oʻpkasini havo bilan toʻldirib oladi. Boshi ustiga oʻrnashgan tashqi burun teshiklarida ochilib yopilib turadigan qopqoqlar bor. Burun teshigidan suv aralash havo favvora boʻlib otilib turadi. Boʻgʻozlik davri bir yil. Ogʻirligi 1-3 tonna keluvchi 1 ta bola tugʻadi. Bolasi 4—8 oy onasini emadi. 3 yoshida voyaga yetadi.
Kitsimonlar oilasi