Kitob va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga doir qarorlar

Kitob va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga doir qarorlar

Mustaqil o’qish uchun berilgan asarlarni tahlil qilganimizda o’quvchida badiiy kitob o’qish ishtiyoqi ortganining, unda hayrat, zavq paydo bo’layotganining guvohi bo’lamiz. Demak, yosh avlodning ma’naviy ehtiyojini qondirish uchun ularga kitob tanlashni, uni o’qishni, tahlil qilishni muntazam o’rgatib borish kerak, buning uchun esa, bizningcha, adabiyot va ona tili fanlaridan dars soatlarini ko’paytirish, mashg’ulotlarni guruhlarga bo’lib o’tkazilishi tashkil etish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Buning natijasida tahsil oluvchilarga individual yondashish imkoni ortadi, darslarning samaradorligi oshishiga erishiladi. Shuningdek, o’quvchilar mutaxassis o’qituvchilar bilan ko’proq suhbatda bo’lib, ulardan tajriba o’rganadilar. Ta’lim-tarbiya jarayonida tom ma’noda davr talabiga mos haqiqiy vatanparvar, salohiyatli, dadil yoshlarni, g’oyaviy-mafkuraviy va intellektual jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashda, zarur ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda adabiyot darslarining insonshunoslik, ruhshunoslik, axloqshunoslik sifatlari to’la namoyon bo’ladi.

KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH – DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

kitobxonlik madaniyati / ma’naviy ehtiyoj / oilaviy mutolaa / badiiy asar tahlili / madaniy nutq / matn kompozitsiyasi / savodxonlik. / reading culture / spirituality / family reading / analysis of literary works / cultural speech / text composition / literacy

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maysara Eshniyazova

Ushbu maqolada jamiyatimizda yoshlarni g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan kamol toptirishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi holati, bu boradagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Maysara Eshniyazova

Musiqa madaniyati darslariga pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish
Musiqa darslarini fanlararo aloqadorligida tashkil etish imkoniyatlari
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SINF RAHBARINING PEDOGOGIK MAHORATI

Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning samarali usullari

YOSH AVLOD TARBIYASIDA MILLIY QADRYATLARNING O‘RNI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF LIBRARY CULTURE REQUIREMENTS

This article describes the present state of readers’ culture, which is of crucial importance in the ideological and ideological education of young people in our society, some problems and their elimination.

Текст научной работы на тему «KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH – DAVR TALABI»

KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH – DAVR TALABI

SamISI akademik litseyi o’qituvchisi

Ushbu maqolada jamiyatimizda yoshlarni g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan kamol toptirishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi holati, bu boradagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so’zlar: kitobxonlik madaniyati, ma’naviy ehtiyoj, oilaviy mutolaa, badiiy asar tahlili, madaniy nutq, matn kompozitsiyasi, savodxonlik.

FORMATION OF LIBRARY CULTURE – REQUIREMENTS

Teacher of academic lyceum of Samarkand Economic Service Institute

This article describes the present state of readers’ culture, which is of crucial importance in the ideological and ideological education of young people in our society, some problems and their elimination.

Keywords: reading culture, spirituality, family reading, analysis of literary works, cultural speech, text composition, literacy

XXI asr fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan, axborot-kommunikatsion vositalar xizmatidan foydalanish sur’ati keskin ortayotgan, fuqarolarning talab, ehtiyoj va maqsadlarini qondiruvchi moddiy manbalar yetarlicha ishlab chiqarilayotgan davr -innovatsion texnologiyalar asri bo’lib tarixga kirmoqda. Insoniyatning farovon, to’kin-sochin hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik jihozlar kundan kunga, yildan yilga takomillashib, sayqallanib, qulayliklari ortib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi, “insonlarning millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotidan rozi bo’lib yashashi”1, yurt kelajagi kafolatlanganiga ishonch hosil qilishi Davlatimizda olib borilayotgan oqilona

1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – “Zarafshon”, 2018-yil 29-dekabr, 155-156-son.

va odilona siyosatning bosh maqsadidir. Zero, O’zbekiston, yurtboshimiz e’tirof etganidek, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari jadal harakat qilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Davlat va jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalari qancha taraqqiy etsa, insonlarning ilmiy-ma’naviy salohiyati ham shunga mos va mutanosib bo’lishi lozim. Fuqarolarning ilmiy iqtidori, rahbarlik salohiyati, harbiy bilimlari, kasbiy mahorati yuqori saviyada bo’lishi bilan birga, ularning shaxsiy fazilatlari: insoniylik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur tuyg’ulari qanchalik kuchli bo’lsa, davlatimiz poydevori ham, kelajagi ham shunchalik mustahkam bo’ladi. Mustaqil O’zbekistonimiz bugungi tezkor taraqqiyot davrida har tomonlama eng rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallash yo’lidan sobitqadamlik bilan borayotgan bir davrda xalqimizning, shuningdek, kelajagimiz egalari hisoblanmish o’sib kelayotgan yosh avlodning o’z oldiga qo’ygan maqsadi ham shunga mos holatda teran, aniq, xolis va qat’iy bo’lmog’i lozim. Shu bois jamiyatning mazkur talabini – g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan sobitqadam avlodlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun, avvalo, kamolotning dastlabki bosqichi sifatida har bir yoshning shaxs sifatida kamol topishiga zamin tayyorlanadigan ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlar tayyorlash”2 maqsadida keyingi yillarda ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.

Tarixiy hodisalar shundan guvohlik beradiki, moddiy ehtiyojlar har bir davrda o’ziga xos tazda namoyon bo’laveradi, lekin ma’naviy immunitetning mustahkam bo’lishi hamma davrlar uchun birdek qadriyat sanaladi. Aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan oliy maqsad -mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko’tarish yo’lida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu nuqtayi nazardan yosh avlodning, o’quvchi va talabalarning g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan mukammal tarbiyalanishi ayni maqsadga muvofiq hodisa sifatida jamiyat a’zolarining diqqat markazida turuvchi dolzarb masaladir. Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishda, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan omillar bir qancha bo’lib, shulardan eng muhimi – bu kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2 O’zbekistonga jadal islohotlar sur’atiga mos ilg’or kadrlar kerak. – “Xalq so’zi”, 2018-yil 19-dekabr, 262-son.

Mazkur yo’nalishda tashkiliy-amaliy ishlarni olib borish va ularni zamon talablariga mos tarzda yo’lga qo’yish bo’yicha tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlar bazasi yaratilgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezedentining bu sohada ijobiy o’zgarishlar, tub islopotlar amalga oshirishga qaratilgan 2006-yil 20-iyuldagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi qarori, 2011-yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona to’g’risida”gi Qonuni, 2017-yil 12-yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida»gi Farmoyishi, 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi Qarori asosida yurtimizda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur qonun va qonunosti hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan hududlarda Axborot-resurs markazlari faoliyati zamon talablariga mos isloh qilindi, yangi kitob savdo do’konlari faoliyati yo’lga qo’yildi hamda aholiga xizmat ko’rsatish sifat jihatidan ancha takomillashtirildi. Kitobsevarlar o’rtasida o’tkaziladigan ko’rik-tanlovlar respublika miqyosida ommalashtirildi va shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan rag’batlantiruvchi sovrinlar belgilandi. Yoshlarning kitob o’qishga ishtiyoqi ortdi. Nashriyotlarda badiiy asarlarni bir necha nusxada chop etish va hududlarga tarqatish ishlari sur’ati oshdi. Biroq, tan olish kerakki, bu maskanlar hali gavjum go’shalarga yetarlicha aylanib ulgurganicha yo’q. Demak, jamiyatimizda kitobga mehr qo’yish, kitobxonlikka qiziqish eng zarur ehtiyoj ekanligiga aholi o’rtasida hali to’liq e’tibor qaratilmagan. Pedagog sifatida tajribamizdagi kuzatishlardan kelib chiqib bu holat yuzasidan ayrim mulohazalarimizni aytib o’tmoqchimiz.

Xalqimiz turmush tajribasidan ma’lumki, ajdodlarimiz farzand tarbiyasida kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratishgan. Buyuk Navoiy-u Bobur, Amir Temur-u Ulug’bek kabi alloma-yu ijodkorlarimiz, tojdor-u daholarimiz ma’naviyati bolalikdan kitobga mehr qo’yish bilan shakllangan. Ajdodlarimiz xalq ertaklari-yu dostonlarini tinglab tasavvur va tafakkur dunyosini, ruhiyat olamini boyitishgan. Adabiyot durdonalari – xoh xalq og’zaki ijodi namunalari, xoh yozma asarlar bo’lsin – xalqimiz qalbida yurtiga, ona tiliga, oilasiga, vatandoshlariga mehr-muhabbat va sadoqat, milliy g’urur, or-nomus, adolat-u insof, andisha-yu hurmat, olijanoblig-u saxovatpeshalik sifatlari shakllanishida asosiy vosita bo’lib xizmat qilgan. Bunday ma’naviyat durdonalari mutolaa qilingan, tinglangan, eng muhimi, oila davrasida yoki jamoat ichida muhokama qilingan, bahs-u tortishuvlar asosida asarlar mazmun-mohiyati anglangan, anglatilgan. Ahamiyatlisi shundaki, yosh-u qari birday qiziqish bilan ishtirok etadigan bunday davralarda mushohada qilish va mulohaza yuritish, mantiqiy fikrlash qobiliyati, keng dunyoqarash va tafakkur shakllangan, e’tiqod va iroda mustahkamlangan, notiqlik

mahorati o’sgan, kishilar ongi ham ma’nan, ham ruhan, ham ilman boyib borgan. Bugungi kunda esa juda ko’p xonadonlarda oilaviy mutolaaga deyarli vaqt ajratilmaydi. Aksariyat oilalarda xonadon sohib-u sohibasi doim ish bilan bandligi bois kechki taomdan so’ng kunning charchog’ini yozish uchun yoki oynayi jahon yoniga cho’kadi, yoki dam olish uchun uyquni afzal bilishadi. Hatto shunday oilalar borki, ota-onalarning o’zi uyda vaqtini farzandi bilan emas, telefon-u kompyuter bilan o’tkazishni afzal ko’rishadi. Bolalarining injiqlariga bardosh berish, ularga ruhan yaqin bo’lish, yutuqlari va muammolari bilan qiziqish o’rniga, ularning o’qishi o’qituvchilariga yuklab qo’yiladi yoki faqat ta’limiy fanlardan o’zlashtirishi nazorat qilinadi, ta’lim-tarbiya berish, asosan, o’quv maskanlaridagi ustoz va murabbiylar zimmasidagi ishdek bo’lib qoladi. Kunning qolgan qismida yolg’iz yoki nazoratsiz qolgan bola, asosan, mustaqil dars tayyorlaydi, oq-u qorani, kerakli-keraksiz narsalarni to’la idrok etib ulgurmagan, hali bolaligiga boradigan yoshdagi farzand zangori ekran bilan “dos’tlashib” oladi, uning yonida asosiy vaqtini o’tkazadi, lekin tomosha qilgan ko’rsatuvlari, o’qib-o’rgangan bilimlarining mohiyatini anglab-anglamay (!) kunlarini o’tkazaveradi. Eng achinarlisi, hozirda yoshlarning aksariyati turli rusumdagi uyali aloqa vositalari yoki kompyuter texnikasi xotirasidan mustahkam joy olgan ko’ngilochar o’yinlarning (yanada dahshatlisi – bu o’yinlarning ko’pchiligida otishma, qotillik, jangarilik, mustlashish sahnalarining ko’pligi), internet orqali yuklab olingan, lekin yoshiga mos bo’lmagan film va suratlarning ashaddiy ishqiboziga aylanib qolayotganlaridir. Bola nimani qanday o’qishni bilmasa, o’qigan narsasini uqmasa yoki mohiyatini anglamasa, undan hech qanday bilim va zavq ololmaganidek, bu kabi nojoiz o’yinlardan ham hech qanday estetik zavq va ma’naviy quvvat ololmaydi, aksincha, unda o’ychanlik, jizzakilik, asabiylik, beparvolik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik, dangasalik, maqsadsizlik kabi yana bir qator salbiy illatlar shakllanib, ruhiyati va xarakteriga tobora mustahkam o’rnashib boradi. Buyuk alloma, haqiqiy vatanparvar, yuksak salohiyatli ustoz Najmiddin Kubro “Muvaffaqiyatni sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda ko’rdim” degan ekanlar. Shu bois oila boshliqlari farzandlar taqdiriga bee’tibor bo’lmasliklari, bolalar bilan ularning yoshiga mos kitoblar mutolaasini yo’lga qo’yishlari va o’qilgan asarlar, olingan bilimlar, ularning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati yuzasidan oilaviy suhbatlar o’tkazishlari, ko’proq o’gil-qizlarining fikr-mulohazalarini tinglashga diqqatni qaratishlari, ularni qo’llab-quvvatlashlari, kamchiliklarini muloyimlik va bosiqlik bilan tuzatishlari kerak bo’ladi. Bu holat oilada nafaqat kitobsevar farzandlar kamol topishiga erishishda yordam beradi, balki oila a’zolari o’rtasida do’stona muhitni shakllantirishda ham, ota-onaga hurmat va o’ziga ishonch tuyg’ularining mustahkamlanishida ham, mulohazakorlik, mas’uliyat, javobgarlik, tejamkorlik, vaqtni qadrlash, tabiat va jamiyat, yurt uchun kerakli inson bo’lishga intilish sifatlarini o’stirishda ham o’ziga xos poydevor vazifasini o’taydi.

Demak, har bir ota-ona farzandining nafaqat jismoniy, balki ham aqliy, ham ruhiy, ham ma’naviy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishi, yoshiga mos badiiy kitoblar bilan ta’minlab turishi, o’qigan kitoblari yuzasidan ular bilan fikr almashishi, bolani rag’batlantirib borishi lozim.

“Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo’lgan intilishlarini ro’yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o’rta va oily o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak”,-deydi yurtboshimiz. Ta’lim sohasi faoliyatini kitoblarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ta’lim jarayonida o’quvchi ham, o’qituvchi ham bevosita kitob mutolaasiga ehtiyoj sezadi. Bu quvonarli, albatta. Lekin hozirgi kunda o’quvchilar asosan ilmiy adabiyotlar, darslik va qo’llanmalardan foydalanayotganlari bois badiiy asarlar mutolaasiga vaqt ajratishga imkoniyatlari cheklanyapti. O’quvchi faqat adabiyot darsida o’qituvchi bergan vazifani bajarish uchungina badiiy asarlarni qo’lga olyapti. Natijada esa ma’lum: mutolaa jarayoni sevimli mashg’ulot emas, majburiyatga aylanib qoladi. Kitob mutolaasiga havasi bolalikdan paydo bo’lmagan o’quvchi keyinchalik berilgan katta hajmli asarlarni o’qishga kuch topolmaydi, ishtiyoq sezmaydi, xohish bildirmaydi, faqat darslikda berilgan qisqartirilgan parcha bilangina tanishadi va yozuvchining butun asar mazmuniga singdirib yuborgan pafosini, g’oyaviy-badiiy maqsadini to’la anglolmaydi, badiiy asarlarning haqiqiy zavqidan bebahra qoladi, adabiyotning haqiqiy kuchini, qudratini his qilmaydi, natijada kitob o’qishga mehr qo’ymaydi. Kam o’qishning salbiy oqibatlari juda ko’p: kishida mustaqil fikrlash qobiliyati, voqelikni teran idrok etish, hodisalarga munosabat bildira olish, oq-qorani farqlay bilish ko’nikmalari to’liq shakllanmaydi; milliy madaniyat, tarix va an’analar bilan keng tanish bo’lmaydi; ma’naviy qashshoqlik va ojizlik kelib chiqadi; hayotda muammolarga duch kelganda yechim topishga qiynaladi, o’zini irodasiz sanaydi; savodxonligi past bo’ladi, so’z boyligi kamligi sababli fikrini to’la ifodalab berolmaydi; madaniy nutq uchun qo’yiladigan (aniqlik, to’grilik, mantiqiy muvofiqlik, jo’yalilik, soflik kabi) talablarga mos, kompozitsion jihatdan mukammal matn yaratishda, jumlalar tuzishda qiyinchiliklarga duch keladi. Buning isboti sifatida aytishimiz mimkinki, ona tili va adabiyot darslarida insho, bayon, diktant yozdirganimizda, aksariyat ta’lim oluvchilarning yozma ishida juda ko’p imlo, ishoraviy va uslubiy xatolar uchrashiga, ko’pchilik o’quvchilarning ijodiy ishlari saviyasi juda past ekanligiga guvoh bo’lamiz. Hatto darsda o’rganilayotgan badiiy parchalarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilishda, ularning estetik ta’siri haqida bahs-munozara qilishda o’quvchi jo’yali fikr aytolmaydi, munosabat bildirolmaydi. O’quvchi bilan suhbat o’tkazganimizda ular oxirgi marta

qachon qaysi badiiy asarni o’qiganlarini aytolmaydilar, mutolaa qilgan badiiy asarlari ro’yxati bilan qiziqqanimizda, afsuski, ularning nomi sanoqligina bo’ladi. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun o’quvchilarga har hafta bitta ma’lum nomdagi badiiy asarni o’qishni topshiriq sifatida beramiz va belgilangan muddatda guruh o’quvchilari bilan o’sha asarning g’oyaviy-badiiy jihatlarini o’rganib chiqamiz.

Mustaqil o’qish uchun berilgan asarlarni tahlil qilganimizda o’quvchida badiiy kitob o’qish ishtiyoqi ortganining, unda hayrat, zavq paydo bo’layotganining guvohi bo’lamiz. Demak, yosh avlodning ma’naviy ehtiyojini qondirish uchun ularga kitob tanlashni, uni o’qishni, tahlil qilishni muntazam o’rgatib borish kerak, buning uchun esa, bizningcha, adabiyot va ona tili fanlaridan dars soatlarini ko’paytirish, mashg’ulotlarni guruhlarga bo’lib o’tkazilishi tashkil etish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Buning natijasida tahsil oluvchilarga individual yondashish imkoni ortadi, darslarning samaradorligi oshishiga erishiladi. Shuningdek, o’quvchilar mutaxassis o’qituvchilar bilan ko’proq suhbatda bo’lib, ulardan tajriba o’rganadilar. Ta’lim-tarbiya jarayonida tom ma’noda davr talabiga mos haqiqiy vatanparvar, salohiyatli, dadil yoshlarni, g’oyaviy-mafkuraviy va intellektual jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashda, zarur ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda adabiyot darslarining insonshunoslik, ruhshunoslik, axloqshunoslik sifatlari to’la namoyon bo’ladi.

Shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma’naviy ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo’qolmaydi. Ma’naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga sabab bo’ladi, ma’naviy barkamollik jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O’zbekiston, 2017. – 488 b.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 92 b.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – “Zarafshon”, 2018-yil 29-dekabr, 155-156-son.

4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – “Zarafshon”, 2020-yil 30-dekabr.

5. O’zbekistonga jadal islohotlar sur’atiga mos ilg’or kadrlar kerak. – “Xalq so’zi”, 2018-yil 19-dekabr, 262-son.

6. Ahmedova Z. Bola tarbiyasida psixolog maslahatlari. – Toshkent, 2018.

7. www. ziyonet.uz.

10. www. mustaqillik.uz.

Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish

Annatatsiya: Kutubxonalarda kitobxonlar targ‘ibotini yanada kuchaytirish, axborot madaniyatini shakllantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga, moddiy va ma’naviy boyligimizni e’zozlashga о‘rgatish haqida fikr yuritiladi.

Kalit sо‘zlari : axborot, kitob, o‘quvchi-kitobxon, kutubxonachi, qiziqish, ehtiyoj, ma’naviyat, yuksalish, targibot, mas’uliyat.
Annatatsiya: Библиотеки думают о далнейшем усилении пропаганди читательей, формировании информационной культури, воспитании молодежи в духе патриотизма, обучении ее сохранению наших националних сенностей, уважению нашего материалного и духовного богатства.

Klyucheviye slova: информация, книга, читател-читател, библиотекар, интерес, потребност, духовност, восхождение, пропаганда, ответственност.

Annotation: Libraries are thinking about further strengthening the propaganda of readers, the formation of an information culture, the education of young people in the spirit of patriotism, teaching them to preserve our national values, respect our material and spiritual wealth.

Key words: information, book, reader-reader, librarian, interest, need, spirituality, ascent, propaganda, responsibility.

Bugungi kunda yurtimizda kitobxonlikka, kitob mutolaasiga juda katta e’tibor berilayotgani bu kasb egalarini yanada faol ishlashga undamoqda. Chunki hali tafakkur kemasiga chiqmagan, fikrat dengizida suzmagan oddiygina maktab о‘quvchisi ta’lim dargohining bir burchagidagi sehrli-sirli xonaga yurak yutib kirarkan, kutilmaganda uni mehribon bir inson qarshi olsa, uning yoshi va qiziqishidan kelib chiqib, bir necha kitoblarni taklif qilsa, о‘sha kitoblar haqida shu qadar qiziqarli hikoyalar, о‘z taassurotlarini aytib bersa, har qanday о‘quvchining butun dunyoni unutib mutolaaga berilib ketishi, sо‘ngra har kuni о‘sha nurli maskanga oshiqishi shubhasiz

Hatto jahon yoshlari psixologiyasida oilaviy, ya’ni ota-ona va farzand о‘rtasidagi munosabatlar, kitob mutolaa qilish madaniyati, milliy-diniy qadriyatlarga bо‘lgan munosabat sovuqlashib, begonalashish tendensiyalari kuchayishi kuzatilmoqda.
Mamlakatimizda mana shunday holatlarning oldini olish, о‘quvchi-yoshlarni turli yot g‘oyalar, tahdidlardan himoya qilish, ularning tarbiyasini tо‘g‘ri amalga oshirish borasida qator vazifalar belgilanib, chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Buning samarasi о‘laroq qolgan davlatlarga ham о‘rnak bо‘la oladigan dasturlar ishlab chiqilgan. Chunonchi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev «Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mо‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yо‘nalishlari»ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ta’lim, ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish yuzasidan qator vazifalarni belgilab berdi. Bular qatorida о‘quvchi-yoshlarning badiiy, ilmiy, tarixiy adabiyotlarni о‘qishga bо‘lgan qiziqishlarini shakllantirish borasidagi quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: «Hozirgi paytda hammamizning oldimizda juda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bо‘lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi» 1 .
Haqiqatan ham, о‘quvchi-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ilmiy, tarixiy asarlarni о‘qish, о‘rganish, tahlil etishga bо‘lgan qiziqishlarini orttirish orqali ularda turli yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitet hosil qilinadi.
Ilm-fan, jamiyatning yutuqlari, taraqqiyoti kitob bilan yuzaga keladi, kitob yoshlikda eng yaxshi murabbiy, qariganda esa undan yaxshiroq dо‘st yо‘qligi xususidagi fikr va g‘oyalarni juda kо‘p eshitamiz. 2
Kutubxonachilar iste’molchilarni har tomonlama barkamol inson bо‘lib rivojlanishlariga yordam kо‘rsatish maqsadida adabiyotlar targ‘ibotini yо‘lga qо‘yadilar. Ularni qiziqishni qondirishni о‘zlarining asosiy vazifalaridan biri deb hisoblashlari kerak. Buning uchun har bir kitobxonni о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib barkamollikka asos bо‘lishiga hissa qо‘shadigan eng zarur adabiyotlarni tavsiya etish yо‘llarini belgilaydilar. Kutubxonachilar о‘z oldiga qо‘ygan vazifalarni yaxshi tasavvur etib, axborot-kutubxona xizmati kо‘rsatish vazifalariga о‘zlarining kundalik faoliyatlarida qat’iy amal qilishlari shart. Iste’molchilarga xizmat kо‘rsatish vazifalari Respublikamizning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti talabalaridan kelib chiqadi.
Hozirgi kunda kutubxonalar, AKMlarning asosiy vazifasi har tomonlama yetuk, davr talabiga javob beradigan aqliy va jismoniy rivojlangan shaxsni shakllantirishdir. Shu maqsaddan kelib chiqib, barkamol avlod tarbiyasiga oid adabiyotlarning targ‘ib etilishi, bu boradagi adabiyotlar, о‘tkazilishi mumkin bо‘lgan tadbirlar turkumining ishlab chiqiilishi kabi muhim vazifalar axborot-resurs va axborot-kutubxona markazilarining ish faoliyatini asosiy jabhalarini belgilab beradi.
Aqliy kamolot yuksak ilmiylikni, madaniyatlilikni va nafosatni о‘zida ifodalasa, jismoniy kamolot kitobxonni har tomonlama jismoniy sog‘ligini ifodalaydi. Aqliy va jismoniy kamolotni kitobxonda uyg‘unlashuvi barkamollik nishonasidir. Kitobxonni har tomonlama kamol topishi uni ma’naviy jihatdan ham taraqqiy etishiga ta’sir kо‘rsatadi. Uni zamonaviy bilim egasi bо‘lishiga, ma’rifatli, madaniyatli shaxs bо‘lishiga olib keladi. Shaxsning har tomonlama kamolotini chegarasi yо‘q, unga bо‘lgan talaba yangi tug‘ilgan orzular singari kо‘payib boraveradi. Shaxsning har tomonlama kamoloti kitobxonni barcha fan sohalarini tо‘liq о‘zlashtirishi shart degan g‘oyani qо‘ymaydi. Betakror intilishda iste’molchining kasb-kori, mutaxassisligi asosiy omil bо‘lib xizmat qilmog‘i zarur.
Shaxsni har tomonlama kamolotiga kutubxona hamkorlik qiladi va ta’sir kо‘rsatadi, ammo kitobxonga ta’ziq о‘tkazmasdan kitobxonni huquqini himoya qilgan holda adabiyotni erkin tanlash va baholashga imkon yaratishi kerak. Iste’molchilarga xizmat kо‘rsatishning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama taraqqiy etirish, kutubxona, AKMlarining barcha axborot-kutubxona xizmati ishlarini tashkil etishning metadologik asosi bо‘lib xizmat qiladi. Kutubxona, AKMlari iste’molchilarnini yangi qiziqishlarini shakllanishiga, qiziqishini chuqurlashiga va taraqqiy etishiga yaqindan kо‘maklashadilar.
Iste’molchilarni о‘qish doirasini kengayishiga ma’lum miqdorda ta’sir kо‘rsatadilar.Ushbu ishlarni natijalari iste’molchilarni kitob tanlashida, fikrlashini rivojlanishida, qiziqishini shakllanishida namoyon bо‘ladi.
Kutubxonalar tajribasida о‘qilgan kitob haqida guruhli suhbat о‘tkazish an’anasi ham mavjud. Bunda bolalarni hayajonlantirgan asar haqida biroz vaqtdan keyin suhbat о‘tkazilgani ma’qul. Chunki bu davrda bolada о‘qib chiqqan kitobi tо‘g‘risida xilma-xil fikrlar tug‘iladi, hatto kitobxonda bir-birini inkor etuvchi qarashlar paydo bо‘ladi. Ana shundan keyin kutubxonachi mazkur asar haqida avval о‘quvchilarning fikrini eshitib kо‘rishi, suhbat oxirida о‘z fikrini aytgani ma’qul bо‘ladi.
Natijada, о‘quvchilarda kitobni tushunib, mulohaza qilib о‘qish malakalari shakllana boradi. Ayni paytda kutubxonachi har bir о‘quvchining kitobxonlik saviyasini hisobga olgan holda ularga kitobdan eng kerakli, eng muhim narsalarni bilib olish yо‘llarini о‘rgatadi, imkoniyati va qobiliyatiga qarab oddiy kitoblardan murakkabroq kitoblarni о‘qishga yetaklaydi.

Prezident kitob nashri, mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan qarorini imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ana shunday muhim vazifalarni kompleks hal qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, o‘zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni targ‘ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida:

1. Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Dasturda ko‘zda tutilgan quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin:

kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

kitob mahsulotlari bo‘yicha davlat buyurtmasining asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop va ko‘rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish;

jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmalari berish, ularni ko‘p nusxada yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash;

axborot-kutubxona faoliyatini kuchaytirish, ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarining kutubxona fondlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalarning “Ma’naviyat xonalari”ni o‘quv-uslubiy adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

nashriyotlar va matbaa sohasi mutaxassislarini, badiiy va texnik muharrirlar, grafikachi rassomlar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;

lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy-texnik, adabiy-badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida turib foydalanishni ta’minlash;

qishloq aholisiga kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil etish choralari to‘g‘risida tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash;

mamlakatimizda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beradigan eReader elektron o‘quv qurilmalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, ularning axborot bazasiga umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy manbalarni joylashtirish, bunday mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

mazmunan sayoz, milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizga, axloq me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini ko‘rish;

kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila”, “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning saralash va respublika bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

2. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

dasturda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ularning mansabdor shaxslarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har bir shahar va tumanda, qishloq va ovullarda kitob savdosiga ixtisoslashgan do‘konlarni tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulki obektlarini tekin foydalanish uchun berilishini ta’minlaydi;

savdo aylanmasida kitob sotish ulushining hajmi 70 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik sub’yektlarining alohida statistik hisobi yuritiladi va ular 2020 yil 1 yanvarga qadar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etiladi;

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga shu yo‘nalishda muntazam ravishda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash va e’lon qilish tavsiya etiladi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklariga kitob savdosiga ixtisoslashtirilgan zamonaviy do‘konlar, shuningdek, nashriyot va matbaa korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish hamda yangi kitob do‘konlarini qurish uchun Markaziy bankning yillik qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan foizlarda imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.

5. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoYeV

Toshkent shahri, 2017 yil 13 sentabr

Qiziqarli malumotlar
Kitob va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga doir qarorlar