KITOBdan – yaqin do’st yo’q nomli tadbir ishlanma
manba:uchquduq20-maktab.uzKITOBdan – yaqin do’st yo’q nomli tadbir ishlanma
DO`STLARGA ULASHING:
KITOBdan – yaqin do’st yo’q nomli tadbir ishlanma
Tadbir quyidagi sharoitda o‘tkaziladi: xona yoki zal shior- lar, o‘qish va ilmga chorlovchi plakatlar bilan bezatiladi. Kitob ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
2 :
har ko‘ngilning orzusi shul erur obi hayot,
qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.
Ko‘zning nuri, dil sururi dillarning darmonidir,
har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondir kitob.
har balodan asraguvchi eng muhim himmat yarog‘,
Tiyri vahshat xanjari zillatga qalqondir kitob.
har kishi yoshlikda qilsa vaqtida g‘ayrat agar,
Tez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob.
Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishta- larni-rishtalarga ulovchi vosita. “Kitobsiz xonadon jaholatga o‘xshaydi”,degan ekan bir donishmand. Lekin to‘g‘ri kelgan kitobni o‘qish ham yaramaydi. Chunki buning bir qator sabablari bor. Avvalo, insonning umri barcha kitoblarni o‘qishga yetmay- di. Bundan tashqari, duch kelgan asarni o‘qib ketaverish kishi- ning saviyasiga, uning dunyoqarashining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.
2- :
Ilm kaliti – kitob,
Gar o‘qisang bobma-bob,
O‘rganib bor bilimni,
Ochar bag‘ri dilingni.
Safarga chiqqan chog‘ing,
U eng yaqin o‘rtog‘ing.
Oshno bo‘lsang kitobga,
Yuksalasan oftobga.
2- : Kishilar savdosi boshimdan yiroq
Erta-kech bo‘lmisham kitobga o‘rtoq
5-talaba: Bilasizlarmi, mashhur kinoaktyor kung-fu ustasi Bryus Li kitob mutolaa qilishni judayam yaxshi ko‘rar, ularga g‘oyalarning sarchashmasi deb qaragan ekan. Bryus Lining kutub-xonasida falsafiy kitoblar har qanday amerikalik faylasuf- ning kitoblaridan-da ko‘p bo‘lgan. Uni ko‘pincha Xitoy dao-monaxlarining kurash jarayoni aks ettirilgan suratlar dunyo- siga g‘arq bo‘lib o‘tirishi, og‘ir o‘ylarga cho‘mib she’r yozayotgan yoki tarjima qilayotganini ko‘rish mumkin edi.
6- : O‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan havaslari oiladan boshlanadi.
XIX asrning o‘rtalarida Buxoro madrasalari faoliyati bilan tanishgan N.Xanikovning guvohlik berishicha, madrasa- ning to‘liq kursini o‘qib tugatish uchun tolib taxminan 137 ta kitob o‘qishi talab etilgan ekan.
7- : Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish va o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Kitob o‘qish madaniyatiga kitob xarid etish va kutubxonani muntazam boyitib borishga alohida e’tibor bilan qarash, kitob saqlash odobi, o‘qish jarayoni, o‘qiganni o‘ziga va hayotga tatbiq etish, bilish kabi yana o‘nlab masalalar kiradi.
2- :
Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda,
g‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda.
U bilan hol tang‘o, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
8- : Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’min- lashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirish uchun mana shunday g‘amxo‘rlik zarur edi. Bu o‘z vaqtida chiqqan qaror, ertaga o‘z samarasini berishi shubhasizdir.
Farzandlari kamolini, yurt kelajagini, Vatan ravnaqini o‘ylaydigan saxovatpesha insonlarning bu ishda faol ishtirok etishi katta savob deb o‘ylaymiz.
10-talaba: Ammo, hozirgi kunda rang-barang voqea va hodisalarga boy filmlar, sarguzashtlar haqida hikoya qiluvchi boshqa vositalar – televizor, kompyuter, Internetning ta’siri kuchaymoqda. Odam kitob o‘qimasa, divanga yotvolib kuniga o‘n soatlab FM radiosini tinglaydimi, yo ikki-uchta teleserial ko‘radimi-boshining garang bo‘lgani qoladi.
Musiqa tugagach bir necha talaba sahnaga chiqib donolarning kitob haqidagi fikrlarini aytib beradi.
Ushbu chiqish yakunlangach, boshlovchi 2 oy davomida ARMga faol qatnagan kitobxonni davraga taklif etadi va unga esdalik sovg‘alarini: kitoblar, o‘quv qurollarinitaqdim etadi.
So‘ngra boshlovchi mehmonlarga, talabalarga va barcha tomo-shabinlarga doimo kitob bilan hamroh bo‘lishlarida yaxshi tilaklar bildirib, tadbirni yopiq deb e’lon qiladi.
KITOBdan – yaqin do’st yo’q nomli tadbir ishlanma