KITOB TUMANI
KITOB TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.sharqida. 1926-y. sent. da tashkil etilgan. 1962-y. 24. dek. da Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968-y. 25 dek. da qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd. 1,75 ming km2. Aholisi 178,9 ming kishi (2000). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob) va 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bektemir, Beshterak, Bogʻbon, Makrid, Palandara, Paxtaobod, Sivaz, Toʻpchoq, Qaynarbuloq, Katorbogʻ, Quynoqboy, Jilisuv) bor (2000). Markazi — Kitob sh. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (bal. 1788 m) esa respublika janubini shim. viloyatlar bilan bogʻlaydi.
Ensiklopediya.uz
KITOB TUMANI