Kitobxon tadbir ssenariysi

Kitobxon tadbir ssenariysi

2-BOLA: – Go’zal, dono xatti-harakatdan tug’iluvchi ezgu saxovatlarimizning asosiy qismi uchun kitobdan minnatdormiz.

“Kitob mening do’stimsan” tadbir ssenariysi

Mundarija скрыть

1-BOSHLOVCHI: – Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Har ishda chaqqon kichkintoylar, aziz kitobxonlar.

2-BOSHLOVCHI: – Mana bugun biz “Kitobxonlar bayrami”ga bag’ishlab “Kitob mening do’stimsan” tadbirini uyushtirdik. Bugungi davramizni ochiq deb e’lon qilamiz.

1-BOSHLOVCHI: – Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o’rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog’i, tafakkur xazinasi, balki insonga do’st, to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi.

2-BOSHLOVCHI: – U yuraklarni-yuraklarga tutashtiruvchi, qalbga ajoyib nur, aqlga qudrat beruvchi vositadir. Kitobga oshno bo’lgan odam o’z umrini chiroyli o’tkazishga, odamlarga faqatgina yaxshilik tilashga harakat qiladi.

1-BOSHLOVCHI: – Allomalar va buyuklar ham barcha muvaffaqiyatlari, yaratgan kashfiyotlari uchun kitobdan minnatdor bo’ladilar.

1-BOLA: – Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q, undan ortiq g’amxo’r yo’q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozor yo’q.

2-BOLA: – Go’zal, dono xatti-harakatdan tug’iluvchi ezgu saxovatlarimizning asosiy qismi uchun kitobdan minnatdormiz.

3-BOLA: – Taraqqiyotning umumiy ko’lami­da har bir xalqning o’rni o’sha xalq o’gitlari, kitoblarning soni bilan belgilanadi.

4-BOLA: – Kitobsiz uy – jonsiz toshday gap.

5-BOLA: – Kitoblar xazinasi, umuman olganda, hayotning o’ziga xos badiiy ko’zgusidir.

Qo’shiq. Kitob mening do’stimsan.

Yosh o’ynoqi ko’zlarim,
Shuur olar kitobdan.
Tarkib topib so’zlarim,
Baxtim kular kitobdan.

Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do’stimsan.
Jovon ichra joylashgan
Quyosh sochib nur-ziyo.

Har yaxshilik, har yomon,
Qat-qatida joylashgan.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do’stimsan.

Barcha bilmas qahramon,
El-yurtlarga men oshno.
Armonlarim tarqatib,
Qonib o’qish bir odat.

Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do’stimsan.

1-BOSHLOVCHI: – Darhaqiqat, kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emas. U dillarni uyg’otib munavvar etish bilan birga mavjudot sirlaridan ogoh qiladi. Yashashdan saboq beradi, qiyinchiliklarni yengish yo’llarini, yaxshilik bilan yomonlikni, oq bilan qorani ajratishga o’rgatadi.

2-BOSHLOVCHI: – Kitob zehnlarni charx­lab, bilimlar xazinasiga eshik ochadi.

1-BOSHLOVCHI: – Kitob bayrami nur quyosh bayramidir. Kitob yolg’izligingda hamroh, g’amginligingda tabib bo’ladi.

2-BOSHLOVCHI: – Barcha ilmparvar, odil podsholarning saroylari qoshida kutubxonalari bo’lgani bejiz emas. Odamzod kitobsiz johilga aylanadi, kitob nuridan bahra olmasa, jaholat bot­qoqiga g’arq bo’ladi.

“Kitob” rivoyati asosida sahna ko’rinish.

O’tgan zamonda bir podsho bo’lgan ekan. Kunlardan bir kun u vazirlarini chaqirib ularga: “Dunyoda eng zo’r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa nima?”, – deb savol beribdi. Vazirlar saroy a’yonlaridan so’ra­shibdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi. Birovi dunyoda eng zo’ri qilich desa, ikkinchisi non debdi. Hamma o’z bilganini aytibdi. Bu xabarni vazirlar podshoga yetkazishibdi. Shunda podsho ularning bu javobi noto’g’ri ekanligini aytibdi.
Shunda vazirlar: – Podshohi olam bizga muh­lat bering, – deyishibdi.
Podsho: – Sizlarga uch kun muhlat beraman, – debdi darg’azab bo’lib.
Qo’shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Undan vazirlardan birining xabari bor ekan.Vazir podshoning savollariga shu donishmand javob bera olishini bilibdi va uni izlab topibdi. Vazir unga podshoning savollarini aytibdi.
Donishmand hech ikkilanmay dunyoda eng zo’r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluv­chi narsa bu – kitob, – deb javob beribdi. Do­nish­mandning javobi podshoga ham ma’qul tu­shibdi.

1-BOSHLOVCHI:
– Kitob do’sting bo’lsin, undan bilmaganing bilib ol,
Dunyo ko’rib olim bo’lay desang faqat bilim ol.

2-BOSHLOVCHI:
– Kitob quyosh bo’lsa, maktab bir jahon,
Unda kamol topar haqiqiy inson.

1-BOSHLOVCHI: – Qadimda ota-bobola­ri­miz kitobni qo’llariga olgach, uni avval o’pib, keyin ko’z­lariga surtganlar. Uning bir varag’ini ham yirtmaganlar. Har xil joylarga tashlamaganlar. Kitobni muqaddas deb bilganlar.

2-BOSHLOVCHI: – Kitob uni ko’p o’qigan odamga omad, quvonch olib kelishi, shub­hasiz. Odamlarning yaxshi kunlarida kitobning hissasi bor.

She’r. Kitob deydi

Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo’lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib burdalab,
Kamaytirma varag’im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog’im.

1-BOSHLOVCHI: – Yana donolar fikrlariga quloq tutaylik.

1-BOLA: – Kitoblar aql farzandlari.

2-BOLA: – Kitob fikrlash qobilyatimizni harakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir. U aqliy tamballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko’maklashuvchi tafakkur, quvvat.

3-BOLA: – Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’st­dir.

4-BOLA: – Biror yaxshi kitobni o’qib o’z xayotlarida mutlaqo yangi lavha ochgan kishilar ozmunchami?!

5-BOLA:- Goho odam kitobni o’qib tugatganda mutlaqo o’zgarib qoladi. Eng mag’rur aql egalari-yu, o’ta nazokatli shaxslar ham bu joziba qarshisida bo’yin egadilar.

6-BOLA: – Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat ehtirom bilan qadam qo’ymoq lozim.

7-BOLA: – Kitob yolg’izlikka do’st, uni o’qish bilan odam o’zligini anglaydi.

8-BOLA: – Yurakka tekkan birinchi kitob-bamisoli birinchi muhabbat.U kelgusida insonning butun tuyg’ular olamini beixtiyor o’ziga jalb etadigan jilvagar ko’zgudir.

1-BOSHLOVCHI: – Aziz bolajonlar, kitob haqida qancha gapirsak ozlik qiladi. Biz kitobning qadriga yetib, uni asrab-avaylashimiz kerak. Kitob aql chirog’i, kitob bebaho boylik. Kitob xazina, bilim.

2-BOSHLOVCHI: – Hurmatli ustozlar, aziz bolajonlar. Shu bilan bugungi “Kitob – mening do’stimsan” mavzusidagi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Barchangizni kutubxonamizning faol kitobxonlari bo’lib qolasiz, deb umid qilamiz.

Kitobxon tadbir ssenariysi

O’zbek tilida dars ishlanmalar, bayram ssenariylari va dasturlar.

“Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” nomli ko’rik tanlov senariysi

Подробности Автор: root root Родительская категория: Разработка уроков Категория: Tadbir ishlanmalar (сценарий) Опубликовано: 06 Февраль 2018 Просмотров: 7895

4 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Rating 4.00 (12 Votes)

“Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” nomli ko’rik tanlov senariysi

Скачать Файл:

Ushbu ma’lumotni yuklab olish uchun ro’yxatdan o’ting. Ma’lumotlar mutlaqo bepul. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт.
Please register or login to download this file.

Dars Ishlanmalar

Insho (Эссе)
11-Класс
1-Класс
2-Класс
3-Класс
4-Класс
5-Класс
6-Класс
7-Класс
8-Класс
9-Класс
10-Класс
Testlar (Тесты)
Rejalar (Планы)
Metodika (Методика)
To’garak ishlanmalari (Кружок)
Tadbir ishlanmalar (сценарий)
Boshqalar (Другие)
Audio darsliklar (Разработка уроков)

Barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan himoya qilingan. Sayt materiallaridan to’liq yoki qisman tijorat yo’lida foydalanish qat’iyan man etiladi!

Kitobxon tadbir ssenariysi

Sinfdan tashqari tadbirlar o’quvchilarning dunyoqarashini rivojlantiradi

Baholash

Reyting: 6.75 ball

Izohlar

Nilufar Normatova

Ustoz ishingiz manga juda yoqdi.Yuklab ham oldim.Omad
28/02/2023, 13:15:21

Oydin Jumayeva

Omad tilayman
28/02/2023, 12:06:14

Toshbuvi Kurbanova

Omad ustoz
28/02/2023, 04:57:35

Zarifa Atoyeva

28/02/2023, 01:46:22

Gulshan Hasanova

Ishlarizga omad tilayman
27/02/2023, 11:17:54

Tursunoy Umirova

Ishlaringiz menga juda yoqdi ishingizga omad tilayman!
27/02/2023, 10:54:25

Mirhaitova Dilafruz

27/02/2023, 08:28:06

Zulfiya Toshbekova

Qadrli hamkasblar! Tadbir ishlanma Rimni o’zim ko’p marta amaliyotda sinab ko’rganman. Sizlarga ham asqotadi, degan umiddaman, hurmat bilan Zulfiya Toshbekova.

27/02/2023, 08:14:06

Zulfiya Toshbekova

Qadrli hamkasblar! Tadbir ishlanma Rimni o’zim ko’p marta amaliyotda sinab ko’rganman. Sizlarga ham asqotadi, degan umiddaman, hurmat bilan Zulfiya Toshbekova.

27/02/2023, 08:14:04

Marhabo Turdiyeva

Omad tilayman
27/02/2023, 08:06:01

Gulzar Bekimbetova

Oqiwshilardin bos waqtin sholkemlestiriwge jaqsi metodlar korsetilgen
27/02/2023, 04:57:19

Xurshida Atasheva

Omad tilayman
27/02/2023, 03:51:19

Zebiniso Bekmurodova

Omad sizga ustoz
27/02/2023, 03:27:37

Dilobar Sharopova

Ishizga omad
26/02/2023, 11:54:43

Vaziraxon Mamatkarimova

Zo’r, ishingizga omad
26/02/2023, 07:24:00

Kamola Narziyeva

Ishlarizga omad
26/02/2023, 05:55:31

Gulxumar Abdiyeva

Ustoz omad
25/02/2023, 19:03:53

Shoira Akbarova

Sinfdan tashqari tsdbirlarda foydalansa.bo’ladi.Menga yoqdi
25/02/2023, 13:12:48

Shahnoza Xo‘jayeva

Ustoz ishingiz ajoyib
25/02/2023, 03:51:50

Bibigul Davletova

25/02/2023, 03:22:22

Mohigul Shabonova

24/02/2023, 16:13:25

Mohigul Shabonova

Assalomu aleykum hurmatli ustozlar
24/02/2023, 16:12:17

Uyg‘un Odinayev

24/02/2023, 14:19:46

Nigora Abdurazakova

Ishingizga omad ustoz
24/02/2023, 12:07:53

Ulmas Sanaqulova

Omad tilayman
24/02/2023, 10:45:35

Kamola Narziyeva

24/02/2023, 08:07:34

Javohir Nosirov

24/02/2023, 05:21:01

Gulchexra Rasulova

Barakall.Foydalanaman albatta Yaxshi ishlab chiqilgan
24/02/2023, 05:14:43

Dilafruz Tillayeva

Omad sizga
23/02/2023, 17:42:15

Zarnigor Ostonova

Ishlaringizga omad ustoz
23/02/2023, 15:21:41

Farida Tayipova

Juda ajoyib chiqibdi ustoz omad
23/02/2023, 15:06:02

Javohir Nosirov

23/02/2023, 14:55:57

Aziza Gafarova

Juda yaxshi mavzu tanlangan 10 ball
23/02/2023, 14:54:47

Zebiniso Goyibova

23/02/2023, 14:54:25

Dilafruz Xodiyeva

Ishingizni yuklab oldim. Omadingizni bersin ustoz
23/02/2023, 14:42:04

Xilola Sarimsakova

Kerakli metodlardan oldim.Zo’r!
23/02/2023, 14:08:27

Durdona Rajabova

Ishiz menga yoqdi albatta darslarimda foydalanaman
23/02/2023, 10:39:14

Gulnoza Mamajonova

Namunali chiqibdi
23/02/2023, 02:18:06

Lolaxon Saidumarova

Хорошая работа.
23/02/2023, 02:06:27

Jangiloy Sadikova

22/02/2023, 16:20:23

Xamidjon Abdulxamidov

Omadingizni bersin
22/02/2023, 14:52:04

Noila Abdirayimova

Omad tilayman
22/02/2023, 14:47:23

Feruza Sirojova

ishingiz juda yo’qdi mazmunli ekan.Kelgusi ishingizga omad tilayman
22/02/2023, 14:33:04

Zinura Pirnazarova

Ishingiz menga yoqdi. Omad sizga
22/02/2023, 14:03:52

Nodiraxon Mirqo‘ziyeva

Zo’r chiqibdi.Omad!
22/02/2023, 12:27:49

Zulfiya Xamroyeva

Ishingizga omad
22/02/2023, 11:55:23

Mirhaitova Dilafruz

Ustoz ishizga omad
22/02/2023, 10:52:10

Fotima Abdusattorova

Zulfiyaxon bolani kitobni sevishga mustaqil o’qishga juda chiroyli qilib o’rgatibsiz.Buni rasmlar orqali ham ko’rish mumkin.Tadbir yaxshi chiqibdi

22/02/2023, 10:50:02

Farida Hamroyeva

Tadbir ishlanmangiz zo’r omad
22/02/2023, 08:21:17

Zulfiya Toshbekova

Qadrli ustozlar, ushbu tadbir ishlanmalaridan oʻz ish faoliyatimda koʻp marta foydalanganman. Ishlanmalar “Boshlangʻich taʼlim” jurnalida chop etilgan. Koʻrib chiqib munosib baho sizni berasiz degan umiddaman. Barchangizga omad tilayman!

Qiziqarli malumotlar
Kitobxon tadbir ssenariysi