Kitob qalb gavhari matni
– Камтарлик, хокисорлик… – деди Жўра ака навбатдаги саволимдан сўнг бир зум ўйга толиб. – Филип Честерфилдни биласиз, англиялик ёзувчи, шу одам “Ўғлимга насиҳатлар” китобида ёзади: Камсуқум бўлиш керак, чунки сиз ҳам, биз ҳам ҳалигидақа даҳолардан эмасмиз. Аср ўтиши билан унутиламиз. Ҳаёт қисқа, ўзимизнинг майда-чуйда ютуқларимизни ҳикоя қилавериш билан одамларнинг меъдасига тегишдан фойда йўқ. Яхшиси, бошқалар гапирсин, дейди. Ёки Шамс Табризийга нисбат бериладиган ривоятни эсланг. Шамс Табризий бир олимнинг ҳузурига келади. Олим беписандлик қилиб, уни ярим соатча куттириб қўяди. Учрашганларида Шамс Табризий савол беради. Тақсир, Яратганнинг илмини нимага қиёслайсиз? Қиёси йўқ уммонга, дейди олим. Шу уммондан одамизод илғагани қанчалик бўлса? Бир пиёла сувча бордир. Энди шу бир пиёла сувдан сиз англаганингиз қанча чиқар. Ҳеч-ча, бўлса керак. Тақсир, ҳеч-ча билимга бу қадар такаббурга кетиш тўғрими?! Камтарлик ҳақида Пифагор қизиқ гап айтади: “Инсоннинг ҳақиқий қиммати унинг ўзини ўзига берган баҳосига тескари пропорционал, жамоатчилик берган баҳога эса тўғри пропорционалдир”. Биз қанча мен-мен дея кўкракка ураверсак, баҳомиз шунчалик тушиб кетавераркан. Атрофдаги одамлар, устозлар, шогирдлар, ҳамкасблар баҳо берса, бу ҳақиқий баҳо бўларкан. Мен устозларим Полвон Азизов, Иллария Райкова, Иброҳим Ҳамробоев, дўстим Ғайбулла Саломов, энди булар ўзим яқиндан билган одамлар-да. Ҳа, яна бир неча бор Шароф Рашидов қабулларида бўлганман, шу инсон ҳам ўта маданиятли, камтарин зот эдилар. Кейин машҳур кўз шифокори, профессор Муҳаммаджон Комилов ва унинг ўғли, мана яқинда Ўзбекистон Қаҳрамони бўлди, Холидбек Комилов…бу одамлар ҳақида ўйлаганимда Пифагорнинг ҳалиги гаплари беихтиёр ёдимга тушади.
Kitob haqida she’rlar, eng sara she’rlar to‘plami
Kitob va kitob o’qish haqida yozilgan eng sara she’rlarni qabul qiling.
KITOB O‘QIGAN BOLA — Po‘lat Mo‘min
O‘rganar avval odob
Kitob o‘qigan bola.
Yuzi bo‘ladi oftob
Kitob o‘qigan bola.
Hurmat qilar kattani,
Kichiklar jon-u tani,
Kitob o‘qigan bola.
Suhbati xo‘p serma’no,
Olar faqat “besh” baho
Kitob o‘qigan bola.
KITOB — Sodiqjon Inoyatov
Bolalarga kitob bering –
Degan chorlov yangrab qoldi.
Ma’rifatli yuraklar bu
Hikmat ruhin anglab oldi.
O‘yinchoqning o‘rni bo‘lak,
Liboslar eskirar bir kun.
Kitoblar ilm-u ziyoni
Asrar bag‘rida bus-butun.
Besh tashabbus qanotida
Sezib zamon shitobini,
Sovg‘a qiling farzandlarga
Yaxshi ko‘rgan kitobini.
Shunda ular ko‘ngli osmon,
Yarayin deb el koriga.
Shon-shuhratlar olib kelar
OʻQISH KITOBI — Shohistaxon ahmadaliyeva
Ifodali oʻqish ziynatdir,
Oʻquvchiga goʻzal xislatdir.
Oʻqish kimga kelmasa malol,
Ilm sirin ochar bemalol.
Biz oʻqigan sheʼr-u ertaklar,
Ezgulikka doim yetaklar.
Maqollarda bor olam maʼno,
Biz oʻqiymiz doimo aʼlo.
Oʻquvchining mudom hamrohi,
Bu sevimli “Oʻqish kitobi”.
KITOBGA DOʻST BOʻLAMAN — Zuhra Roʻziyeva
Yashnasin hurlik ichra,
Gulshanim, chaman bogʻim.
Yangrasa mumtoz bayot,
Jilmayib boqar hayot.
Sirlari koʻp olamda
Har kunim bir kashfiyot.
Oshi halol elim bor,
Oftobjamol feʼlim bor,
Bulbullar makon topgan
Yuragim xuddi bahor.
Vatan chorlasa shayman,
Mard boʻlib maydon tushgan,
Odobga doʻst boʻlarman,
Oftobga doʻst boʻlarman,
Kitobga doʻst boʻlarman.
KITOB – KUCH — Nabijon Ermat
Kitob sevgan insonga
Kitob erur xazina.
Oʻzidan qilsin gina.
Kitobsiz uy zim-ziyo,
Yoʻqdir tuynuk, eshigi.
Zulmat uni qurshaydi,
Kuch boʻlsa – kuch topilar
Pashshada ham, baliqda.
Hammaga bir qullikda.
Kitobga oshno boʻlgan
Aql bilan ish koʻrar,
Bekor qiynamas jonni.
Shuning uchun oʻquvchim,
Kitob bilan oshno boʻl,
Zukkolik ulugʻ qurol,
Seni kutar yorqin yoʻl.
Joy topgin kitobga ham.
Eʼzoz qilgin non kabi –
Ulgʻayasan, boʻlmay kam.
Bobolardan meros u,
Kitob katta kuch bilsang.
U bilan doʻst tutinsang.
KITOBNI DO‘ST BILGANLAR — Zamira Ro‘ziyeva
O‘zligin anglay bilar,
Kitobni do‘st bilganlar.
Baxt yo‘lin tanlay bilar,
Kitobni do‘st bilganlar.
Ko‘zga surtar tuprog‘in,
Suyar gul-u yaprog‘in,
Kitobni do‘st bilganlar.
Ona tilim manim, der,
Sha’ni yuksalganim, der,
Pastlatsa kim – g‘anim, der,
Kitobni do‘st bilganlar.
Yashnarbog‘dan kelgan sas,
Kitobni do‘st bilganlar.
Oshin yemas minnatning,
Faxri bo‘lar millatning,
Kitobni do‘st bilganlar.
Asqotar yurt, eliga,
Qalqon do‘l-u seliga,
Mardlik xosdir fe’liga,
Kitobni do‘st bilganlar.
Gumroh dunyo unga yot,
Har kuni bir kashfiyot,
Kitobni do‘st bilganlar.
Gard yuqmagan sahardir,
Ummon ichra gavhardir,
Kitobni do‘st bilganlar.
KITOB – SODIQ DO‘ST ERUR — Zikrilla Ne’mat
Butun borliq tabiat
Sevgan kabi oftobni,
Bolajonlar, sizlar ham
Seving aziz kitobni.
Kitob – sodiq do‘st erur,
Xoh kunduz, xoh tundadir.
Bor sir-u asrorlarning
Yechimi ham undadir.
Kitob bois qalbingiz
U sizni ezguliklar
Yaxshi ertak, hikoya,
Go‘zal she’r-u dostonlar.
Etib bog‘-u bo‘stonlar.
Kimki kitob o‘qish-la
Hayotda u albatta,
Topgaydir o‘z baxtini.
Kitob do‘st erur mudom
Uni sevib sizlar ham
KITOB O‘QIMAS BOLA — Zahro HASANOVA
Kitob o‘qimas bola
Ko‘rdi qo‘rqinchli bir tush.
Kitoblari do‘q qilar,
Qo‘llari tugilgan musht.
Der, bizni unutgansan,
Har yonga irg‘itgansan.
Senga telefon bo‘lsa,
Tinmayin ishlab tursa.
Vaqtning qadriga yetgan,
Ular bilan do‘stlashib,
Holimiz bo‘ldi xarob,
Endi ketamiz qochib,
Bor xazinamiz bilan
Yaxshilikka yo‘l ochib.
Boshqa kitoblar uning
Yalqov, tanbal boladan
Juda xafa bo‘lishdi.
So‘ngra tushdilar yo‘lga,
Qo‘llarni berib qo‘lga.
Shu payt o‘qimas bola
Uyg‘onib ketdi cho‘chib.
Dedi avaylab, quchib:
– Mendan xafa bo‘lmanglar,
Tashlab ketmang, iltimos.
Imkon beringlar biroz.
Foydalanay zarur payt.
Kitobdan keyin navbat.
Doimo do‘st bo‘lmoqqa
Chin yurakdan ahdladi.
KITOB OLIB KELSANGIZ — Rauf Subhon
Menda yo‘qdir kek, gina.
Bizni bilmay ko‘p ona:
“Tarbiyasiz”, der yana.
“Ma, xo‘rozqand!” demasdan
Kitob olib kelsangiz.
BO‘LADI ENG YAXSHI DO‘ST KITOB — Jabbor Xalil
Odamlar qalbiga nur sochar,
Ma’noli yozilgan zo‘r kitob.
O‘qisang gar sevib sen uni,
Bo‘ladi eng yaxshi do‘st kitob.
Sizga deydi bobongiz Jabbor,
Oltin davring o‘tkazma bekor.
Kitob o‘qib, chaq uning mag‘zin,
Bilimli bo‘l, och aql ko‘zin.
O‘QI, BOLAM, KITOBING — Oygul Ubaydullo
O‘qi, bolam, kitobing ezgulikka boshlaydi,
O‘qisang, qattiq ko‘ngling, bolam, biram yumshaydi,
Bog‘laring, chamanlaring gul ochadi, yashnaydi,
Hayot nomli laylaklar yuragingda qishlaydi,
Avlodlaring, Vataning, bolam, mangu yashaydi,
Kir libosin egnidan dunyo yechib tashlaydi,
Vatansizlar, xoinlar, albat, labin tishlaydi,
Tinchlikni ko‘rolmaslar oxir boshin qashlaydi.
Bilimdonlar tafakkur chirog‘ini yoqadi,
Kelajakning qo‘llari eshigingni qoqadi,
Osmoningda oy, yulduz jilmayadi, boqadi,
Kitobingdan yaxshilik ziyo bo‘lib balqadi,
Qalb atalmish daryoda sohir hislar oqadi,
Dilginang chashmasida mehr suvdek qalqadi,
Ilmsizlik odamni ilondayin chaqadi,
Ko‘zlaringga javdirab dunyo hayron boqadi.
O‘qi, bolam, o‘qisang, yo‘llaring bo‘lgay ravon,
To‘solmaydi yo‘lingni uchragan turli dovon,
Obod, ozod diyorda surasan davr-u davron,
Dilingni zabt etolmas hasad, shubha-yu gumon,
O‘qiganni Yaratgan, albat, qo‘llaydi, ishon,
Turli balo-qazodan hur bo‘lasan, ham omon,
Dilginang osmonida charaqlar oydek vijdon,
Vataningga, farzandim, gul davron keldi, ishon.
KITOBSEVAR — Abdurahmon Akbar
Hecham ko‘rmadim seni.
Qo‘lingdan kitob tushmay
Lol qoldiryapsan meni.
Bu gaplarimni sira.
Ko‘nglim tortadi xira.
Desam bo‘ladi yolg‘on.
Bizga zarur har qachon.
Biroq, rostini aytsam,
Kitobga, ortiq mehrim.
Kitobda, deb bilmayman.
Kitob o‘qish baxtini
Men barchaga tilayman.
…O‘tayotgan har kunim
Kinoga o‘xshar go‘yo.
Do‘stim, bilsang, men uchun
Kitobning o‘zi kino.
TINCH O‘LKAGA KITOB YARASHAR — Z. Hasanova
Yer yuzining qaysi burjida
Kimlar nega, qandayin yashar?
Tinch-xotirjam o‘lkaga qarang,
Kitob bayramlari yarashar.
Bir-biridan qiziq kitoblar,
Qalin-yupqa tuzuk kitoblar,
Kecha, bugun – tarixim unda,
Varaqlayman, barisi shunda.
Savol keldi menga nogahon,
“Yashar edim kitobsiz, qanday?”
Cho‘chib tushdim bu o‘ydan hatto,
Ko‘zimga tor tuyuldi dunyo.
Birdan quyosh yo‘qolib qoldi,
Osmon oysiz tund bo‘lib oldi.
Zimistonga aylandi hayot,
Yo‘llarimni yo‘qotdim, nahot!
Ha, kitobsiz ma’ni yo‘q bunda,
O‘qib dilim yayraydi kunda,
Kitoblarning bahosi tengsiz,
O‘qing, boyib ketasiz cheksiz.
KITOB — Obid Rasul
Darslik kitob qo’lingda,
Berilgandir u senga.
Yirtmay ko‘zday asrasang,
Kerak ukang Erkinga.
Erkin ham but yuritsa,
Muallim xursand bo‘lar.
Kitobga mehri ko‘pni
Sinfdoshlar xush ko‘rar.
Kitobing qoldan qolga,
O‘tib borsa top-toza.
Undan ko‘plar shodlanib,
Kitob bilim manbayi,
Bu barchaga ayon — haq.
Kitob o‘qib yashasang,
Umring o‘tar xushchaqchaq.
Получите лучшие стихи, написанные о книгах и чтении.
МАЛЬЧИК, КОТОРЫЙ ПРОЧИТАЛ КНИГУ, — стальной верующий
Этикет перед обучением
Мальчик читает книгу.
Лицо будет солнечным
Мальчик читает книгу.
Маленькие знают друг друга,
Мальчик читает книгу.
Они получают только пятерку
Мальчик читает книгу.
КНИГА — Содикжон Иноятов
Дайте детям книги —
Это просветленные сердца
Мудрость понимала дух.
Игрушка на месте
Одежда изнашивается в один прекрасный день.
Книги — это потеря знаний
Это автобус в Асраре.
На крыле пяти инициатив
Почувствуй бег времени,
Тогда они будут на небесах,
Это нормально, чтобы поздороваться.
Это приносит славу
В страну, где он вырос.
КНИГА ДЛЯ ЧТЕНИЯ — Шохистахон Ахмадалиева
Выразительное чтение – украшение,
Это прекрасное качество для студента.
Кто не хочет учиться,
Наука может легко разгадать тайну.
Стихи и сказки мы читаем,
Всегда ведите к добру.
Смысл мира в пословицах,
Мы всегда хорошо читаем.
Постоянный спутник студента,
Это моя любимая книга для чтения.
Я БУДУ ДРУГОМ КНИГИ — Зухра Розиева
Свята моя земля,
Моя любовь больше.
Яшнасин хурлик ичра,
Мой цветок, мой сад.
Если звучит классический байот,
Жизнь с улыбкой.
В мире много тайн
Каждый день — открытие.
У Оши честный клей,
У меня солнечный ожог,
Соловьи нашли место
Моё сердце как весна.
Когда Родина зовет,
Я сохраню твой покой.
Он храбро вышел на поле,
Я похож на Алпомиша.
Я буду хорошим другом,
Я буду дружить с солнцем,
Как мои бабушка и дедушка
Я буду дружить с книгой.
КНИГА — СИЛА — Набиджон Эрмат
Тому, кто любит книги
Те, кто не читал книгу
Пусть злится на себя.
В доме без книг темно,
Нет ни дыры, ни двери.
Его окружает тьма,
Если есть сила, есть сила
И в комарах, и в рыбе.
В рабстве у всех.
Он был знаком с книгой
Отличия хорошие или плохие,
Душа, которая не страдает напрасно.
Поэтому, мой ученик,
Знакомство с книгой,
Великое оружие изобретательности,
Вас ждет светлая дорога.
Из твоего маленького сердца
Найдите место и в книге.
Уважение как хлеб —
Ты взрослеешь, ты взрослеешь.
Унаследовано от предков,
Если вы знаете, что книга великая сила.
Подружитесь с ним.
ДРУЗЬЯ КНИГИ — Замира Розиева
Может понять себя,
Люди, знающие книгу.
Счастье может выбрать путь,
Люди, знающие книгу.
Грязь на глазах,
Люди, знающие книгу.
Мой родной язык, говорит он,
Она говорит, что я горжусь ею.
Кто унижает меня, тот мой враг.
Люди, знающие книгу.
Звук от Яшнарбога,
Его вера безошибочна
Люди, знающие книгу.
Спасибо, что не едите,
Люди, знающие книгу.
Аскотар юрт, элига,
Щит полон града,
Мужество – это добродетель,Люди, знающие книгу.
Gumroh мир yach его,
Каждый день открытие,
Люди, знающие книгу.
Гард — немытое утро,
Это жемчужина в Омане,
Он настоящий патриот,
Люди, знающие книгу.
КНИГА ВЕРНЫЙ ДРУГ ЭРУР — Зикрилла Немат
Все существо есть природа
Люблю дорогую книгу.
Книга – верный друг,
Это день или ночь.
Твое сердце из-за книги
Сияй, как луна и звезды.
Он благословляет тебя
Добрая сказка, история,
Прекрасные стихи и былины.
Это поднимет вам настроение
Есть сады и огороды.
Кто хочет прочитать книгу?
В жизни, конечно,
Найдите свое счастье.
Книга всегда друг
Ко всему человечеству.
Ты тоже его любишь
Достигни своей мечты!
МАЛЬЧИК, КОТОРЫЙ НЕ ЧИТАЕТ КНИГИ — Захро ХАСАНОВА
Ребенок, который не читает книги
Ему приснился страшный сон.
Его книги угрожают,
Кулак с вытянутыми руками.
Дер, ты нас забыл,
Ты бросил его повсюду.
Если у вас есть телефон
Подружись с ними,
Мы тебя разбудим.
Теперь давай убежим,
С нашим сокровищем
Прокладывая путь к добру.
Остальные книги его
От ленивого, ленивого ребенка
Они очень расстроены.
Затем они отправились,
Несмотря на спину,
Он неграмотен в данный момент
Она проснулась испуганная.
Он осторожно сказал и обнял:
«Не расстраивайся на меня»,
Не уходи, пожалуйста.
Я выравниваю и склеиваю,
Только с моего телефона
Очередь после книги.
Поставил на полку.
Всегда быть друзьями
Он сделал искреннее обязательство.
ЕСЛИ ВЫ ПРИНЕСЕТЕ КНИГУ — Рауф Субхон
Я маленький, маленький,
У меня нет торта.
Многие мамы нас не знают:
«Необразованный», — снова говорит он.
Наше воспитание нерушимо,
Если вы знаете, что мы чувствуем.
«О, петух!» не говоря
Если принести книгу.
КНИГА ЛУЧШЕГО ДРУГА — Джаббор Халил
Светит в сердцах людей,
Отличная книга с большим смыслом.
Если вы любите читать, вам понравится,
Это будет книга лучшего друга.
Твой дедушка Джаббор говорит тебе,
Трансфер Золотого века отменяется.
Когда я читаю книгу,
Будь образованным, будь голодным.
ЧИТАЙ, ДИТЯ, СВОЮ КНИГУ — Айгуль Убайдулло
Читай, дитя, твоя книга начинается с добра,
Когда будешь читать, будь сильным, дитя мое, сердце мое смягчится,
Твои сады и луга расцветут и расцветут,
Аисты жизни зимуют в твоем сердце,
Твои потомки, твоя родина, дитя мое, будут жить вечно,
Мир снимает с себя белье,
Бомжи, предатели, конечно, закусили губу,
Те, кто не видят мира, в конце концов покачают головой.
Ученые включают свет мысли,
Руки будущего постучат в твою дверь,
Луна и звезды в небе улыбаются, смотри,
Добро сияет из твоей книги,
В реке сердца текут волшебные ощущения,В источнике любви милосердие льется рекой,
Невежество кусает человека, как змея,
Мир смотрит в изумлении.
Читай, дитя мое, если ты будешь читать, твои пути будут гладкими,
Всевозможные перевалы, через которые не пройти,
Время от времени ты просишь в стране благодатной, свободной,
Зависть, сомнение, подозрительность,
Творец того, что читает, конечно, применяет, верит,
Вы будете свободны от всевозможных неприятностей, и вы выживете.
Огни в небе Дилгинанга подобны луне,
Верь в свою Родину, дитя мое, пришло время цветов.
КИТОБСЕВАР — Абдурахмон Акбар
Я никогда не видел тебя.
Вы не можете получить книгу
Лол, ты уходишь от меня.
Это все, что я могу сказать.
Если я не просматриваю книгу
Я в замешательстве.
Я не смотрю телевизор,
Я бы сказал, что это ложь.
Всякий раз, когда нам нужно.
К книге, больше любви.
Это привлекает мое внимание
Я не знаю этого в книге.
Удовольствие от чтения книги
… каждый день, который проходит
Звучит как фильм.
Чувак, для меня ты знаешь
Книга — это фильм.
КНИГА ДЛЯ МИРНОЙ СТРАНЫ — З. Гасанова
В каком знаке зодиака земли
Кому, зачем, как жить?
Взгляни на мирную землю,
Книжные фестивали того стоят.
Интересные книги друг у друга,
Толстые тонкие книги,
Вчера, сегодня — в нем моя история,
Я просматриваю, вот и все.
Вопрос пришел ко мне внезапно,
«Как я мог жить без книги?»
Я так испугался этой мысли,
Мир казался мне узким.
Внезапно исчезло солнце,
Небо было темным без луны.
Жизнь превратилась в зиму,
Я сбился с пути, не так ли?
Да, Эл, для меня это звучит довольно дерьмово. Похоже, BT тоже не для меня.
В тот день, когда я прочитал это,
Цена книг беспрецедентна,
Читайте дальше, вы будете богаты на неопределенный срок.
КНИГА — Обид Расул
Будьте осторожны, чтобы не порвать
Керак укан Эркинга.
Если идол свободен,
Учитель будет счастлив.
Из книги в книгу,
Это очень чисто.
Они получают шаблон.
Книга – источник знаний,
Это очевидно для всех.
Если вы живете, читая книгу
Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:
- Bahor haqida she’rlar, eng sara she’rlar to’plami
- Bolalar haqida she’rlar, eng sara she’rlar to‘plami
- Quyosh haqida she’rlar, eng sara she’rlar to‘plami
- Islom Karimov haqida she’rlar, eng sara she’rlar to’plami
- Qizlar ismiga she’rlar, eng sara she’rlar to’plami
- Kitob va yozuv haqida topishmoqlar
- Ustoz haqida she’rlar
- Bayroq haqida she’rlar
- Konstitutsiya haqida she’rlar
- Qish haqida she’rlar
Yangi kitob: Orziqul Ergash. Qalb gavhari & Dala o’rtasidagi daraxt. Orziqul Ergash qissasi asosida vedeofilm
Куни-кеча таниқли ёзувчи Орзиқул Эргашнинг «Қалб гавҳари» номли нашрдан чиқди. Китобга муаллифнинг Ўзбекистон халқ шоири Миртемир, атоқли олимлар Ғайбулла ас-Салом, Жўра Мусаев, Убайдулла Уватов, Комилхон Каттаев, Ўзбекистон Қаҳрамони, машҳур кўз шифокори Холидбек Комилов, Ўзбекистон халқ артистлари Қодир Махсумов, Таваккал Қодиров, театр ва телевидение режиссёрлари Маҳкам Маҳамедов, Тожибой Исроилов, машҳур шоир, олим, таржимон Садриддин Салим Бухорий, таниқли шоирлар Жамол Сирожиддин, Абдусалом Иброҳимов, Чоршамъ Рўзиев, чустлик машҳур боғбон Дагарбой Соатовларга бағишланган бадиалари киритилган.
Бугунги саҳифамизда янги китобдан ўрин олган айрим бадиа ва эсселарни тақдим этамиз.
Орзиқул ЭРГАШ
«ҚАЛБ ГАВҲАРИ» КИТОБИДАН
Имон қалб гавҳаридур.
Хожа Баҳовуддин Нақшбанд
Иллат излаганга иллатдир дунё,
Ғурбат излаганга ғурбатдир дунё.
Ким нени изласа топгай бегумон,
Ҳикмат излаганга Ҳикматдир дунё!
Садриддин Салим Бухорий
НАЖОТ ФАРИШТАСИ ёхуд
Ардоқли Халқ шоири кўргуликларининг мингдан бири
ва унинг жонига ора кирган муслиманинг мардона жасорати тафсилоти
Мажнунтол тагига ўтқазинг мени,
Мен учун йиғласин, мен йиғлаб бўлдим.
Ҳамшира Ёрқиной опага маъқул тушиб қолди. Кўҳликкина, жуда жонсўз, куйди-пишди жувон экан: худди ўз онасини суйгандек Ёрқиной опа атрофида айланиб-ўргилади…
Опа эрталаб қўл-оёғи қақшаб, танаси оғирлашиб уйғонган, шундан кўнгли хира тортиб турган эди. Ҳамширанинг қўли енгил эканми, ўзида дарҳол ўзгариш сезди. Дили ёришиб, ҳамширага миннатдор тикилди. Уни қаердадир кўргандай бўлди. Эслолмади… Ҳамширанинг ўзи гап очиб қолди.
– Бир нарса сўрасам майлими, опа?
– Сўранг, қизим, бемалол.
– Билмадим, менга шунақа туюлдими, илгари ҳам уйингизга келгандайман…
– Мен ҳам ҳалитдан бери ўйлайман: бу қизимни қайдадир кўргандайман, деб… Балки мана шунақа хизмат билан келгандирсиз-да…
– Йў-ўқ… Мен жуда ёшлигимда келгандайман. Тахминан қирқ йиллар аввал, етти ёшимда…
Санобар ҳориб-толмайдиган ғайратли жувон эди. Отасини таниб-танимай етим қолган ёлғизгина қизининг ғамида ўзини ўтга, чўққа уради, тиним билмайди. У завод ошхонасида хизмат қилар, кун бўйи уч маҳал овқат тайёрлаши, уни иссиқ ўчоқ ёнида тик туриб ишчиларга тарқатиши, яна кунора тунги навбатчиликда ҳам туриши керак…
Кеч соат ўн бирга қадар гўшт майдалаб, картошка-пиёз арчиб, қозонга солишга тайёрлаб қўйди. Энди бир мизғиб олади-да, тонг азондан овқатга уннайди. Ётишдан олдин негадир бир зум кўчага, тоза ҳавога чиққиси келди…
Шаҳар тун қўйнида: чироқли деразалар сийраклашган, кўчалар кимсасиз, жим-жит… Шу чоқ юз эллик қадамча наридаги бекатда турган уч-тўрт қорани кўзи илғади. “Трамвай кутишаётгандир-да”, ўйлади жувон. Осмонга тикилди. Йилт этган юлдуз кўринмади. “Ёғади шекилли”. Қўшни хонадонда қолдириб келган қизчасига хаёли чалғиди. “Эгнига иссиқроқ нарсаям оберолмадим ҳали…”
Бекат тарафдан қаттиқ-қаттиқ овозлар эшитилиб, аёлнинг диққати бўлинди. Разм солиб қараб, аҳволни тушунди-да, ҳовлиқиб ортига югурди. Йўлакдаги ўринда ғужанак бўлиб ётган қоровул чолни туртиб уйғотди.
– Ота, кўчада бировни тунашяпти. Милтиқни олиб чиқинг.
Чол кўзиниям очмади.
– Бор, жойингга кириб ёт, ишинг бўлмасин, – деб ғудранди. Кейин қўшиб қўйди: – Жоним ўзимга керак.
Шу пайт жувон чолнинг кўкрак чўнтагидан чиқиб турган ҳуштак ипига кўзи тушди-да, уни юлқиб олиб, кўчага отилди. Кўчада бақир-чақирлар кучайган, ола-тасир муштлашув бошланган эди. Бировнинг “ёрдам беринг!” деган ноласини эшитди-да кўзини чиппа юмиб, чуриллатиб ҳуштакни чалди. Бор кучини йиғиб чалаверди, чалаверди. Қараса, йўлтўсарлар тапир-тупур қочиб боришяпти. Дадилланиб бекат томон югурди. Етиб борса, трамвай изи ёнида узун бўйли бир киши чўзилиб ётар, юз-боши қонга бўялган эди. Шошиб турткилади, жон асари йўқ. Атрофга аланглаб, телефон будкасини кўрди. Ўша ёққа югурди.
“Ўшанда ўзимнинг жоним кўзимга кўринмабди, ановилар қайтиб келадиям деб ўйламабман”, дея хотирлайди кейинчалик жувон.
Кўп ўтмай “тез ёрдам” етиб келади. Лабзак тарафдан эса икки безорини олдиларига солиб келаётган йигитлар кўринади. Бу йигитлар машғулотдан қайтишаётган милиция мактаби талабалари бўлиб, ҳуштак овозини эшитиб ёрдамга шошилишган ва шўри қисган безориларнинг рўпарасидан чиқиб қолишган экан…
Санобар эшикда қоровул чолга рўпара келди. Чол дарҳол четланиб, йўл берди. Милтиғини қучоқлаб, жунжикиб тураверди. Бошини кўтариб қараёлмади. Фақат у ёнидан ўтиб, зинадан кўтарилаётганида: “Барака топ, қизим, жаннати экансан”, деди эшитилар-эшитилмас қилиб…
Вақт ярим тундан ўтган, лекин домладан дарак йўқ. Тўғри, ишдан кейин Баҳром Иноятов деган бастакор дўстиникига ўтмоқчи эди. Кечроқ келсам керак, деганди. Лекин бу маҳалга қадар қолиб кетадиган одати йўқ эди. Ишқилиб тинчликмикан?!
Ҳарчанд уринмасин, Ёрқиной нохуш хаёллар ўровидан қутулолмасди. Охири толиқди-да, кўзи илинди. Шу орада туш кўрди: онаси Бибисаҳро жаҳлга минган, ҳадеб уни койиб ётганмиш. “Бунча ғафлатдасан?!” дермиш. Чўчиб кўзини очди. Эшик тиқиллади. Сапчиб ўрнидан турди. Лекин шу заҳоти оёғидан қувват кетиб, жойига беҳол ўтирди. Йўқ, у кишига ўхшамайди. Тақиллатиши бежо.
Деразадан қаради. Қизи Дорожон билан ўғли Миржалол хоналаридан чопиб чиқишди.
Ташқаридан келган овозни танимади чамаси, ҳадеганда эшикни очишмади. Бир маҳал Дорожон эшик тирқишидан мўралади-да: “Вой, ая!” деганича онаси ётган хона томонга чопди. Ёрқиной жон ҳолатда деразани очиб, қизига рўпара бўлди.
– Ая, ая, адамнинг бошлари боғланган, бегона одамлар ҳам бор.
– Вой, ўлай! – Ёрқиной қаёқдан куч пайдо қилди, билмайди, эшикка югурди…
Эшикда ранги қув ўчган, боши танғилган Миртемир (ҳа, шундай, ўзимизнинг ўша беназир шоиримиз!) беҳол турар, ёнида икки оқ халатли ва бир мелиса бор эди. Миртемир Ёрқинойни, унинг ортидан жовдирашиб турган болаларини кўрди-да, жилмайишга уринди.
– Ҳеч гап йўқ, қўрқманглар, – деди-да, остонадан дадил ҳатлади. Сўнг ортига қараб. – Қани меҳмонлар, ичкарига киринглар. Сизларни ҳам ташвишга қўйдим, – деди жилмайиб. – Дорожон қизим, чой қўйиб юбор. Онаси, овқатни келтир… Кейин, кейин гаплашамиз. Ҳаммаси яхши.
– Эртаси куни истар-истамас гапириб бердилар, – деди Ёрқиной опа бе-рилиб тинглаётган ҳамширага ўйчан кўз тикканча. – Ўша бастакор дўстлариникидан чиқиб, трамвай бекатига келиб турган эканлар. Соат ўн бирлар экан. Учта нотаниш киши олдиларига келиб папирос сўрабди, берибдилар. Кейин пул сўрашибди. Пулим йўқ, дебдилар. Учовлашиб чўнтакларини ковлаб, бор-йўқ пулларни қоқиб олишибди. Нега алдадинг, пулинг бор экан-ку, деб ҳар ёқдан турткилашибди. Охири жанжал чиқиб, муштлашиб кетишибди. Битта барзангиси қўлига суякдан ясалган бир нарса тақиб олган экан, шу билан домланинг чаккасига урибди. Домла жон аччиғида бақириб юборибдилар. Бошқасини эслолмайдилар. Кўзларини очсалар дўхтирхонада ётган эканлар. Кейин дарҳол ўзларини тетикликка олиб, мени тезроқ уйимга жўнатинглар, деб туриб олибдилар. Уйимдагилар хавотирланиб, қўрқиб ўтиришмасин, деганлар-да… шу қадарлик оилапарвар, болапарвар эдилар домла раҳматли…
Бир неча кунгача ўзларига келолмай юрдилар, кўп қон йўқотган эканлар. Дўхтирлар уйга қатнаб муолажа қилишди. Домла хиёл ўзларига келгач, бир куни қаёққадир кетиб, уйга ҳаяжонда қайтдилар.
– Биласанми, аяси, жонимга ким ора кирган экан, оддийгина ошпаз аёл… Қойил қолдим. Эркакнинг ишини қипти, омон бўлгур.
Кўп ўтмай қандайдир маърака қилдик. Ҳайтовур домланинг омон қолганликлари шукрига худойи қилгандик, чамаси. Шунга домла ўша жувонни ҳам айттириб келдилар. Исми Санобархон эди. Кўҳликкина… Ҳа, эсладим, худди сизга ўхшаб кетадиган яхшигина жувон эдилар… умримда биринчи марта кўриб турибману, кўзимга шундай иссиқ чалинадики, ўз синглимдек бағримга босдим. У шўрлик бўлса хижолат тортади. “Вой, мен нима қипман, опажон, бошқа одам бўлганда ҳам шундай қиларди-ку”, дейди. Меҳмондорчилик тугаб, уйига кетаяптию, қўлига совға-салом тутамиз, қаники олса. Бунақа уятчан, камсуқум аёлни кам кўрганман… Домла Санобархонга, сиз нажот фариштаси бўлдингиз мен учун, энди қиёматлик ака-сингил бўп қоламиз, тез-тез келиб туринг, деб қайта-қайта тайинлагандилар. Лекин, ийманди чамаси, жувон бошқа келмади… Ўшанда қизчаси ёнида эди. Жажжигина, сочлари жамалак, тийраккина қизалоқ эди. Демак, ўша сиз бўлгансиз-да. Уни қаранг, қизим “Тоғ тоғ билан учрашмайди, одам одам билан учрашади”, деганлари рост-да! Айтмоқчи, отингизни сўрамабман ҳам…
– Отим Раҳима, аяжон. Менам яхши эслайман буларнинг ҳаммасини. Ўшанда меҳмонлар мана шу хонада ўтиришганди-а. Мен кирмагандим. Даҳлизларингга бақамти хонада безалган арча бор эди. Бундан чиқди, янги йилдан олдин ёки кейин экан. Аямдан ажраб, ўша уйчага кириб олгандим. Ёш болалар кўп эди, бирга ўйнадик… Бу ерга келаётиб ойим роса қулоғимни пишитган эдилар-да, катта бир одамнинг уйига боряпмиз, меҳмон кўп бўлади, деб. Ҳадеб дастурхонта узанма. Иложи бўлса, ҳовлидами, бошқа хонадами, ўтиратур, дегандилар. Уйга қайтишимизда эса роса хурсанд бўлиб, нуқул сизларни мақтаб боргандилар. “Жуда яхши одамлар экан. Сира катталикни билишмас экан, одамнинг жони экан” деб… Ойим раҳматли кўп йиллар ўша кунни эслаб юрдилар. Кейинчалик телевизорлар чиқди. Миртемир домла ойнаи жаҳонда кўриниб қолсалар, ойим дарҳол мени чақирардилар. “Ана, Раҳима, шоир бобонг. Вой тавба, шундай улуғ одамгаям қўл кўтаришганди-я”, деб бош чайқаб ўтирардилар… Айтмоқчи, аяжон, безорилар нима бўлган, қамалганмиди.
– Ўшанда биринчи кун иккитасини тутиб олишган экан. Кейин учинчисини ҳам қидириб топишибди. Учалови ҳам завод ишчилари экан… Бир куни уйимизга иккита ўрис хотин кириб келди. Йиғлаб-сиқташди. Бирови ўша домлани урган барзангининг хотини, бирови синглиси экан. “Гуноҳидан ўтинг. Учта боласи бор, етим қолмасин”, дейишди. Домла уларга қаттиқ гапирмадилар. “Агар, энди безорилик қилмайман, одамларга зарарим тегмайди, деб сўз беришса, уларга ҳеч қандай даъвоим бўлмайди”, дедилар. Судда ҳам шу гапларини айтибдилар. Лекин суд барибир уни қамабди. Шерикларига эса енгилроқ жазо берибди…
Ҳа, домла ана шунақа бағри кенг одам эдилар. Иложини топсалар, яхшиларни бошларига кўтарар эдилар, лекин ёмонга ёмонлик қилишни ҳам ўзларига эп билмасдилар…
ШАРАФ ГАВҲАРИ
Олим агар ўз йўлида қатъий турса, илмига муносиб иш тутса, дунёнинг номатлуб ҳавасларига кўнгил бермаса, бундай зотни шараф гавҳарининг кони деб бил. Гавҳар десанг ҳам, кон десанг ҳам – нима десанг ўшанга тегишлидир.
Илк танишув
– У кишини кўрсангиз, академик демайсиз, – дея кула-кула давом этди Сайди ака. – Камтардан камтар, оддийдан оддий, кийинишиям, ўзини тутишиям. Раҳматли Ғайбулла ака (профессор Ғайбулла Саломов) у кишини қаттиқ ҳурмат қиларди. Иккови яқин дўст эди. Энди қаранг, иккисиям катта олим, ўз соҳасининг пири, лекин икковиям хокисор, дали-ғули, сиполикни билмайдиган, илмга қаттиқ берилган одамлар. Яна қизиғи, икковигаям жуссадан берган, (кулиб) миқтигина, озғингина. “Бизнинг хамиримизни қоришаётганда ун тақчил эканми, ё хамиртуруш етмай қолганми, биздан нон эмас, кулча ясашган экан-да”, деб ҳазиллашарди Ғайбулла ака…
Шундай қилиб, Сайди аканинг (Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси, таниқли адиб ва публицист Сайди Умиров) давъати билан академик Жўра Азимбоевич Мусаев ҳузурига, Миллий университетга йўл олдик. Унгача мен бу олим хусусида тегишли манбаларни қараб чиққан ва ҳазилакам бир олиммас, Ўзбекистонда ғўза генетикаси бўйича мактаб яратган, илмий изланишлари халқаро миқёсда эътироф этилган алломага рўпара бўлишимни фаҳмлаб етган эдим. Мендаги масъулият ҳам, ҳаяжон ҳам шунга яраша эди. Боз устига телефонда тўққиз яримда учрашишга келишиб қўйганману, лекин камерада муаммо чиқиб, уни бошқасига алмаштиришга вақтни кетказиб, тўққиз яримда аранг телевидениедан чиққанмиз. Йўлимиз унмайди. Кўчалар тирбанд, аксига олиб, дам бадам қизил чироққа дуч келамиз. Хуллас, талабалар шаҳарчасига кириб борганимизда соат ўнни қоралаб қолганди. Бировни куттириб қўйишдан ёмони йўқ. Ўзимни койийман, нега тўққиз ярим дедим, ўнларда етиб борармиз, десам ҳам бўларди-ку, дейман…
Ниҳоят манзилга етдик. Биқинида TVR ёзувли “Дамас”имиз Биология факультети биносига яқинлаб тўхтади. Айтмоқчи, ўша кезлар авжи баҳор, дов-дарахт қийғос гулга кирган эди. Ва мен… бинога киравериш йўлаги четида қатор саф тортган оппоқ ўрик дарахтлари тагида, ўрик гулларига маҳлиё бўлганча термулиб турган береткали, жимитдайгина кишини кўрдим… Ана ўзлари, дедим хижолатдан иситмам чиқиб кетиб. Йўғе. деди режиссёрим (раҳматли) Хайрулла Ҳусанов ишонқирамай. Шу киши-я?! Ҳа, дедим машинадан бир аҳволда тушаётиб, домлани ўзи кутиб олгани чиқибди…
– Домла, ассалом алайкум, – дедим у томон юрарканман, биринчи марта кўриб турган бўлсам-да, ишонч билан.
– Ва алайкум ассалом, – деди домла ҳам илгаридан кўришиб юрган кишидай исмимни айтиб. Бағирлашдик. Узр сўрашимга ҳам имкон бермай, шерикларим билан ҳам тезгина кўришди-да, ўриклар томонга ишора қилиб, кулимсиради. – Гўзалликни қаранг. Энди бундай мўъжизани яратган зотнинг Ўзи қанчалар гўзал бўлишини тасаввур қилиб кўринг. Етмиш йил унинг исмини табиат деб келдик. Лекин табиатни ўзини ким яратган дейишга юрак қилолмабмиз-а, қаранг.
Камера биланмас, сиз билан суҳбатлашсам…
Даставвал тасвирлар олдик. Аудиторияда, лабараторияда, шогирдлар билан ўтказилаётган йиғинда… Ўзимизда, дунёнинг қай бир ҳудудида қандай пахта навлари бўлса, ҳаммаси жамланган коллекцияни тасвирга туширдик. Кейин ана шу жамланма фонида ўтириб, суҳбатни бошладик. Суҳбатимиз аввал келишиб қўйганимиздек, илм кишисининг шахсияти, устоз-шогирдлик анъанаси, одоб, ахлоқ, садоқат, меҳр-оқибат… каби инсоний фазилатлар хусусида бориши керак эди.
Радиода ўн беш йилча, телевидениеда мана ўн йилдан бери ишлаб келаётган мухбир сифатида соҳа ҳадисини бир мунча олганман шекилли, қаҳрамонимни камера рўпарасида ёлғиз қолдирмайман. Чунки, сиз билан бемалол, эмин-эркин гаплашиб, ажойиб-ғаройиб воқеалардан гурунг бериб турган одам, шундай камера чироғи ёқилиб, бошладик, дейишингиз билан ё чайналиб қолади, ё бўлмасам бирдан жиддий қиёфага кириб, ўта расмий, китобий тилда сўзлашга ўтиб кетади. Бу ҳолат айниқса бадиий-маърифий йўналишдаги кўрсатувлар руҳиятига мос тушмайди. Шу боис, ҳар сафар қаҳрамонимни ҳазил аралаш огоҳлантириб қўяман, сизнинг суҳбатдошингиз менман, камера эмас, уни унутасиз, мен билан гаплашасиз, дейман. Жўра ака билан эса… ишонасизми, у худди тил учимда турган гапни илиб олгандек, энди гап бундай, деди, агар иложи бўлса, камера биланмас, сиз билан гаплашсам, нима дейсиз. Э, мен нимаям дердим, домла, дея кулиб юбордим, бу айни муддао-ку!
Қулоғимда қолган гаплар…
– Хўп, домла, бўлмаса гапни ибтидодан бошласак, болалик инсон умрининг ибтидоси, дейишади.
– Тушундим… Болалигим Янгийўлда ўтди. Шу ерда етти йиллик тўлиқсиз ўрта мактабни битириб, кейин Тошкент педбилим юртига ўқишга кирдим.
– Домла, узр, сиз Туркистонда туғилгансиз, Сузоқ қишлоғида…
– Ҳа, шундай. Очиғини айтсам, сабабини билмайман. Ота-онамдан эса сўрашга улгурмаганман. Энди… алғов-далғов замонлар. Ҳар ҳолда жиддий сабаб бўлганки бу ёққа кўчишган, ким ҳам бекордан бекорга иссиқ жойини совутади… Отамни Азимбой ака, онамни Азизабону дейишган. Эсимни таниб, отамни консерва заводи ишчиси сифатида кўрганман. Онам уй бекаси эдилар, тикувчилик қилардилар. Икковлари ҳам бир тилда бизларга, биз ўқимадик, сизлар ўқинглар, одам бўлинглар, деганлари қулоғимда қолган. Онам еттинчи синфдалигимда, отам университетнинг биринчи курсида ўқиётганимда вафот этишди. Укам ва синглимни Олмазорда яшайдиган амакимникида қолдириб, ўқидим. Стипендия 28 сўм эди. Устозим Полвон Бобоевич тавсияси билан Сталин стипендиати бўлган эдим, 50 сўм олардим. Ана шу пулдан тежаб, укам ва синглимга егулик, кийгулик олиб борардим. Ўқишдан бўш вақтларимда гугурт фабрикасида ишлаб, уч-тўрт сўм топардим. Кейинчалик уларни ҳам Тошкентга олиб келдим. Укамни пахтачилик техникумига қўйдим. Кейин университетнинг геология факультетига ўқишга кирди. Иброҳим Ҳамробоев раҳбарлигида фан номзоди бўлди. Мен устоз деганда, энг аввал Полвон Бобоевич Азизов, Иллария Алексеевна Райковаларни кўз олдимга келтираман.
Устоз-шогирдлик самараси
Суҳбатимиз йўналиши ўз-ўзидан устоз-шогирдлик масаласига кўчди. Фурсатдан фойдаланиб луқма ташладим.
– Домла, ҳазрат Навоийда шундай сатрлар бор: “Агар шогирд шайхулислом, агар қозидур, агар устоз рози – Тангри розидур”, деганлар. Демак, устоз-шогирдлик, бу қадим ота-боболаримиз замонларидан ўтиб келаётган анъана…
– Албатта-да. Устоз-шогирдлик тушунчаси биз учун энг юксак миллий қадриятдир. Асрлар давомида бунинг ўзига яраша қатъий тартиб-қоидалари шаклланган. Устоз қандай бўлиши керак, шогирдлик вазифаси, бурчи нимадан иборат. Қаранг, агар устоз рози бўлса, Тангри розидир, деяптилар Навоий бобомиз. Шубҳасиз, бу ақидага биринчи навбатда ўзлари амал қилганлар. Устозлари Лутфийга, Жомийга, Сайид Ҳасан Ардашерга, Хожа Аҳрор Валийга бўлган эҳтиромларини яхши биласиз. Самарқанд мусофирчилигида Фазлуллоҳ Абуллайс ҳазратлари кўрсатган оталарча меҳрибончиликни бир умр унутмаганлар. Кейинчалик Ҳиротга келган алломанинг фарзандларини ўз ҳимояларига олиб, уларни тарбиялаб вояга етказганлар.
Бунақа мисолларни кўплаб айтиш мумкин. Қозизода Румий ва Мирзо Улуғбекни олайлик. Қозизода Румий илм истаб Румдан, ҳозирги Туркиянинг Бурса вилоятидан Самарқандга келади. Бу ердаги алломалардан сабоқ олади. Кейинчалик шаҳзода Улуғбекка устозлик қилади, фалакиёт ва математика фанларидан билим беради. Мирзо Улуғбек тахтга ўтиргач, устозининг кўрсатмалари билан илм-фан ривожига катта эътибор қаратади. Мадраса қурдиради. 1420 йили қуриб битказилган мадрасага Устозини бош мударрис қилиб тайинлайди. Шундан сўнг, устоз-шогирд ҳамкорлигида расадхона қурилди, “Зижи Курагоний” ёзилди. Самарқанд фалакиёт ва математика академияси яратилди. Ўз навбатида, Мирзо Улуғбекнинг ўзи ҳам Али Қушчи каби забардаст шогирдлар тайёрлади. Мирзо Улуғбек вафот этгач, Али Қушчи Туркияга кетиб, унинг ишларини давом эттирди. Туркия илм-фанида катта ўзгаришларга сабаб бўлди. Али Қушчидан кейин эса унинг набираси Мирам Чалабий бобоси Али Қушчи ва унинг салафлари Қозизода Румий, Мирзо Улуғбек бошлаган ишларни такомилига етказди. Ана шу набира шогирднинг хизматлари туфайли Самарқанд академияси эришган ютуқлар географияси кенгайиб, Оврўпога ўтди. Ундан бутун дунёга ёйилди. Кўрдингизми, устоз-шогирдлик шартларига садоқат, унга қатъий амал қилиш қандай самаралар беради. Демак, устоз-шогирдлик анъанаси, бу – хусусиймас, айрим шахслар ўртасидаги муносабатлардан иборат эмас, балки ижтимоий ҳодисадир.
Устоз эмас, отамдай эди
– Домла, ҳали Полвон Бобоевичнинг исмларини тилга олиб ўтдингиз…
– Полвон Бобоевич… Самарқанддан, эллик йил давомида университетга проректор бўлдилар. У киши менга устоз эмас, отамдай эди. Битта воқеани айтиб бераман. Қишда домламиз билан Москвага ўқишга бордик. Ассистентман. Оддий студент палтосидаман. Совуқ. Бир кун эрталаб айтдиларки, Жўравой бир ерга борамиз дедилар. Тўғри Большой театр олдидаги ЦУМга бордик. Иккинчи қаватга, палтолар бўлимига кўтарилдик. Бир палтони кўрсатиб, шуни кийиб кўрингчи, дедилар. Йўғе, домла, палтом бор-ку, дедим. Пулини мен бераман, топганингизда берасиз, дедилар… Шу домла олиб берган палтони, қирқ беш йил бўлди, сақлаб қўйганман…
Домламнинг оилаларидан ҳар доим хабар олиб тураман. Рамазон байрамлари, ҳайит кунларида. Биласиз, биология факультетимиз Полвон Бобоевич Азизов номи қўйилган. У киши академик бўлмаганлар, лекин менга ўхшаган ўнлаб академикларни тайёрлаган одам…
Нарвонни олиб кетмасин…
– Домла, бир мақолангизда ўқидим. Олимнинг жамиятда тутган ўрни ҳақида шундай бир образли ўхшатишни келтирибсиз. “Олим фан қасри тепасига чиқиб олгач, нарвонни ўзи билан олиб кетмасин. Ортидан келаётган шогирдларига ҳам йўл берсинки, улар ҳам фан чўққиларини эгаллашсин. Шогирд устозидан илгарилаб кетмас экан – фанда ривожланиш бўлмайди”, дебсиз.
– Энди мен сизга айтсам, олимнинг олимлиги нафақат ўз ихтироларида, айни пайтда ўзидан ҳам кучлироқ шогирдлар тайёрлашида кўринади. Акс ҳолда фан ривожланмайди. Шогирд устози етиб келган нуқтадан яна олдинлаб кетсагина илм-фанда ўсиш бўлади. Кейин, талабасига фақат дарс жараёнида таълим, тарбия берган, дарсдан ташқаридаги ҳаётидан бехабар, унга қизиқмайдиган кишига Устоз атамасини қўллаш ҳам унчалик тўғри эмас. Ўқувчисини, шогирдини ўз фарзандидай кўриб, уни юракдан тушуниб, керак бўлганида шахсий ҳаётига ҳам аралашиб, унга ёрдам берадиган, суяйдиган инсонларнигина ҳақиқий устоз деб биламан. Бундан бошқасини тан олмайман. Чунки мен кўрган устозлар ана шунақа зотлар эди. Мустақиллик йилларида мактаб, коллежларимизда муаллимларга “устоз” деб мурожаат қилиш урфга кирди. Бу – яхшилик аломати. Зеро, тилда қайта-қайта такрорланган калом вақти келиб, қалбга муҳрланади. Қалбдан жой олган сўз инсоннинг эътиқодига айланади.
Мусаевдан ўзиб кетган шогирдлар
– Устозим академик эмас эдилар, лекин менга ўхшаган ўнлаб академикларни тайёрлаган эдилар, дедингиз. Бу борада сизда қандай, шогирдларингиз…
– Мендан кўп сўрашади: сиздан ўзиб кетган шогирдларингиз борми, деб. Бор ва мен улар билан фахрланаман, дейман. Алишер Тўраев – Австрияда – Вена университети профессори. Австрия номидан Японияга, Америкага бориб маърузалар ўқийди. Ҳар йили ёзда келиб мендан хабар олиб туради. Улуғбек деган шогирдим, инглиз тилида китоблар ёзади. Англиянинг Кембриж университетида докторлик стажировкасини ўтади. Ҳозир Чехияда. Битта шогирдим Америкада. Бунақалар кўп. Демак, Мусаевдан ўтиб кетган шогирдлар бир эмас, бир нечта, улар билан фахрланаман…
Яхшиликни билмаган сассиқпопишак
– Домла, Алишер Навоий бобомизнинг ҳалиги сатрлари беҳудага ёзилмаган-да, агар устоз рози – Худо розидир, деб. Шундай эмасми? Демак, ҳаётда Устозини норози қиладиганлар ҳам учраб тураркан-да.
– Афсус, учраб туради. Тарихда ҳам бўлган, ҳозирги кунимизда ҳам. Карл Линней деган швед олими ўтган. 18 асрда яшаган. Ботаника, зоология, минеарология соҳасида машҳур олим. Шу одам Сигизбек деган немис йигитини шогирдликка олади. Унга меҳр қўяди, тарбиялайди ва янги бир навни унинг номи билан атайди. Лекин Сигизбек, зоти паст эканми, юртига қайтгач, устози яратган навларни ўзиники деб эълон қилади, унга маломатлар ёғдиради, туҳматдан ҳам қайтмайди. Ҳайратга тушган, дили оғриган Линней бир конвертга икки дона уруғ солиб, “кукулус ингратус” деган ёзув билан шогирдига юборади. Сигизбек уруғни экиб, ундирса, ўзлари етиштирган нав. Ҳайрон бўлади. Кейин ёзувга эътибор бериб, таржима қилдирса, кукулус ингратус “Яхшиликни билмаган сассиқпопишак” дегани экан… Энди мен сизга айтсам, умрим бўйи генетика, наслшунослик билан машғулман. Генда гап кўп. Масалан, янги нав яратиш учун жуда кўп навларнинг аслини ўрганишимга тўғри келади. Тоза уруғдан тоза нав етишиб чиқади-да. Озгина адашсангиз, неча йил қилган меҳнатингиз чиппакка чиқади. Одам боласида ҳам шундай. Совет даврида бундай қарашни қоралаб келишди. Лекин бу бор гап. Ўғил уйлантиришда, келин танлашда ота-боболаримиз бунга қаттиқ амал қилишган. Абдулла Ориповнинг бир шеърида “нима бўлса асли наслида бўлган” деган гап бор-ку. Худога шукур қиламан, шогирдларим ҳаммаси садоқатли. Ҳалигидақа беоқибат, сассиқпопишак шогирдлардан Ўзи асрасин.
Аввал академикларимиз чиқишсин.
Бу ҳангома Жўра ака селекционер олимлар гуруҳига бош бўлиб Бухорога борганида бўлиб ўтган.
Ўшанда жойларда тадбирлар ўтказилган, маърузалар ўқилган. Қайтишда, самолётга чиқишда Жўра акани олдинга ўтқазишган, домла сиз бошланг дейишган. Жўра ака бошига беретка кийган, кичкинагина одам, энди трапга оёқ қўяман деса, норғул бир йигит шартта қўлтиғидан олиб, чеккага тортибди. “Шошмай туринг, аввал меҳмонлар, академиклар чиқиб олишсин!” Шу пайт ёнида турган масъул ходим ҳушёрлик қилиб, қулоғига нимадир деб шивирлаган экан, ҳалиги йигит шошиб қолибди, “Э, домла, минг бор узр, марҳамат, хуш кўрдик”, деганча, Жўра акани трапга бошлаган экан…
Шунга ўхшаш ҳангома бухоролик машҳур шоир Садриддин Салим Бухорийнинг ҳам бошидан ўтган. Раҳматли Садриддин ака ҳам Жўра акадай миқтигина гавдали, кийиниши, юриш-туриши, серҳаракатлиги ҳам қуйиб қўйгандай унга ўхшарди. “Сўғдиёна” ўзбек давлат миллий чолғулар камер оркестри бадиий раҳбари, профессор Феруза Абдураҳимова у киши таржима қилган Гётенинг “Ғарбу Шарқ девони” асосида мусиқий композиция тайёрлайди-да, тақдимот маросимига таклиф қилади. Садриддин ака доимий икки ҳамроҳи – адабиётшунос олим Самаджон Азимов, “Бухорийлар авлоди” фирмаси директори Улуғбек Абдуллаевлар билан Консерваторияга кириб келишади. Уларни томоша залининг биринчи қаторига ўтқазишади. Тадбир бошланишидан хиёл аввал ташкилотчи бир аёл залга киради ва даставвал бухоролик меҳмонларга кўзи тушади. Ва шошиб уларнинг олдига келади-да, ”кечирасизлар, бу ер расмий меҳмонлар жойи, орқароқда ўтиринглар”, дейди. Садриддин акаларга ўн бешинчи қатордан жой тегади. Тадбир бошланади. Композиция катта қизиқиш билан томоша қилинади. Қарсаклар, олқишлар билан бўлиниб туради. Тадбир сўнггида Феруза опа сўзга чиқиб, асар муаллифларини саҳнага таклиф қиларкан, биринчи бўлиб унинг таржимони Садриддин Салим Бухорий номини тилга олади. Шунда бу тантананинг асосий “айбдори” залнинг ўртасида, ўн бешинчи қаторда ўтирган еридан туриб, одамларни оралаб ўрта йўлакка чиқади ва саҳна томонга юради. Унгача бутун зал оёққа қалқиб, олқишлаб туради. Ҳалиги ташкилотчи аёл бўлса, ранг-қути учганча илжайиб, уни саҳна пиллапоясида кутиб олади. Ва қўлтиғидан тутиб, мулозамат кўрсатмоқчи бўлганида, Садриддин ака бунга имкон бермай, саҳнага чаққон чиқиб кетади…
Пифагор ҳақиқати
– Камтарлик, хокисорлик… – деди Жўра ака навбатдаги саволимдан сўнг бир зум ўйга толиб. – Филип Честерфилдни биласиз, англиялик ёзувчи, шу одам “Ўғлимга насиҳатлар” китобида ёзади: Камсуқум бўлиш керак, чунки сиз ҳам, биз ҳам ҳалигидақа даҳолардан эмасмиз. Аср ўтиши билан унутиламиз. Ҳаёт қисқа, ўзимизнинг майда-чуйда ютуқларимизни ҳикоя қилавериш билан одамларнинг меъдасига тегишдан фойда йўқ. Яхшиси, бошқалар гапирсин, дейди. Ёки Шамс Табризийга нисбат бериладиган ривоятни эсланг. Шамс Табризий бир олимнинг ҳузурига келади. Олим беписандлик қилиб, уни ярим соатча куттириб қўяди. Учрашганларида Шамс Табризий савол беради. Тақсир, Яратганнинг илмини нимага қиёслайсиз? Қиёси йўқ уммонга, дейди олим. Шу уммондан одамизод илғагани қанчалик бўлса? Бир пиёла сувча бордир. Энди шу бир пиёла сувдан сиз англаганингиз қанча чиқар. Ҳеч-ча, бўлса керак. Тақсир, ҳеч-ча билимга бу қадар такаббурга кетиш тўғрими?! Камтарлик ҳақида Пифагор қизиқ гап айтади: “Инсоннинг ҳақиқий қиммати унинг ўзини ўзига берган баҳосига тескари пропорционал, жамоатчилик берган баҳога эса тўғри пропорционалдир”. Биз қанча мен-мен дея кўкракка ураверсак, баҳомиз шунчалик тушиб кетавераркан. Атрофдаги одамлар, устозлар, шогирдлар, ҳамкасблар баҳо берса, бу ҳақиқий баҳо бўларкан. Мен устозларим Полвон Азизов, Иллария Райкова, Иброҳим Ҳамробоев, дўстим Ғайбулла Саломов, энди булар ўзим яқиндан билган одамлар-да. Ҳа, яна бир неча бор Шароф Рашидов қабулларида бўлганман, шу инсон ҳам ўта маданиятли, камтарин зот эдилар. Кейин машҳур кўз шифокори, профессор Муҳаммаджон Комилов ва унинг ўғли, мана яқинда Ўзбекистон Қаҳрамони бўлди, Холидбек Комилов…бу одамлар ҳақида ўйлаганимда Пифагорнинг ҳалиги гаплари беихтиёр ёдимга тушади.
Ён бериш йўқ…
– Жўра Азимбоевич, Миллий университетда сал кам олтмиш йилдан бери хизмат қилиб келасиз. Шу давр мобайнида эришган натижаларингиз…
– Энг аввал эришган натижамиз – ғўзанинг генетик – ирсий томондан тоза янги хил коллекциясини яратдик. Бу бой коллекция миқдор жиҳатдан 500 дан ортиқ. Сифати жиҳатдан дунёда биринчи ўринда туради. Америка иккинчи ўринда туради. Иккинчи: хромосомалар бўйича коллекция яратдик. Бу соҳада Америка биринчи, бизники иккинчи ўринда. Мана шу биз яратган коллекция-жамланма Ўзбекистонда янги навлар яратишга асос бўлиб хизмат қилмоқда. Биз мақтансак бўладиган яна бир ютуғимиз шуки, ўзимизда экиладиган ғўза ҳосилдорлиги яхши. Лекин тола сифати бўйича ҳозирча Миср пахтасининг сифатига етмайди. Олдимизда турган катта вазифа: ҳосилдорликни камайтирмасдан толанинг сифатини кўтаришдир. Ҳозир шу бўйича дунёда иккита марказда иш олиб бориляпти. Биринчиси Америкада, қишлоқ хўжалиги департаменти қошида марказий генетик марказ бор. Лабаратория мудири Сухуми Сааха – ҳинд олими, қирқ беш йил давомида иш олиб боради. Иккинчи марказ – Ўзбекистонда, Миллий университетда. Академиянинг генетика институти билан ҳамкорликда шу соҳа бўйича 50 йилдан ортиқ ёпиқ иш олиб бордик. Миср пахтасининг толаси сифати юқори бўлиш генларини, яъни ингичка тола генларини ўзимизнинг оддий пахтага ўтказиб, шунинг коллекциясини яратдик. Ҳали бундай Миср пахтаси толасига эга бўлган ўзимизнинг оддий пахта навлари бирор жойда яратилмаган. Энди шуни билгандан кейин Американинг иккита йирик олим – Кол деган генетик олим, кейин Сааха, 2003 – 2004 йилларда келишди. Биргалашиб конфереция ўтказдик. Биология факультетимизда Американинг ана шу иккита йирик олими доклад қилиб берди. Кейин мен доклад қилиб, натижани айтдим. Ҳайрон бўлиб қолди. Ишқилиб устоз-шогирдлар ғайрат қилиб ётибмиз. Ён бериш йўқ…
Сувратингга қараб қабул қиладилар, сийратингга қараб кузатадилар, дейишади. Кичиккина жуссали бу инсон нари-бериси билан икки соатлар давом этган суҳбат-мулоқотимиз давомида кўз олдимда улкан шахсга, Ватан, халқ, миллат ҳақида бирор оғиз ҳавойи гап айтмай ҳам ҳақиқий миллатпарвар, халқпарвар алломага айланиб борарди. Дарҳақиқат, академик Жўра Мусаев нафақат ўзимизда, балки халқаро миқёсда ҳам тан олинган олимдир. У беш ихтиро ва беш ғўза навининг муаллифи, 250 дан ортиқ илмий мақолаларидан 50 таси хорижда – Америка Қўшма штатлари, Ҳиндистон, Туркия, Жанубий Африка республикаси, Россия каби давлатларнинг илмий нашрларида чоп этилган. Булардан ташқари, унинг бевосита муаллифлиги ва раҳбарлигида умумўрта мактаблар, олий ўқув юртлари учун дарсликлар, монографиялар яратилган. Ўнга яқин фан доктори, 30 нафар фан номзоди унинг раҳбарлигида ўз илмий ишини ҳимоя қилган ва улар бугунги кунда республикамизда ва ундан ташқарида ҳам илмий тадқиқотлар олиб боришмоқда. Аммо, унинг ўзи, гарчи саксон ёш устида бўлса ҳам, шу улуғ ёшига, мавқе-мартабасига қарамасдан, тиним билмайди, кабинетида ўтирмайди, ҳар доим шогирдлари билан пахта даласида, тажриба майдонларида кезиб юради.
Яратганнинг энг катта мукофоти
Жўра ака, ҳайратли ўй-хаёлларимни пайқади, шекилли, энди мен сизга очиғини айтсам, бу кунларга етишим амри маҳол эди, деб қолди. Қирққа кирмасимдан ҳаммасига қўл силтаб кетишимга бир баҳя қолган эди.
Бу мен учун кутилмаган гап бўлди. Ялт этиб домлага қарадим. Ҳа, шундай, дея давом этди у. Ёшликда қийинчилик, очин-тўқин юришлар сабаб ошқозон касалини орттириб олган эдим. Охири бўлмагач, операция қилишди. Хотиним, менинг тузалишимдан умидини узиб, кўч-кўронини йиғиб, ҳатто дипломим, бошқа ҳужжатларни ҳам олиб, отасиникига кетиб қолди. Тузалиб чиққанимдан кейин ажрашдим. Сайёрахон янгангиз ўшанда талабам эди. Лабараторияда, тажриба майдонларида ёнимдан кетмасди. Бир куни устозим Иллария опа, Жўра, сенда гапим бор, деб қолди. Эшитаман, дедим. Баранов деган домла ўзининг студенткасига уйланди. Ўзидан тиниб, бахтли бўлиб кетди. Мен аёлман, сезиб юрибман, Сайёра сени яхши кўради. Унга уйлангин, ўзим ўртага тушаман, деди. Кўнмадим. Бу ақлга сиғмайдиган иш дедим. Мен домла бўлсам, у талаба. Бунинг устига ёшим ҳам анча катта ундан. Опа, яна бир ўйлаб кўрарсан, деди-ю, бошқа гап очмади. Бошим сурункали оғрир, баъзан уч-тўртта аналгин ичсам ҳам босилмасди. Оғриқнинг зўридан ҳатто ётиб қолардим. Шунақа пайтларда Сайёра атрофимда парвона бўлар, нима қилиб бўлса-да, дардимни енгиллатишга ҳаракат қиларди. Ўша кезларда унга кетма-кет совчилар кела бошлади. У ҳеч бирига розилик бермасди. Мендан садо чиқавермагани учун, бир куни ўзи ёнимга келиб, очиқчасига гапиришга мажбур бўлди: Домла, агар рози бўлсангиз, умримни сизга бахшида этсам, деди. Одатда китобларда ўқиган, киноларда кўрган фидойи инсонларни мен ёнгинамда – Сайёрахон сиймосида кўриб тургандим. Турмуш қурдик, фарзандлар кўрдик. Баъзида телевизорда кўриб қоламан: аҳил яшадик, лекин оилада бўп туради, келишмовчилик, тушунмовчилик, бизда ҳам озми, кўпми бўлди… дейишади. Лекин, бизда, Худога шукур, ўша озиям бўлмади шу чоққача. Ёнингда меҳрибонинг бўлса, дард ҳам сендан қочаркан. Бутунлай тузалиб кетдим. Аёлим ҳамиша ишларимда кўмакдош, шогирдларимнинг диссертацияларини кўриб беради, ўзбекча, русча саводи яхши. Нафақат ўзининг, балки укамнинг фарзандларига ҳам онадек меҳрибон. Битта мисол айтсам: баъзида хорижга сафарга бориб қолсам, ўзимизда камёб матолардан унга опкелардим. Ўзи киймай ҳаммасини сақлаб қўйган экан. Укам ўғлини уйлантирганда, бизлардан совға деб ҳаммасини чиқариб берганди. Хуллас, аёлимни Яратганнинг менга энг катта мукофоти деб биламан. Агар Сайёра бўлмаганида, билмадим нима бўларди. Шунча ишлар олдимда қараб турган экан, ҳаммаси қоп кетармиди…
Ҳар ҳолда нимагадир эришдик-да…
Ўшанда Жўра Азимбоевич Мусаев билан биология факултети олдида, оппоқ гуллаб ётган ўриклар тагида хайрлашар эканмиз, бу учрашув охиргиси эмаслигига ишончим комил эди. Ва шундай бўлди ҳам. Чунки у фақат хизмат тақозоси билан кўришиб, уч-тўрт оғиз гаплашиб, кейин унутилиб кетадиган инсонлар тоифасидан эмас эди. Сабаб топилдими, қўнғироқ қилардим. Домла, фалон мавзуда (у адабиётми, санъатми ёки бирор арзирли шахс ҳақидами, фарқи йўқ) икки оғиз гапингизни ёзиб олсам, дердим. Сира рад қилмасди, учрашардик. Уч-тўрт дақиқали интервью олардим-да, гуруҳимга рухсат бериб юбориб, кейин соатлаб гаплашардим. Билмадим, Жўра акада Ғайбулла Саломов устозимни эслатадиган нималардир борлиги учунми, у кишига боғланиб қолган эдим.
2014 йил, сентябрь охирлари эди. Қўнғироқлашдим. Уйга келинг, ишга чиқолмаяпман, деди домла биринчи дафъа. Кўнглим бир нохушлик сезди. Домла жиддийгина бетоб бўлса-да, ўзини тетик тутиб, анча-мунча гаплашди. Мана шундай куз пайтлари, терим авжига чиққан маҳаллари уйда ўтиролмаслиги, Республика бўйлаб сафарга чиқиб кетишлари, деҳқонлар, теримчилар билан учрашиб қайтишлари, ўшанақа сафарларда рўй берган воқеаларни хотирлади. “Мени битта нарса эзарди, ўзимни айбдордай ҳис қилардим, деди у бир маҳал маъюс тортиб. Еримиз чарчаб борарди. Пахтадан бошқа нарсани кўрмагач, чарчайди-да. Кейин вильт деган бало деҳқонни шўрини қуритарди. Марказ бўлса, ҳеч нарса билан ҳисоблашмасди, планни оширгандан ошириб борарди. Бу зуғуми билан қўшиб ёзишга, қинғирликка йўл очиб берди. Охири нима бўлди, биласиз. Йил бўйи даладан чиқмай, меҳнат қилиб, косаси оқармаган ўзбек ёмонотлиқ қилинди. Хайрият, у кунлар орқада қолди. Еримиз ҳам, деҳқонлар ҳам енгил нафас олиб қолди. Худо хоҳласа, бу ёғи яхши бўлади. Бизнинг ишимизда ҳам янгиликлар кўп. Мана кўриб турибсиз, терим мавсуми ноябрга қолмасдан якунига етаяпти. Бундан ҳам эртапишар янги навлар синовдан яхши ўтди. Ҳар ҳолда нимагадир эришдик-да…
Ҳар ҳолда нимагадир эришдик-да… Домланинг бу гапидан, умримиз беҳуда кетмади-да, деган шукрона бир эътирофни туйдим ўшанда…
Илова ўрнида: Ўша учрашувдан кўп ўтмай, октябрнинг сўнгги кунларида мамлакат Президенти ва давлат ва жамоат арбоблари имзоси билан таъзиянома эълон қилинди.
Унда жумладан шундай дейилган эди: Мамлакатимиз илм-фани оғир жудоликка учради. Биология фанлари доктори, профессор, Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси академиги Жўра Азимбоевич Мусаев 86 ёшида вафот этди.
Ж. Мусаев ўзининг 60 йилдан ортиқ илмий-педагогик фаолияти мобайнида Ўзбекистон Миллий университети ғўза генетикаси лабораторияси ва кафедраси мудири, профессори, Фанлар академиясининг Ўсимликлар экспериментал биологияси институти лаборатория мудири, директори, Фанлар академиясининг бош илмий котиби каби масъул лавозимларда самарали меҳнат қилди ҳамда биология ва генетика соҳасидаги долзарб масалаларни тадқиқ этиш, илм-фаннинг мазкур йўналишида юқори малакали кадрлар тайёрлаш ишига муносиб ҳисса қўшди.
Академик Ж.Мусаевнинг мамлакатимиз илм-фанини ривожлантириш борасидаги хизматлари давлатимиз томонидан муносиб тақдирланган.
У “Ўзбекистон Республикаси фан арбоби” фахрий унвони, “Буюк хизматлари учун”, “Эл-юрт ҳурмати” орденлари билан мукофотланган, Ўзбекистон Республикасининг Биринчи даражали давлат мукофотига сазовор бўлган эди.
РЕЖИССЁР БЎЛИБ ТУҒИЛАДИЛАР
“Режиссёр бўлиш учун… режиссёр бўлиб туғилиш керак. ” Талабаликдаги устози Иосиф Радун бу гапни тез-тез такрорлаб турарди. Бу гап баъзан уни қувватласа… баъзида – омади юришмай, ўйлагани юзага чиқавермай қийналиб қолган кезларда кўнглини совутар, ўзига нисбатан ишончи йўқолар ва барчасига қўл силтаб кетгиси келарди…
У санъаткорлар оиласида туғилди.
Институтни битиргач, бир қанча театрларда ишлаб, кейин тақдир тақозоси билан Республика телевидениесига ишга келиб қолди. У ҳақида орқаворотдан эшитиб юрардим, албатта. Ҳамид Олимжон номидаги Самарқанд вилояти театрида саккиз йил ишлаб, йигирмадан ортиқ замонавий ва классик асарларни саҳнага олиб чиққани, бу асарлардан бир қанчаси, жумладан, Мақсуд Шайхзоданинг “Мирзо Улуғбек”, Бертольд Брехтнинг “Шаддод она”, Ҳамид Олимжон ва Зулфиянинг “Семурғ” асарлари асосида тайёрланган спектакллар республика ва собиқ иттифоқ фестивал-танловларида ғолиб бўлганлиги, пойтахтга қайтиб, немис драматурги Бертольд Брехтнинг “Сичуанлик меҳрибон” драмасини Ёш томошабинлар театрида, Шароф Бошбековнинг “Тақдир эшиги” пьесасини Академик Миллий театрда саҳнага қўйиб, жамоатчилик эътиборини қозонганидан ва етарлича рақобатчилар ҳам орттирганидан ҳам хабарим бор эди. Очиғи, ҳеч кутилмаганда (1997 й) унинг телевидениега келиб қолишида, яъни театр режиссёри сифатида энди-энди ном чиқариб келаётган бир пайтда туйқусдан телережиссёрга айланиб қолишида ўша рақобатчиларнинг ҳам “ҳиссаси” йўқ эмасди.
Телевидение бу театр эмас. Театрда суяги қотган, муайян натижаларга эришган, эътиборда юрган мутахассис телевидениеда қимирлаб-ғимирлаб юрган шунчаки бир хизматчига айланиб қолиши ҳеч гап эмас. Тожибой Исроилов қаршисида ҳам шундай бир хатар бор эди. Машҳур театр режиссёрига дастлаб оддий кундалик кўрсатувлар топшириб қўйилиши ҳам мана шундай ишончсизлик оқибати эди. У аввал бир муҳаррир билан, кейин иккинчиси билан ишлади. Ҳар иккиси билан ҳамкорлиги узоққа чўзилмади. Олти ой нари берисида хайр-хўшлашишди. Кейин менга таклиф қилишди у билан ишлашни. Бир қадар тоқатли эканман, олти ой эмас, роса олти йил (нафақага чиққунича) унинг “инжиқ”ликларига чидадим. Ёлғон бўлмасин, чидамим тугаб, ади-бадига борган вақтларим ҳам бўлди.
Айниқса, бир сафар (буям бир гурунг-да, айтиб ўта қолай) қаттироқ сан-манга бордик-да, бир ҳафтача гаплашмай юрдик. Бир кун иш вақти тугаш олдидан Тоживой аканинг ўзи қўнғироқ қилди. Ёши улуғроқ эмасми, биринчи қадамни у ташлади. Эшик олдида турибман, деди масалани ойдинлаштириб олайлик, деган оҳангда. Тушдим, кўришган, сўрашган бўлдик. Кейин индамай Панорама кинохонаси томон юрдик. Ундан Навоий кўчасига чиқдик. Қўйлик томонга қатнайдиган автобус келди. Чиқиб ўтирдик. Аста-секин суҳбатимиз аввалги маромига тушди. Гўё орамизда ҳеч гап ўтмагандай, у ҳам эслатмади, менам кек сақлаб ўтирмадим. Лекин кўнгилдаги хиралик кетиб, ичим ёришиб бораётганини туюб турардим. У ҳам шундай ҳолатда экани ранг-рўйидан билиниб турарди. Хуллас, темир йўл вокзалидан ўтдик. Яна икки-уч бекатдан кейин Жўрабек масжиди рўпарасида у тушиб қолиши керак. Бир маҳал атрофга аланглаб, баралла овозда: э, машинам қоп кетибди-ку, деса бўладими. Автобус тўла одам, гур кулиб юборди. Тожибой акамиз ҳам илжая-илжая бекатда тушиб қолиб, келган йўлига қайтиб кетганди… Энди унинг инжиқлигига келсам, у саҳна билан тирик эди, фикр-хаёли актёрлар билан ишлаш, янгидан янги асарларни жонлантириб, эфирга бериш билан банд эди. “Текуший” кўрсатувларга кўнгил бериб ишлашни эса, гарчи истаса-да, ўзига қарши боролмасди. Менинг кўрсатувларимга келсак, уларда озми-кўпми саҳнавий кўринишлар яратиш имкони бор эди. Бу орада тиниб-тинчимас режиссёр ўзининг асл ниятига ҳам эриша бошлади. Яъни, бирин-кетин театр спектаклларининг телевариантини яратишга киришди. Аммо бу осонликча бўлмади. “Телеэкран бу театр саҳнаси эмас. Янги келган видеоускуналар билан ишлашга тўғри келади. Сиз нафақат актёрлар, балки тасвирга олиш техникаси билан ҳам тиллаша олишингиз керак”, дейишди. Ўжар режиссёр эса сўзида туриб олди. Зарари йўқ, ўрганман, одам қилган ишни одам қила олади, деди. Ниҳоят, машҳур турк ёзувчиси Нўмиқ Камолнинг “Жалолиддин Хоразмшоҳ” драмаси (Хуршид Даврон таржимаси) асосида беш қисмли телеспектакль устида иш бошлаш учун рухсат олди. Муҳаррир сифатида иш жараёни қандай кечганидан хабардорман. Осон бўлмади. Аммо мақсадингда қатъий турсанг, Яратган қўллайди, деганларидек, муаммолар бир-бир ечила борди. Жалолиддин ролига актёр Машраб Кимсанов танланди. Бош рол ижрочиси тўғри танланса, бу – эллик фойиз иш битди дегани. (Жалолиддин Хоразмшоҳ роли сабаб Машраб Кимсанов эътиборга тушиб, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист унвонига сазовор бўлди). Актёрлар ансамбли шаклланиб бўлгач, энди ўша даврга мос либослар, қурол-аслаҳа топиш керак эди. Пойтахтдаги Ҳарбий гарнизон раҳбарияти билан келишиб, йигирма нафар аскар йигитни Чингизхон жангчилари сифатида спектаклга жалб этди. Кийим ва қурол-аслаҳалар “Ўзбекфильм” киностудиясидан олинди. Яна бир мушкул вазифа турарди, у ҳам бўлса, лоақал Жалолиддин учун чиройли оқ от топиш лозим эди. Бунинг ҳам чораси топилди. Тожибой ака машҳур цирк артисти, чавандоз Зариповга учради. Э, Жалолиддин учун битта эмас, мингта отим бўлса ҳам беришга тайёрман, деди машҳур сулола вакили Ҳаким Зарипов.
Хуллас, тиришқоқ театр режиссёри телевидениеда ҳам ўз зафарли юришини бошлади. “Жалолиддин Хоразмшоҳ” телеспектакли билан раҳбарият ишончини қозонгач, иккинчи катта ишга қўл урди – Мақсуд Шайхзоданинг “Мирзо Улуғбек” фожиаси асосида олти қисмли телеспектакль яратди. Бу иши ижобий маънода катта шов-шувга сабаб бўлди. Кўплаб театр билимдонлари матбуотда чиқишлар қилишди. Ўзбекистон Қаҳрамони Озод Шарафиддинов одатдагидай тантилик кўрсатди. “Уч чўққининг бири” номли мақола ёзиб, мазкур телеспектакль нафақат телевидение тарихида, маънавий ҳаётимизда ҳам муҳим воқеа бўлди, дея эътироф этди: “Ўзбек телевидениеси кўпқисмли “Мирзо Улуғбек” телеспектаклини намойиш этиб, томошабинларни хурсанд қилди. Лекин, назаримда томошабинлардан кўра ўн чандон кўпроқ адиб Шайхзоданинг ва албатта Мирзо Улуғбекнинг руҳи шод бўлди, деб ўйлайман”, дея таъкидлади атоқли мунаққид ўз мақоласида.
Телережуссурага “қўли келиб қолган” Тожибой ака янада ғайрат ва илҳом билан ишга киришди. Чингиз Айтматовнинг “Соҳил бўйлаб чопаётган олапар” асари асосида ажойиб видеофильм яратди. Ва яна ниятлари кўп эди, аммо… ўша давр таомилига кўра (олтмиш ёшга кириб қўйганлиги сабаб) ихтиёрий-мажбурий аснода нафақага кузатилди…
Айтмоқчи, Тожибой Исроилов ҳали айтиб ўтганим катта ишлари орасида ҳам тин олмас, катта-кичик видеофильмлар, теленовеллаларни иштиёқ билан тасвирга оларди. Жумладан, менинг ҳам бир қанча сценарийларим у кишининг сайъ-ҳаракати билан экран юзини кўргандики, ҳозир шулардан бирининг қай тарзда дунёга келгани хусусидаги ҳангомани сўзлаб берсам…
“Дала ўртасидаги дарахт”нинг дунёга келиши
Бу фильмга шу номдаги саккиз ҳикоядан иборат қиссамнинг сўнгги ҳикояси асос бўлди. Ташаббус Тожибой аканинг ўзидан чиқди. “Фильм қиламиз, натуранинг ўзида – Самарқандда оламиз”, деди. Албатта, хурсанд бўлдим. Болалигим ўтган далалар, дала ўртасидаги ардоқли шотутимиз, сой бўйларини суратга олиш, телевидение орқали намойиш этиш ғоят ёқимли-да, шундай эмасми.
Ҳикояни тезгина сценарийга айлантирдим. Муҳарририят раҳбарларига ўқитдик. Маъқул топишди. Лекин суратга олишга ёрдам беришолмади. Сабаби – биздаги саҳналаштирувчи бўлим ёпилиб, лимит “Ўзбектелефильм”га ўтиб кетган эди. Ижодий гуруҳ ва актёрлар билан Самарқандга бориш, у ерда бир неча кун суратга олиш билан шуғулланиш озмунча маблағ талаб қилмаслиги аниқ. Тарвузим қўлтиғимдан тушиб юрган кунларимда тиниб-тинчимас, бир ишни бошласа охирига етказмайдиган режиссёрим яна ўзи бошқа ташаббус бошлаб қолди. “Самарқандлик актёрларни ўйнатамиз. Ўзимнинг шахсий камерам (ВХС)да съемка қиламиз. Фақат икковимиз кетамиз, ўз ҳисобимиздан. Сиздан лозим бўладигани, актёрларнинг бир-икки кунлик еб-ичишию уч-тўрт сўм гонорарини кўтариш”, деди. “Албатта, ўзингизмас, колхоз раҳбарларими, бирорта бизнесменми ҳомийлик қилиб юборар”, деб кулиб қўйди.
Колхоз раҳбарларига (ўшанда ҳали колхоз деганлари бор, ширкат хўжалиги деган ном билан сўнгги кунларини яшаётган пайтлар эди адашмасам) учрашдим, лекин ёрдаммас, рухсат сўраб. Яъни, “Шотутли” даласида кино олмоқчимиз, шуни айтиб қўймоқчи эдим, дегандай гап қилдим. “Э, бемалол, бемалол, – деди ширкатнинг ёш раиси “бағрикенглик” билан. – Зўр бўларди. Эшитишимча, бир пайтлар “Мафтунингман”, “Синчалак” деган фильмлар ҳам бизда олинган экан”.
Бўлди, шундай қилиб, “Шотутли” даласи, дала биқинидаги шийпон Тожибой ака иккимизнинг ихтиёримизга берилди. Уч-тўрт сўмлик харажатларни укалар зиммасига юкладик-да, ишни бошладик. Суратга олишимиз керак бўлган натура (куйиб кетган Шотут дарахти) бор. Дала ўртасида улкан саксовулдай бўлиб турибди. Лекин унинг илгариги навқирон даврини ҳам кўрсатишимиз керак. Муаамо тезгина ҳал бўлди. Қўшни “Коммунизм” (Жомбой тумани ҳудуди) ширкат хўжалигидаги бир далада бор экан шунақаси. Дарҳол йўлга тушдик. Болалигимдаги ўз шотутимизга нисбатан нимдошгина экану йўқдан кўра дегандай, ўшандан фойдаландик. “Коммунизм”лик болаларни топиб келиб, қаҳрамонларимизнинг ёшлигини ўйнатдик. Бир сувчи йигит ва хотинини ҳам тасвирга олдик. Сувчи йигит шотут атрофида ғўзага сув тараб юрибди-да, хотини боласи билан унга овқат келтиради ва биргаликда ўтириб овқатланишади.
Тасвир қуёш ботиши арафасида бошланиб, қоронғу тунда тугади. Эртасига самақандлик актёрлар келишди ва кун чошгоҳларда ишни бошладик. Аввал шийпонда тўрт синфдош – (актёрлар Бахтиёр Раҳимов, Баҳром Раҳимов, Темур Пардаев, Тошпўлат Очилтошев) зиёфатхўрлик қилишади. Синфдошлардан иккитаси тошкентлик меҳмонлар, бири олим, академияда ишлайди, бири шоир, газетада хизмат қилади. Қолган иккитаси “қишлоқда қолиб кетганлардан”. Бири мактабда ҳарбийдан дарс беради, афғонда бўлиб келганлардан, иккинчиси мана шу дала ва шийпон хўжайини – бригадир. Зиёфатни бригадир беряпти. Шу ўринда Тожибой аканинг актёр танлаш маҳоратига тан берганимни айтишим лозимки, тўрт актёр ҳам менинг тасаввуримдаги қаҳрамонларимга қуйиб қуйгандек эди.
Тасвирга олиш жараёни яхши борарди. Тасвирчи ҳам, гримчи ҳам, овоз муҳандиси ҳам режиссёримнинг ўзи эди. Мен муаллиф бўлсам, маъмурлик, муҳаррирлик, продюсерлик деган вазифаларни қўлдан келгунча бажариб турибман. Бир маҳал десангиз, камера қаровсиз қолиб, штативдан қулаб тушди. Аллақаери шикастланди. Тожибой ака нари-бери созлади-да, ишни давом эттирди. Лекин энди актёрлар овози тасмага тушиб-тушмай қолаётгани маълум бўлди. Барибир ишни тўхтатмадик. Эҳтиётдан овозларни қўшимча равишда ёзиб бордик.
Тасвирга олиш кейин дала ўртасида, айнан шотутнинг тагида давом этди. Бу ерда синфдошлар ўтириши авж пардага кўтарилиб, муштлашув келиб чиқади. Муштлашув эса “даҳанаки жанг”га айланиб, тўртовлон бир-бирларининг юзларидаги пардани олиб ташлашади. Муштлашув тугаб, энди ади-бади бошланганда, қоронғулик тушиб улгурди. Айни чоқда камера батареяси қуввати ҳам тугади. Бош қотди. Иш ниҳоясига етай деб қолганди-я. Эртага давом эттиришдан бошқа илож йўқ. Лекин эртаси кечқурун яна шу маҳалларда – шом пайтида тасвирга олишни бошлашимиз мумкин. Актёрларимиз эса театрда – спектаклда банд бўлишаркан. Бошимиз ғовлаб шийпонга қайтдик. Йўл-йўлакай Тожибой ака негадир тез-тез юриб, олдинлаб кетди-да, шийпон олдида бизни ғайратланиб кутиб олди. “Ҳа, нима гап?” “Съемкани давом эттирамиз”, “Қандай қилиб?” “Қандай бўларди, шийпон чироқларини ўчирамиз, камерани бўлса токка улаб, олаверамиз”, “Шотут-чи?” дедим топағонлик қилиб. “Мана шотут, – деди шийпон ёнидаги теракни кўрсатиб, – қоронғида бу шотутнинг танасими, теракникими – ким билиб ўтирибди!” “Қойил, – дедим ичимда унга яна бир карра тан бериб. – Барибир. режиссёр, режиссёр-да!”
Шундай қилиб “даҳанаки жанг” саҳнасини – кульминацияни шийпон ёнида худди дала ўртасидагидек қилиб суратга олиб тугатдик. Тун яримдан оғиб кетди. Сентябрь яримлаб, кечалари салқин тушиб қолган эди, жунжика бошладик. Қолаверса уззукун давом этган “ижодий иш”дан анчагина чарчаганимиз сезила бошлади. Ҳар тугул тугатдик-ку, энди дам олармиз… Қаёқда. Тамадди охирламай, Тоживой ака тайёрлана бошлади. “Ҳа?” “Ёнғинни оламиз”. Дарвоқе, шотут ўтган йил қиш фаслида қишлоқ тирмизаклари томонидан ёндириб юборилган, мен уни сценарийга киритган эдим. “Хўп, қандай оламиз, бечора шотутни қолган қисмини ҳам ёндирамизми?” дедим ҳайрон бўлиб. “Қўрқманг, бошқасини ёқамиз”, деди у хотиржамлик билан.
Бир елим идишда бензин олиб, сой ёқалаб юрдик. Кўп ўтмай қаршимиздан қуриган тол чиқди. Режиссёр, барибир режиссёр-да, кундузи мўлжаллаб қўйган экан. Тан бермай иложим қолмади яна бир марта. Ёнғин саҳнасини олиб бўлиб шийпонга қайтаётсак, актёрларимиздан бири Бахтиёрми, Баҳромми эсимда йўқ, олов инсонни поклайди, тўғрими, деб қолди. Масалан, гуноҳкор банда дўзах оловида куя-куя поклангач, жаннатга чиқади. Таклифим: синфдошлар гулхан атрофида тонггача ўтириб чиқишсин, айбларини оловга ташлаб, покланишсин, деди. Иш яна давом этди, сой бўйида гулхан ёқиб, тўрт оғайни дардларини оловга унсиз тўкиб ўтиришди. Биз тасвирга олдик. Тонгда, биз уйқуда эканлигимизда, Тоживой ака Баҳром (академик)ни уйғотиб, яна дала ўртасига олиб бориб, шотут олдида тасвирга туширибди. Кейин қишлоққа (покланиб) кириб боришини ҳам…
Хуллас, режиссёр режиссёр экан-да – тан бердим! Бунақа тан беришлар кейин ҳам, телевидениедаги монтаж пайтларида кўп бўлди. Шулардан бирини айтсам: ҳали қўшни колхоздаги шотут атрофида сувчи йигит ва хотини саҳнаси шом ёруғида бошланиб, қоронғу хуфтонда тугаган эди. Монтажда эса тескари кўриниш олибди: сувчи йигит тун бўйи далада ғўзаларни суғоради ва тонг ғира-ширасида хотини ва ўғилчаси уни йўқлаб далага егулик олиб келишади. “Э, қойил, – деб юбордим бу сафар очиқ-ошкора тарзда тан олиб. – Радун устозингиз сизни назарда тутиб айтган экан-да, режиссёр бўлиб туғилиш керак, деб. Сизга йўргакда теккан эккан аслида”, дедим кулиб.
Ниҳоят фильм тайёр бўлди. Раҳбарият кўригидан яхши ўтди, бироқ техник жиҳатдан муаммолар чиққани (ВХС камерада олингани) сабаб, тунги эфирга рухсат берилди. Кейин эса роса ўн беш марта кундузги дастурларда намойиш этилди. Аммо кечки, ҳамма кўриши мумкин бўлган пайтларда кўриниш бериш эса бизнинг “қўлбола” фильмимизга насиб қилмади. Хуллас, “Дала ўртасидаги дарахт” фильми ана шунақа ҳангомалар билан дунёга келган эди.
Ижодкор – ёзувчи бўладими ё рассомми, бастакор ё драматургми – яратган асарлари орқали ўз қиёфасини намоён этади. Асар – ижодкорнинг ўзлиги, сурати ва сийратидир. Шу маънода режиссёр шахсияти ҳам у танлаган ва томошабинларга тақдим этган асарларида, уларда кўтарилган мавзу моҳиятида кўринади. Саҳна асари гарчи жамоавий меҳнат маҳсули бўлса-да, барибир унда Режиссёрнинг диди, савияси, дунёқараши, томошабинларга юқтирмоқчи бўлган дарди спектаклнинг туб моҳиятида балқиб туради.
Ҳамон ёдида: Санъат институтининг режиссёрлик курсига 400 абитуриентдан бор – йўғи ўн киши қабул қилинган эди. Шулардан атиги 4 киши институтни тугаллади. Бугунги кунда эса икки киши – у ва кинорежиссёр дўсти Собир Назармуҳамедов ўз танлаган соҳасида хизмат қиляпти.
Тожибой Исроилов шулар ҳақида ўйлар экан, яна беихтиёр устозининг “режиссёр бўлиб туғилиш керак!” деган таъкиди ёдига тушади. Ва шундай пайтларда: “демак, марҳум Иосиф Радун туғма истеъдод ҳақида эмас, балки бу касб машаққатига киши ўзини аввал бошданоқ чоғлаш, меҳнат жараёнида ўзини кашф этиш, қайта туғилиш кераклиги ҳақида огоҳлантирган экан, деган якуний хулосага келади.
Илова ўрнида икки жумла: айни ижодий балоғат ёшида нафақага кузатишгани учун у телевидение раҳбарларидан ранжиб ўтирмади. Тўғри қабул қилди. Ёшларга ўрин бериш керак, улар ҳам ишласин, ўргансин, деди. Ва яна жонажон театр соҳасига қайтди. Гоҳ Самарқанд, гоҳ Андижон, Қўқон ё Ўш театрлари жамоалари билан қатор спектакллар саҳналаштирди. Ҳамма ерда уни қучоқ очиб қарши олишди, ҳамкорликда ишлашни таклиф этишди. 2019 йил аввалидан бошлаб эса Тожибой Исроилов Республика Сатира театри бош режиссёри сифатида хизмат қилиб келмоқда…
Kuni-kecha taniqli yozuvchi Orziqul Ergashning «Qalb gavhari» nomli nashrdan chiqdi. Kitobga muallifning O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir, atoqli olimlar G’aybulla as-Salom, Jo’ra Musayev, Ubaydulla Uvatov, Komilxon Kattayev, O’zbekiston Qahramoni, mashhur ko’z shifokori Xolidbek Komilov, O’zbekiston xalq artistlari Qodir Maxsumov, Tavakkal Qodirov, teatr va televideniye rejissyorlari Mahkam Mahamedov, Tojiboy Isroilov, mashhur shoir, olim, tarjimon Sadriddin Salim Buxoriy, taniqli shoirlar Jamol Sirojiddin, Abdusalom Ibrohimov, Chorsham’ Ro’ziyev, chustlik mashhur bog’bon Dagarboy Soatovlarga bag’ishlangan badialari kiritilgan.
Bugungi sahifamizda yangi kitobdan o’rin olgan ayrim badia va esselarni taqdim etamiz.
Orziqul ERGASH
«QALB GAVHARI» KITOBIDAN
Imon qalb gavharidur.
Xoja Bahovuddin Naqshband
Illat izlaganga illatdir dunyo,
G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo.
Kim neni izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga Hikmatdir dunyo!
Sadriddin Salim Buxoriy
NAJOT FARISHTASI yoxud
Ardoqli Xalq shoiri ko’rguliklarining mingdan biri
va uning joniga ora kirgan muslimaning mardona jasorati tafsiloti
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Men uchun yig’lasin, men yig’lab bo’ldim.
Hamshira Yorqinoy opaga ma’qul tushib qoldi. Ko’hlikkina, juda jonso’z, kuydi-pishdi juvon ekan: xuddi o’z onasini suygandek Yorqinoy opa atrofida aylanib-o’rgiladi…
Opa ertalab qo’l-oyog’i qaqshab, tanasi og’irlashib uyg’ongan, shundan ko’ngli xira tortib turgan edi. Hamshiraning qo’li yengil ekanmi, o’zida darhol o’zgarish sezdi. Dili yorishib, hamshiraga minnatdor tikildi. Uni qayerdadir ko’rganday bo’ldi. Eslolmadi… Hamshiraning o’zi gap ochib qoldi.
– Bir narsa so’rasam maylimi, opa?
– So’rang, qizim, bemalol.
– Bilmadim, menga shunaqa tuyuldimi, ilgari ham uyingizga kelgandayman…
– Men ham halitdan beri o’ylayman: bu qizimni qaydadir ko’rgandayman, deb… Balki mana shunaqa xizmat bilan kelgandirsiz-da…
– Yo’-o’q… Men juda yoshligimda kelgandayman. Taxminan qirq yillar avval, yetti yoshimda…
Sanobar horib-tolmaydigan g’ayratli juvon edi. Otasini tanib-tanimay yetim qolgan yolg’izgina qizining g’amida o’zini o’tga, cho’qqa uradi, tinim bilmaydi. U zavod oshxonasida xizmat qilar, kun bo’yi uch mahal ovqat tayyorlashi, uni issiq o’choq yonida tik turib ishchilarga tarqatishi, yana kunora tungi navbatchilikda ham turishi kerak…
Kech soat o’n birga qadar go’sht maydalab, kartoshka-piyoz archib, qozonga solishga tayyorlab qo’ydi. Endi bir mizg’ib oladi-da, tong azondan ovqatga unnaydi. Yotishdan oldin negadir bir zum ko’chaga, toza havoga chiqqisi keldi…
Shahar tun qo’ynida: chiroqli derazalar siyraklashgan, ko’chalar kimsasiz, jim-jit… Shu choq yuz ellik qadamcha naridagi bekatda turgan uch-to’rt qorani ko’zi ilg’adi. “Tramvay kutishayotgandir-da”, o’yladi juvon. Osmonga tikildi. Yilt etgan yulduz ko’rinmadi. “Yog’adi shekilli”. Qo’shni xonadonda qoldirib kelgan qizchasiga xayoli chalg’idi. “Egniga issiqroq narsayam oberolmadim hali…”
Bekat tarafdan qattiq-qattiq ovozlar eshitilib, ayolning diqqati bo’lindi. Razm solib qarab, ahvolni tushundi-da, hovliqib ortiga yugurdi. Yo’lakdagi o’rinda g’ujanak bo’lib yotgan qorovul cholni turtib uyg’otdi.
– Ota, ko’chada birovni tunashyapti. Miltiqni olib chiqing.
Chol ko’ziniyam ochmadi.
– Bor, joyingga kirib yot, ishing bo’lmasin, – deb g’udrandi. Keyin qo’shib qo’ydi: – Jonim o’zimga kerak.
Shu payt juvon cholning ko’krak cho’ntagidan chiqib turgan hushtak ipiga ko’zi tushdi-da, uni yulqib olib, ko’chaga otildi. Ko’chada baqir-chaqirlar kuchaygan, ola-tasir mushtlashuv boshlangan edi. Birovning “yordam bering!” degan nolasini eshitdi-da ko’zini chippa yumib, churillatib hushtakni chaldi. Bor kuchini yig’ib chalaverdi, chalaverdi. Qarasa, yo’lto’sarlar tapir-tupur qochib borishyapti. Dadillanib bekat tomon yugurdi. Yetib borsa, tramvay izi yonida uzun bo’yli bir kishi cho’zilib yotar, yuz-boshi qonga bo’yalgan edi. Shoshib turtkiladi, jon asari yo’q. Atrofga alanglab, telefon budkasini ko’rdi. O’sha yoqqa yugurdi.
“O’shanda o’zimning jonim ko’zimga ko’rinmabdi, anovilar qaytib keladiyam deb o’ylamabman”, deya xotirlaydi keyinchalik juvon.
Ko’p o’tmay “tez yordam” yetib keladi. Labzak tarafdan esa ikki bezorini oldilariga solib kelayotgan yigitlar ko’rinadi. Bu yigitlar mashg’ulotdan qaytishayotgan militsiya maktabi talabalari bo’lib, hushtak ovozini eshitib yordamga shoshilishgan va sho’ri qisgan bezorilarning ro’parasidan chiqib qolishgan ekan…
Sanobar eshikda qorovul cholga ro’para keldi. Chol darhol chetlanib, yo’l berdi. Miltig’ini quchoqlab, junjikib turaverdi. Boshini ko’tarib qarayolmadi. Faqat u yonidan o’tib, zinadan ko’tarilayotganida: “Baraka top, qizim, jannati ekansan”, dedi eshitilar-eshitilmas qilib…
Vaqt yarim tundan o’tgan, lekin domladan darak yo’q. To’g’ri, ishdan keyin Bahrom Inoyatov degan bastakor do’stinikiga o’tmoqchi edi. Kechroq kelsam kerak, degandi. Lekin bu mahalga qadar qolib ketadigan odati yo’q edi. Ishqilib tinchlikmikan?!
Harchand urinmasin, Yorqinoy noxush xayollar o’rovidan qutulolmasdi. Oxiri toliqdi-da, ko’zi ilindi. Shu orada tush ko’rdi: onasi Bibisahro jahlga mingan, hadeb uni koyib yotganmish. “Buncha g’aflatdasan?!” dermish. Cho’chib ko’zini ochdi. Eshik tiqilladi. Sapchib o’rnidan turdi. Lekin shu zahoti oyog’idan quvvat ketib, joyiga behol o’tirdi. Yo’q, u kishiga o’xshamaydi. Taqillatishi bejo.
Derazadan qaradi. Qizi Dorojon bilan o’g’li Mirjalol xonalaridan chopib chiqishdi.
Tashqaridan kelgan ovozni tanimadi chamasi, hadeganda eshikni ochishmadi. Bir mahal Dorojon eshik tirqishidan mo’raladi-da: “Voy, aya!” deganicha onasi yotgan xona tomonga chopdi. Yorqinoy jon holatda derazani ochib, qiziga ro’para bo’ldi.
– Aya, aya, adamning boshlari bog’langan, begona odamlar ham bor.
– Voy, o’lay! – Yorqinoy qayoqdan kuch paydo qildi, bilmaydi, eshikka yugurdi…
Eshikda rangi quv o’chgan, boshi tang’ilgan Mirtemir (ha, shunday, o’zimizning o’sha benazir shoirimiz!) behol turar, yonida ikki oq xalatli va bir melisa bor edi. Mirtemir Yorqinoyni, uning ortidan jovdirashib turgan bolalarini ko’rdi-da, jilmayishga urindi.
– Hech gap yo’q, qo’rqmanglar, – dedi-da, ostonadan dadil hatladi. So’ng ortiga qarab. – Qani mehmonlar, ichkariga kiringlar. Sizlarni ham tashvishga qo’ydim, – dedi jilmayib. – Dorojon qizim, choy qo’yib yubor. Onasi, ovqatni keltir… Keyin, keyin gaplashamiz. Hammasi yaxshi.
– Ertasi kuni istar-istamas gapirib berdilar, – dedi Yorqinoy opa be-rilib tinglayotgan hamshiraga o’ychan ko’z tikkancha. – O’sha bastakor do’stlarinikidan chiqib, tramvay bekatiga kelib turgan ekanlar. Soat o’n birlar ekan. Uchta notanish kishi oldilariga kelib papiros so’rabdi, beribdilar. Keyin pul so’rashibdi. Pulim yo’q, debdilar. Uchovlashib cho’ntaklarini kovlab, bor-yo’q pullarni qoqib olishibdi. Nega aldading, puling bor ekan-ku, deb har yoqdan turtkilashibdi. Oxiri janjal chiqib, mushtlashib ketishibdi. Bitta barzangisi qo’liga suyakdan yasalgan bir narsa taqib olgan ekan, shu bilan domlaning chakkasiga uribdi. Domla jon achchig’ida baqirib yuboribdilar. Boshqasini eslolmaydilar. Ko’zlarini ochsalar do’xtirxonada yotgan ekanlar. Keyin darhol o’zlarini tetiklikka olib, meni tezroq uyimga jo’natinglar, deb turib olibdilar. Uyimdagilar xavotirlanib, qo’rqib o’tirishmasin, deganlar-da… shu qadarlik oilaparvar, bolaparvar edilar domla rahmatli…
Bir necha kungacha o’zlariga kelolmay yurdilar, ko’p qon yo’qotgan ekanlar. Do’xtirlar uyga qatnab muolaja qilishdi. Domla xiyol o’zlariga kelgach, bir kuni qayoqqadir ketib, uyga hayajonda qaytdilar.
– Bilasanmi, ayasi, jonimga kim ora kirgan ekan, oddiygina oshpaz ayol… Qoyil qoldim. Erkakning ishini qipti, omon bo’lgur.
Ko’p o’tmay qandaydir ma’raka qildik. Haytovur domlaning omon qolganliklari shukriga xudoyi qilgandik, chamasi. Shunga domla o’sha juvonni ham ayttirib keldilar. Ismi Sanobarxon edi. Ko’hlikkina… Ha, esladim, xuddi sizga o’xshab ketadigan yaxshigina juvon edilar… umrimda birinchi marta ko’rib turibmanu, ko’zimga shunday issiq chalinadiki, o’z singlimdek bag’rimga bosdim. U sho’rlik bo’lsa xijolat tortadi. “Voy, men nima qipman, opajon, boshqa odam bo’lganda ham shunday qilardi-ku”, deydi. Mehmondorchilik tugab, uyiga ketayaptiyu, qo’liga sovg’a-salom tutamiz, qaniki olsa. Bunaqa uyatchan, kamsuqum ayolni kam ko’rganman… Domla Sanobarxonga, siz najot farishtasi bo’ldingiz men uchun, endi qiyomatlik aka-singil bo’p qolamiz, tez-tez kelib turing, deb qayta-qayta tayinlagandilar. Lekin, iymandi chamasi, juvon boshqa kelmadi… O’shanda qizchasi yonida edi. Jajjigina, sochlari jamalak, tiyrakkina qizaloq edi. Demak, o’sha siz bo’lgansiz-da. Uni qarang, qizim “Tog’ tog’ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi”, deganlari rost-da! Aytmoqchi, otingizni so’ramabman ham…
– Otim Rahima, ayajon. Menam yaxshi eslayman bularning hammasini. O’shanda mehmonlar mana shu xonada o’tirishgandi-a. Men kirmagandim. Dahlizlaringga baqamti xonada bezalgan archa bor edi. Bundan chiqdi, yangi yildan oldin yoki keyin ekan. Ayamdan ajrab, o’sha uychaga kirib olgandim. Yosh bolalar ko’p edi, birga o’ynadik… Bu yerga kelayotib oyim rosa qulog’imni pishitgan edilar-da, katta bir odamning uyiga boryapmiz, mehmon ko’p bo’ladi, deb. Hadeb dasturxonta uzanma. Iloji bo’lsa, hovlidami, boshqa xonadami, o’tiratur, degandilar. Uyga qaytishimizda esa rosa xursand bo’lib, nuqul sizlarni maqtab borgandilar. “Juda yaxshi odamlar ekan. Sira kattalikni bilishmas ekan, odamning joni ekan” deb… Oyim rahmatli ko’p yillar o’sha kunni eslab yurdilar. Keyinchalik televizorlar chiqdi. Mirtemir domla oynai jahonda ko’rinib qolsalar, oyim darhol meni chaqirardilar. “Ana, Rahima, shoir bobong. Voy tavba, shunday ulug’ odamgayam qo’l ko’tarishgandi-ya”, deb bosh chayqab o’tirardilar… Aytmoqchi, ayajon, bezorilar nima bo’lgan, qamalganmidi.
– O’shanda birinchi kun ikkitasini tutib olishgan ekan. Keyin uchinchisini ham qidirib topishibdi. Uchalovi ham zavod ishchilari ekan… Bir kuni uyimizga ikkita o’ris xotin kirib keldi. Yig’lab-siqtashdi. Birovi o’sha domlani urgan barzangining xotini, birovi singlisi ekan. “Gunohidan o’ting. Uchta bolasi bor, yetim qolmasin”, deyishdi. Domla ularga qattiq gapirmadilar. “Agar, endi bezorilik qilmayman, odamlarga zararim tegmaydi, deb so’z berishsa, ularga hech qanday da’voim bo’lmaydi”, dedilar. Sudda ham shu gaplarini aytibdilar. Lekin sud baribir uni qamabdi. Sheriklariga esa yengilroq jazo beribdi…
Ha, domla ana shunaqa bag’ri keng odam edilar. Ilojini topsalar, yaxshilarni boshlariga ko’tarar edilar, lekin yomonga yomonlik qilishni ham o’zlariga ep bilmasdilar…
ShARAF GAVHARI
Olim agar o’z yo’lida qat’iy tursa, ilmiga munosib ish tutsa, dunyoning nomatlub havaslariga ko’ngil bermasa, bunday zotni sharaf gavharining koni deb bil. Gavhar desang ham, kon desang ham – nima desang o’shanga tegishlidir.
Ilk tanishuv
– U kishini ko’rsangiz, akademik demaysiz, – deya kula-kula davom etdi Saydi aka. – Kamtardan kamtar, oddiydan oddiy, kiyinishiyam, o’zini tutishiyam. Rahmatli G’aybulla aka (professor G’aybulla Salomov) u kishini qattiq hurmat qilardi. Ikkovi yaqin do’st edi. Endi qarang, ikkisiyam katta olim, o’z sohasining piri, lekin ikkoviyam xokisor, dali-g’uli, sipolikni bilmaydigan, ilmga qattiq berilgan odamlar. Yana qizig’i, ikkovigayam jussadan bergan, (kulib) miqtigina, ozg’ingina. “Bizning xamirimizni qorishayotganda un taqchil ekanmi, yo xamirturush yetmay qolganmi, bizdan non emas, kulcha yasashgan ekan-da”, deb hazillashardi G’aybulla aka…
Shunday qilib, Saydi akaning (O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli adib va publitsist Saydi Umirov) dav’ati bilan akademik Jo’ra Azimboyevich Musayev huzuriga, Milliy universitetga yo’l oldik. Ungacha men bu olim xususida tegishli manbalarni qarab chiqqan va hazilakam bir olimmas, O’zbekistonda g’o’za genetikasi bo’yicha maktab yaratgan, ilmiy izlanishlari xalqaro miqyosda e’tirof etilgan allomaga ro’para bo’lishimni fahmlab yetgan edim. Mendagi mas’uliyat ham, hayajon ham shunga yarasha edi. Boz ustiga telefonda to’qqiz yarimda uchrashishga kelishib qo’yganmanu, lekin kamerada muammo chiqib, uni boshqasiga almashtirishga vaqtni ketkazib, to’qqiz yarimda arang televideniyedan chiqqanmiz. Yo’limiz unmaydi. Ko’chalar tirband, aksiga olib, dam badam qizil chiroqqa duch kelamiz. Xullas, talabalar shaharchasiga kirib borganimizda soat o’nni qoralab qolgandi. Birovni kuttirib qo’yishdan yomoni yo’q. O’zimni koyiyman, nega to’qqiz yarim dedim, o’nlarda yetib borarmiz, desam ham bo’lardi-ku, deyman…
Nihoyat manzilga yetdik. Biqinida TVR yozuvli “Damas”imiz Biologiya fakulьteti binosiga yaqinlab to’xtadi. Aytmoqchi, o’sha kezlar avji bahor, dov-daraxt qiyg’os gulga kirgan edi. Va men… binoga kiraverish yo’lagi chetida qator saf tortgan oppoq o’rik daraxtlari tagida, o’rik gullariga mahliyo bo’lgancha termulib turgan beretkali, jimitdaygina kishini ko’rdim… Ana o’zlari, dedim xijolatdan isitmam chiqib ketib. Yo’g’e. dedi rejissyorim (rahmatli) Xayrulla Husanov ishonqiramay. Shu kishi-ya?! Ha, dedim mashinadan bir ahvolda tushayotib, domlani o’zi kutib olgani chiqibdi…
– Domla, assalom alaykum, – dedim u tomon yurarkanman, birinchi marta ko’rib turgan bo’lsam-da, ishonch bilan.
– Va alaykum assalom, – dedi domla ham ilgaridan ko’rishib yurgan kishiday ismimni aytib. Bag’irlashdik. Uzr so’rashimga ham imkon bermay, sheriklarim bilan ham tezgina ko’rishdi-da, o’riklar tomonga ishora qilib, kulimsiradi. – Go’zallikni qarang. Endi bunday mo»jizani yaratgan zotning O’zi qanchalar go’zal bo’lishini tasavvur qilib ko’ring. Yetmish yil uning ismini tabiat deb keldik. Lekin tabiatni o’zini kim yaratgan deyishga yurak qilolmabmiz-a, qarang.
Kamera bilanmas, siz bilan suhbatlashsam…
Dastavval tasvirlar oldik. Auditoriyada, labaratoriyada, shogirdlar bilan o’tkazilayotgan yig’inda… O’zimizda, dunyoning qay bir hududida qanday paxta navlari bo’lsa, hammasi jamlangan kollektsiyani tasvirga tushirdik. Keyin ana shu jamlanma fonida o’tirib, suhbatni boshladik. Suhbatimiz avval kelishib qo’yganimizdek, ilm kishisining shaxsiyati, ustoz-shogirdlik an’anasi, odob, axloq, sadoqat, mehr-oqibat… kabi insoniy fazilatlar xususida borishi kerak edi.
Radioda o’n besh yilcha, televideniyeda mana o’n yildan beri ishlab kelayotgan muxbir sifatida soha hadisini bir muncha olganman shekilli, qahramonimni kamera ro’parasida yolg’iz qoldirmayman. Chunki, siz bilan bemalol, emin-erkin gaplashib, ajoyib-g’aroyib voqealardan gurung berib turgan odam, shunday kamera chirog’i yoqilib, boshladik, deyishingiz bilan yo chaynalib qoladi, yo bo’lmasam birdan jiddiy qiyofaga kirib, o’ta rasmiy, kitobiy tilda so’zlashga o’tib ketadi. Bu holat ayniqsa badiiy-ma’rifiy yo’nalishdagi ko’rsatuvlar ruhiyatiga mos tushmaydi. Shu bois, har safar qahramonimni hazil aralash ogohlantirib qo’yaman, sizning suhbatdoshingiz menman, kamera emas, uni unutasiz, men bilan gaplashasiz, deyman. Jo’ra aka bilan esa… ishonasizmi, u xuddi til uchimda turgan gapni ilib olgandek, endi gap bunday, dedi, agar iloji bo’lsa, kamera bilanmas, siz bilan gaplashsam, nima deysiz. E, men nimayam derdim, domla, deya kulib yubordim, bu ayni muddao-ku!
Qulog’imda qolgan gaplar…
– Xo’p, domla, bo’lmasa gapni ibtidodan boshlasak, bolalik inson umrining ibtidosi, deyishadi.
– Tushundim… Bolaligim Yangiyo’lda o’tdi. Shu yerda yetti yillik to’liqsiz o’rta maktabni bitirib, keyin Toshkent pedbilim yurtiga o’qishga kirdim.
– Domla, uzr, siz Turkistonda tug’ilgansiz, Suzoq qishlog’ida…
– Ha, shunday. Ochig’ini aytsam, sababini bilmayman. Ota-onamdan esa so’rashga ulgurmaganman. Endi… alg’ov-dalg’ov zamonlar. Har holda jiddiy sabab bo’lganki bu yoqqa ko’chishgan, kim ham bekordan bekorga issiq joyini sovutadi… Otamni Azimboy aka, onamni Azizabonu deyishgan. Esimni tanib, otamni konserva zavodi ishchisi sifatida ko’rganman. Onam uy bekasi edilar, tikuvchilik qilardilar. Ikkovlari ham bir tilda bizlarga, biz o’qimadik, sizlar o’qinglar, odam bo’linglar, deganlari qulog’imda qolgan. Onam yettinchi sinfdaligimda, otam universitetning birinchi kursida o’qiyotganimda vafot etishdi. Ukam va singlimni Olmazorda yashaydigan amakimnikida qoldirib, o’qidim. Stipendiya 28 so’m edi. Ustozim Polvon Boboyevich tavsiyasi bilan Stalin stipendiati bo’lgan edim, 50 so’m olardim. Ana shu puldan tejab, ukam va singlimga yegulik, kiygulik olib borardim. O’qishdan bo’sh vaqtlarimda gugurt fabrikasida ishlab, uch-to’rt so’m topardim. Keyinchalik ularni ham Toshkentga olib keldim. Ukamni paxtachilik texnikumiga qo’ydim. Keyin universitetning geologiya fakulьtetiga o’qishga kirdi. Ibrohim Hamroboyev rahbarligida fan nomzodi bo’ldi. Men ustoz deganda, eng avval Polvon Boboyevich Azizov, Illariya Alekseyevna Raykovalarni ko’z oldimga keltiraman.
Ustoz-shogirdlik samarasi
Suhbatimiz yo’nalishi o’z-o’zidan ustoz-shogirdlik masalasiga ko’chdi. Fursatdan foydalanib luqma tashladim.
– Domla, hazrat Navoiyda shunday satrlar bor: “Agar shogird shayxulislom, agar qozidur, agar ustoz rozi – Tangri rozidur”, deganlar. Demak, ustoz-shogirdlik, bu qadim ota-bobolarimiz zamonlaridan o’tib kelayotgan an’ana…
– Albatta-da. Ustoz-shogirdlik tushunchasi biz uchun eng yuksak milliy qadriyatdir. Asrlar davomida buning o’ziga yarasha qat’iy tartib-qoidalari shakllangan. Ustoz qanday bo’lishi kerak, shogirdlik vazifasi, burchi nimadan iborat. Qarang, agar ustoz rozi bo’lsa, Tangri rozidir, deyaptilar Navoiy bobomiz. Shubhasiz, bu aqidaga birinchi navbatda o’zlari amal qilganlar. Ustozlari Lutfiyga, Jomiyga, Sayid Hasan Ardasherga, Xoja Ahror Valiyga bo’lgan ehtiromlarini yaxshi bilasiz. Samarqand musofirchiligida Fazlulloh Abullays hazratlari ko’rsatgan otalarcha mehribonchilikni bir umr unutmaganlar. Keyinchalik Hirotga kelgan allomaning farzandlarini o’z himoyalariga olib, ularni tarbiyalab voyaga yetkazganlar.
Bunaqa misollarni ko’plab aytish mumkin. Qozizoda Rumiy va Mirzo Ulug’bekni olaylik. Qozizoda Rumiy ilm istab Rumdan, hozirgi Turkiyaning Bursa viloyatidan Samarqandga keladi. Bu yerdagi allomalardan saboq oladi. Keyinchalik shahzoda Ulug’bekka ustozlik qiladi, falakiyot va matematika fanlaridan bilim beradi. Mirzo Ulug’bek taxtga o’tirgach, ustozining ko’rsatmalari bilan ilm-fan rivojiga katta e’tibor qaratadi. Madrasa qurdiradi. 1420 yili qurib bitkazilgan madrasaga Ustozini bosh mudarris qilib tayinlaydi. Shundan so’ng, ustoz-shogird hamkorligida rasadxona qurildi, “Ziji Kuragoniy” yozildi. Samarqand falakiyot va matematika akademiyasi yaratildi. O’z navbatida, Mirzo Ulug’bekning o’zi ham Ali Qushchi kabi zabardast shogirdlar tayyorladi. Mirzo Ulug’bek vafot etgach, Ali Qushchi Turkiyaga ketib, uning ishlarini davom ettirdi. Turkiya ilm-fanida katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Ali Qushchidan keyin esa uning nabirasi Miram Chalabiy bobosi Ali Qushchi va uning salaflari Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug’bek boshlagan ishlarni takomiliga yetkazdi. Ana shu nabira shogirdning xizmatlari tufayli Samarqand akademiyasi erishgan yutuqlar geografiyasi kengayib, Ovro’poga o’tdi. Undan butun dunyoga yoyildi. Ko’rdingizmi, ustoz-shogirdlik shartlariga sadoqat, unga qat’iy amal qilish qanday samaralar beradi. Demak, ustoz-shogirdlik an’anasi, bu – xususiymas, ayrim shaxslar o’rtasidagi munosabatlardan iborat emas, balki ijtimoiy hodisadir.
Ustoz emas, otamday edi
– Domla, hali Polvon Boboyevichning ismlarini tilga olib o’tdingiz…
– Polvon Boboyevich… Samarqanddan, ellik yil davomida universitetga prorektor bo’ldilar. U kishi menga ustoz emas, otamday edi. Bitta voqeani aytib beraman. Qishda domlamiz bilan Moskvaga o’qishga bordik. Assistentman. Oddiy student paltosidaman. Sovuq. Bir kun ertalab aytdilarki, Jo’ravoy bir yerga boramiz dedilar. To’g’ri Bolьshoy teatr oldidagi SUMga bordik. Ikkinchi qavatga, paltolar bo’limiga ko’tarildik. Bir paltoni ko’rsatib, shuni kiyib ko’ringchi, dedilar. Yo’g’e, domla, paltom bor-ku, dedim. Pulini men beraman, topganingizda berasiz, dedilar… Shu domla olib bergan paltoni, qirq besh yil bo’ldi, saqlab qo’yganman…
Domlamning oilalaridan har doim xabar olib turaman. Ramazon bayramlari, hayit kunlarida. Bilasiz, biologiya fakulьtetimiz Polvon Boboyevich Azizov nomi qo’yilgan. U kishi akademik bo’lmaganlar, lekin menga o’xshagan o’nlab akademiklarni tayyorlagan odam…
Narvonni olib ketmasin…
– Domla, bir maqolangizda o’qidim. Olimning jamiyatda tutgan o’rni haqida shunday bir obrazli o’xshatishni keltiribsiz. “Olim fan qasri tepasiga chiqib olgach, narvonni o’zi bilan olib ketmasin. Ortidan kelayotgan shogirdlariga ham yo’l bersinki, ular ham fan cho’qqilarini egallashsin. Shogird ustozidan ilgarilab ketmas ekan – fanda rivojlanish bo’lmaydi”, debsiz.
– Endi men sizga aytsam, olimning olimligi nafaqat o’z ixtirolarida, ayni paytda o’zidan ham kuchliroq shogirdlar tayyorlashida ko’rinadi. Aks holda fan rivojlanmaydi. Shogird ustozi yetib kelgan nuqtadan yana oldinlab ketsagina ilm-fanda o’sish bo’ladi. Keyin, talabasiga faqat dars jarayonida ta’lim, tarbiya bergan, darsdan tashqaridagi hayotidan bexabar, unga qiziqmaydigan kishiga Ustoz atamasini qo’llash ham unchalik to’g’ri emas. O’quvchisini, shogirdini o’z farzandiday ko’rib, uni yurakdan tushunib, kerak bo’lganida shaxsiy hayotiga ham aralashib, unga yordam beradigan, suyaydigan insonlarnigina haqiqiy ustoz deb bilaman. Bundan boshqasini tan olmayman. Chunki men ko’rgan ustozlar ana shunaqa zotlar edi. Mustaqillik yillarida maktab, kollejlarimizda muallimlarga “ustoz” deb murojaat qilish urfga kirdi. Bu – yaxshilik alomati. Zero, tilda qayta-qayta takrorlangan kalom vaqti kelib, qalbga muhrlanadi. Qalbdan joy olgan so’z insonning e’tiqodiga aylanadi.
Musayevdan o’zib ketgan shogirdlar
– Ustozim akademik emas edilar, lekin menga o’xshagan o’nlab akademiklarni tayyorlagan edilar, dedingiz. Bu borada sizda qanday, shogirdlaringiz…
– Mendan ko’p so’rashadi: sizdan o’zib ketgan shogirdlaringiz bormi, deb. Bor va men ular bilan faxrlanaman, deyman. Alisher To’rayev – Avstriyada – Vena universiteti professori. Avstriya nomidan Yaponiyaga, Amerikaga borib ma’ruzalar o’qiydi. Har yili yozda kelib mendan xabar olib turadi. Ulug’bek degan shogirdim, ingliz tilida kitoblar yozadi. Angliyaning Kembrij universitetida doktorlik stajirovkasini o’tadi. Hozir Chexiyada. Bitta shogirdim Amerikada. Bunaqalar ko’p. Demak, Musayevdan o’tib ketgan shogirdlar bir emas, bir nechta, ular bilan faxrlanaman…
Yaxshilikni bilmagan sassiqpopishak
– Domla, Alisher Navoiy bobomizning haligi satrlari behudaga yozilmagan-da, agar ustoz rozi – Xudo rozidir, deb. Shunday emasmi? Demak, hayotda Ustozini norozi qiladiganlar ham uchrab turarkan-da.
– Afsus, uchrab turadi. Tarixda ham bo’lgan, hozirgi kunimizda ham. Karl Linney degan shved olimi o’tgan. 18 asrda yashagan. Botanika, zoologiya, minearologiya sohasida mashhur olim. Shu odam Sigizbek degan nemis yigitini shogirdlikka oladi. Unga mehr qo’yadi, tarbiyalaydi va yangi bir navni uning nomi bilan ataydi. Lekin Sigizbek, zoti past ekanmi, yurtiga qaytgach, ustozi yaratgan navlarni o’ziniki deb e’lon qiladi, unga malomatlar yog’diradi, tuhmatdan ham qaytmaydi. Hayratga tushgan, dili og’rigan Linney bir konvertga ikki dona urug’ solib, “kukulus ingratus” degan yozuv bilan shogirdiga yuboradi. Sigizbek urug’ni ekib, undirsa, o’zlari yetishtirgan nav. Hayron bo’ladi. Keyin yozuvga e’tibor berib, tarjima qildirsa, kukulus ingratus “Yaxshilikni bilmagan sassiqpopishak” degani ekan… Endi men sizga aytsam, umrim bo’yi genetika, naslshunoslik bilan mashg’ulman. Genda gap ko’p. Masalan, yangi nav yaratish uchun juda ko’p navlarning aslini o’rganishimga to’g’ri keladi. Toza urug’dan toza nav yetishib chiqadi-da. Ozgina adashsangiz, necha yil qilgan mehnatingiz chippakka chiqadi. Odam bolasida ham shunday. Sovet davrida bunday qarashni qoralab kelishdi. Lekin bu bor gap. O’g’il uylantirishda, kelin tanlashda ota-bobolarimiz bunga qattiq amal qilishgan. Abdulla Oripovning bir she’rida “nima bo’lsa asli naslida bo’lgan” degan gap bor-ku. Xudoga shukur qilaman, shogirdlarim hammasi sadoqatli. Haligidaqa beoqibat, sassiqpopishak shogirdlardan O’zi asrasin.
Avval akademiklarimiz chiqishsin.
Bu hangoma Jo’ra aka selektsioner olimlar guruhiga bosh bo’lib Buxoroga borganida bo’lib o’tgan.
O’shanda joylarda tadbirlar o’tkazilgan, ma’ruzalar o’qilgan. Qaytishda, samolyotga chiqishda Jo’ra akani oldinga o’tqazishgan, domla siz boshlang deyishgan. Jo’ra aka boshiga beretka kiygan, kichkinagina odam, endi trapga oyoq qo’yaman desa, norg’ul bir yigit shartta qo’ltig’idan olib, chekkaga tortibdi. “Shoshmay turing, avval mehmonlar, akademiklar chiqib olishsin!” Shu payt yonida turgan mas’ul xodim hushyorlik qilib, qulog’iga nimadir deb shivirlagan ekan, haligi yigit shoshib qolibdi, “E, domla, ming bor uzr, marhamat, xush ko’rdik”, degancha, Jo’ra akani trapga boshlagan ekan…
Shunga o’xshash hangoma buxorolik mashhur shoir Sadriddin Salim Buxoriyning ham boshidan o’tgan. Rahmatli Sadriddin aka ham Jo’ra akaday miqtigina gavdali, kiyinishi, yurish-turishi, serharakatligi ham quyib qo’yganday unga o’xshardi. “So’g’diyona” o’zbek davlat milliy cholg’ular kamer orkestri badiiy rahbari, professor Feruza Abdurahimova u kishi tarjima qilgan Gyotening “G’arbu Sharq devoni” asosida musiqiy kompozitsiya tayyorlaydi-da, taqdimot marosimiga taklif qiladi. Sadriddin aka doimiy ikki hamrohi – adabiyotshunos olim Samadjon Azimov, “Buxoriylar avlodi” firmasi direktori Ulug’bek Abdullayevlar bilan Konservatoriyaga kirib kelishadi. Ularni tomosha zalining birinchi qatoriga o’tqazishadi. Tadbir boshlanishidan xiyol avval tashkilotchi bir ayol zalga kiradi va dastavval buxorolik mehmonlarga ko’zi tushadi. Va shoshib ularning oldiga keladi-da, ”kechirasizlar, bu yer rasmiy mehmonlar joyi, orqaroqda o’tiringlar”, deydi. Sadriddin akalarga o’n beshinchi qatordan joy tegadi. Tadbir boshlanadi. Kompozitsiya katta qiziqish bilan tomosha qilinadi. Qarsaklar, olqishlar bilan bo’linib turadi. Tadbir so’nggida Feruza opa so’zga chiqib, asar mualliflarini sahnaga taklif qilarkan, birinchi bo’lib uning tarjimoni Sadriddin Salim Buxoriy nomini tilga oladi. Shunda bu tantananing asosiy “aybdori” zalning o’rtasida, o’n beshinchi qatorda o’tirgan yeridan turib, odamlarni oralab o’rta yo’lakka chiqadi va sahna tomonga yuradi. Ungacha butun zal oyoqqa qalqib, olqishlab turadi. Haligi tashkilotchi ayol bo’lsa, rang-quti uchgancha iljayib, uni sahna pillapoyasida kutib oladi. Va qo’ltig’idan tutib, mulozamat ko’rsatmoqchi bo’lganida, Sadriddin aka bunga imkon bermay, sahnaga chaqqon chiqib ketadi…
Pifagor haqiqati
– Kamtarlik, xokisorlik… – dedi Jo’ra aka navbatdagi savolimdan so’ng bir zum o’yga tolib. – Filip Chesterfildni bilasiz, angliyalik yozuvchi, shu odam “O’g’limga nasihatlar” kitobida yozadi: Kamsuqum bo’lish kerak, chunki siz ham, biz ham haligidaqa daholardan emasmiz. Asr o’tishi bilan unutilamiz. Hayot qisqa, o’zimizning mayda-chuyda yutuqlarimizni hikoya qilaverish bilan odamlarning me’dasiga tegishdan foyda yo’q. Yaxshisi, boshqalar gapirsin, deydi. Yoki Shams Tabriziyga nisbat beriladigan rivoyatni eslang. Shams Tabriziy bir olimning huzuriga keladi. Olim bepisandlik qilib, uni yarim soatcha kuttirib qo’yadi. Uchrashganlarida Shams Tabriziy savol beradi. Taqsir, Yaratganning ilmini nimaga qiyoslaysiz? Qiyosi yo’q ummonga, deydi olim. Shu ummondan odamizod ilg’agani qanchalik bo’lsa? Bir piyola suvcha bordir. Endi shu bir piyola suvdan siz anglaganingiz qancha chiqar. Hech-cha, bo’lsa kerak. Taqsir, hech-cha bilimga bu qadar takabburga ketish to’g’rimi?! Kamtarlik haqida Pifagor qiziq gap aytadi: “Insonning haqiqiy qimmati uning o’zini o’ziga bergan bahosiga teskari proportsional, jamoatchilik bergan bahoga esa to’g’ri proportsionaldir”. Biz qancha men-men deya ko’krakka uraversak, bahomiz shunchalik tushib ketaverarkan. Atrofdagi odamlar, ustozlar, shogirdlar, hamkasblar baho bersa, bu haqiqiy baho bo’larkan. Men ustozlarim Polvon Azizov, Illariya Raykova, Ibrohim Hamroboyev, do’stim G’aybulla Salomov, endi bular o’zim yaqindan bilgan odamlar-da. Ha, yana bir necha bor Sharof Rashidov qabullarida bo’lganman, shu inson ham o’ta madaniyatli, kamtarin zot edilar. Keyin mashhur ko’z shifokori, professor Muhammadjon Komilov va uning o’g’li, mana yaqinda O’zbekiston Qahramoni bo’ldi, Xolidbek Komilov…bu odamlar haqida o’ylaganimda Pifagorning haligi gaplari beixtiyor yodimga tushadi.
Yon berish yo’q…
– Jo’ra Azimboyevich, Milliy universitetda sal kam oltmish yildan beri xizmat qilib kelasiz. Shu davr mobaynida erishgan natijalaringiz…
– Eng avval erishgan natijamiz – g’o’zaning genetik – irsiy tomondan toza yangi xil kollektsiyasini yaratdik. Bu boy kollektsiya miqdor jihatdan 500 dan ortiq. Sifati jihatdan dunyoda birinchi o’rinda turadi. Amerika ikkinchi o’rinda turadi. Ikkinchi: xromosomalar bo’yicha kollektsiya yaratdik. Bu sohada Amerika birinchi, bizniki ikkinchi o’rinda. Mana shu biz yaratgan kollektsiya-jamlanma O’zbekistonda yangi navlar yaratishga asos bo’lib xizmat qilmoqda. Biz maqtansak bo’ladigan yana bir yutug’imiz shuki, o’zimizda ekiladigan g’o’za hosildorligi yaxshi. Lekin tola sifati bo’yicha hozircha Misr paxtasining sifatiga yetmaydi. Oldimizda turgan katta vazifa: hosildorlikni kamaytirmasdan tolaning sifatini ko’tarishdir. Hozir shu bo’yicha dunyoda ikkita markazda ish olib borilyapti. Birinchisi Amerikada, qishloq xo’jaligi departamenti qoshida markaziy genetik markaz bor. Labaratoriya mudiri Suxumi Saaxa – hind olimi, qirq besh yil davomida ish olib boradi. Ikkinchi markaz – O’zbekistonda, Milliy universitetda. Akademiyaning genetika instituti bilan hamkorlikda shu soha bo’yicha 50 yildan ortiq yopiq ish olib bordik. Misr paxtasining tolasi sifati yuqori bo’lish genlarini, ya’ni ingichka tola genlarini o’zimizning oddiy paxtaga o’tkazib, shuning kollektsiyasini yaratdik. Hali bunday Misr paxtasi tolasiga ega bo’lgan o’zimizning oddiy paxta navlari biror joyda yaratilmagan. Endi shuni bilgandan keyin Amerikaning ikkita yirik olim – Kol degan genetik olim, keyin Saaxa, 2003 – 2004 yillarda kelishdi. Birgalashib konferetsiya o’tkazdik. Biologiya fakulьtetimizda Amerikaning ana shu ikkita yirik olimi doklad qilib berdi. Keyin men doklad qilib, natijani aytdim. Hayron bo’lib qoldi. Ishqilib ustoz-shogirdlar g’ayrat qilib yotibmiz. Yon berish yo’q…
Suvratingga qarab qabul qiladilar, siyratingga qarab kuzatadilar, deyishadi. Kichikkina jussali bu inson nari-berisi bilan ikki soatlar davom etgan suhbat-muloqotimiz davomida ko’z oldimda ulkan shaxsga, Vatan, xalq, millat haqida biror og’iz havoyi gap aytmay ham haqiqiy millatparvar, xalqparvar allomaga aylanib borardi. Darhaqiqat, akademik Jo’ra Musayev nafaqat o’zimizda, balki xalqaro miqyosda ham tan olingan olimdir. U besh ixtiro va besh g’o’za navining muallifi, 250 dan ortiq ilmiy maqolalaridan 50 tasi xorijda – Amerika Qo’shma shtatlari, Hindiston, Turkiya, Janubiy Afrika respublikasi, Rossiya kabi davlatlarning ilmiy nashrlarida chop etilgan. Bulardan tashqari, uning bevosita muallifligi va rahbarligida umumo’rta maktablar, oliy o’quv yurtlari uchun darsliklar, monografiyalar yaratilgan. O’nga yaqin fan doktori, 30 nafar fan nomzodi uning rahbarligida o’z ilmiy ishini himoya qilgan va ular bugungi kunda respublikamizda va undan tashqarida ham ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Ammo, uning o’zi, garchi sakson yosh ustida bo’lsa ham, shu ulug’ yoshiga, mavqe-martabasiga qaramasdan, tinim bilmaydi, kabinetida o’tirmaydi, har doim shogirdlari bilan paxta dalasida, tajriba maydonlarida kezib yuradi.
Yaratganning eng katta mukofoti
Jo’ra aka, hayratli o’y-xayollarimni payqadi, shekilli, endi men sizga ochig’ini aytsam, bu kunlarga yetishim amri mahol edi, deb qoldi. Qirqqa kirmasimdan hammasiga qo’l siltab ketishimga bir bahya qolgan edi.
Bu men uchun kutilmagan gap bo’ldi. Yalt etib domlaga qaradim. Ha, shunday, deya davom etdi u. Yoshlikda qiyinchilik, ochin-to’qin yurishlar sabab oshqozon kasalini orttirib olgan edim. Oxiri bo’lmagach, operatsiya qilishdi. Xotinim, mening tuzalishimdan umidini uzib, ko’ch-ko’ronini yig’ib, hatto diplomim, boshqa hujjatlarni ham olib, otasinikiga ketib qoldi. Tuzalib chiqqanimdan keyin ajrashdim. Sayyoraxon yangangiz o’shanda talabam edi. Labaratoriyada, tajriba maydonlarida yonimdan ketmasdi. Bir kuni ustozim Illariya opa, Jo’ra, senda gapim bor, deb qoldi. Eshitaman, dedim. Baranov degan domla o’zining studentkasiga uylandi. O’zidan tinib, baxtli bo’lib ketdi. Men ayolman, sezib yuribman, Sayyora seni yaxshi ko’radi. Unga uylangin, o’zim o’rtaga tushaman, dedi. Ko’nmadim. Bu aqlga sig’maydigan ish dedim. Men domla bo’lsam, u talaba. Buning ustiga yoshim ham ancha katta undan. Opa, yana bir o’ylab ko’rarsan, dedi-yu, boshqa gap ochmadi. Boshim surunkali og’rir, ba’zan uch-to’rtta analgin ichsam ham bosilmasdi. Og’riqning zo’ridan hatto yotib qolardim. Shunaqa paytlarda Sayyora atrofimda parvona bo’lar, nima qilib bo’lsa-da, dardimni yengillatishga harakat qilardi. O’sha kezlarda unga ketma-ket sovchilar kela boshladi. U hech biriga rozilik bermasdi. Mendan sado chiqavermagani uchun, bir kuni o’zi yonimga kelib, ochiqchasiga gapirishga majbur bo’ldi: Domla, agar rozi bo’lsangiz, umrimni sizga baxshida etsam, dedi. Odatda kitoblarda o’qigan, kinolarda ko’rgan fidoyi insonlarni men yonginamda – Sayyoraxon siymosida ko’rib turgandim. Turmush qurdik, farzandlar ko’rdik. Ba’zida televizorda ko’rib qolaman: ahil yashadik, lekin oilada bo’p turadi, kelishmovchilik, tushunmovchilik, bizda ham ozmi, ko’pmi bo’ldi… deyishadi. Lekin, bizda, Xudoga shukur, o’sha oziyam bo’lmadi shu choqqacha. Yoningda mehriboning bo’lsa, dard ham sendan qocharkan. Butunlay tuzalib ketdim. Ayolim hamisha ishlarimda ko’makdosh, shogirdlarimning dissertatsiyalarini ko’rib beradi, o’zbekcha, ruscha savodi yaxshi. Nafaqat o’zining, balki ukamning farzandlariga ham onadek mehribon. Bitta misol aytsam: ba’zida xorijga safarga borib qolsam, o’zimizda kamyob matolardan unga opkelardim. O’zi kiymay hammasini saqlab qo’ygan ekan. Ukam o’g’lini uylantirganda, bizlardan sovg’a deb hammasini chiqarib bergandi. Xullas, ayolimni Yaratganning menga eng katta mukofoti deb bilaman. Agar Sayyora bo’lmaganida, bilmadim nima bo’lardi. Shuncha ishlar oldimda qarab turgan ekan, hammasi qop ketarmidi…
Har holda nimagadir erishdik-da…
O’shanda Jo’ra Azimboyevich Musayev bilan biologiya fakulteti oldida, oppoq gullab yotgan o’riklar tagida xayrlashar ekanmiz, bu uchrashuv oxirgisi emasligiga ishonchim komil edi. Va shunday bo’ldi ham. Chunki u faqat xizmat taqozosi bilan ko’rishib, uch-to’rt og’iz gaplashib, keyin unutilib ketadigan insonlar toifasidan emas edi. Sabab topildimi, qo’ng’iroq qilardim. Domla, falon mavzuda (u adabiyotmi, san’atmi yoki biror arzirli shaxs haqidami, farqi yo’q) ikki og’iz gapingizni yozib olsam, derdim. Sira rad qilmasdi, uchrashardik. Uch-to’rt daqiqali intervьyu olardim-da, guruhimga ruxsat berib yuborib, keyin soatlab gaplashardim. Bilmadim, Jo’ra akada G’aybulla Salomov ustozimni eslatadigan nimalardir borligi uchunmi, u kishiga bog’lanib qolgan edim.
2014 yil, sentyabrь oxirlari edi. Qo’ng’iroqlashdim. Uyga keling, ishga chiqolmayapman, dedi domla birinchi daf’a. Ko’nglim bir noxushlik sezdi. Domla jiddiygina betob bo’lsa-da, o’zini tetik tutib, ancha-muncha gaplashdi. Mana shunday kuz paytlari, terim avjiga chiqqan mahallari uyda o’tirolmasligi, Respublika bo’ylab safarga chiqib ketishlari, dehqonlar, terimchilar bilan uchrashib qaytishlari, o’shanaqa safarlarda ro’y bergan voqealarni xotirladi. “Meni bitta narsa ezardi, o’zimni aybdorday his qilardim, dedi u bir mahal ma’yus tortib. Yerimiz charchab borardi. Paxtadan boshqa narsani ko’rmagach, charchaydi-da. Keyin vilьt degan balo dehqonni sho’rini quritardi. Markaz bo’lsa, hech narsa bilan hisoblashmasdi, planni oshirgandan oshirib borardi. Bu zug’umi bilan qo’shib yozishga, qing’irlikka yo’l ochib berdi. Oxiri nima bo’ldi, bilasiz. Yil bo’yi daladan chiqmay, mehnat qilib, kosasi oqarmagan o’zbek yomonotliq qilindi. Xayriyat, u kunlar orqada qoldi. Yerimiz ham, dehqonlar ham yengil nafas olib qoldi. Xudo xohlasa, bu yog’i yaxshi bo’ladi. Bizning ishimizda ham yangiliklar ko’p. Mana ko’rib turibsiz, terim mavsumi noyabrga qolmasdan yakuniga yetayapti. Bundan ham ertapishar yangi navlar sinovdan yaxshi o’tdi. Har holda nimagadir erishdik-da…
Har holda nimagadir erishdik-da… Domlaning bu gapidan, umrimiz behuda ketmadi-da, degan shukrona bir e’tirofni tuydim o’shanda…
Ilova o’rnida: O’sha uchrashuvdan ko’p o’tmay, oktyabrning so’nggi kunlarida mamlakat Prezidenti va davlat va jamoat arboblari imzosi bilan ta’ziyanoma e’lon qilindi.
Unda jumladan shunday deyilgan edi: Mamlakatimiz ilm-fani og’ir judolikka uchradi. Biologiya fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Jo’ra Azimboyevich Musayev 86 yoshida vafot etdi.
J. Musayev o’zining 60 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati mobaynida O’zbekiston Milliy universiteti g’o’za genetikasi laboratoriyasi va kafedrasi mudiri, professori, Fanlar akademiyasining O’simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri, direktori, Fanlar akademiyasining bosh ilmiy kotibi kabi mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qildi hamda biologiya va genetika sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, ilm-fanning mazkur yo’nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo’shdi.
Akademik J.Musayevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan.
U “O’zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan, O’zbekiston Respublikasining Birinchi darajali davlat mukofotiga sazovor bo’lgan edi.
REJISSYOR BO’LIB TUG’ILADILAR
“Rejissyor bo’lish uchun… rejissyor bo’lib tug’ilish kerak. ” Talabalikdagi ustozi Iosif Radun bu gapni tez-tez takrorlab turardi. Bu gap ba’zan uni quvvatlasa… ba’zida – omadi yurishmay, o’ylagani yuzaga chiqavermay qiynalib qolgan kezlarda ko’nglini sovutar, o’ziga nisbatan ishonchi yo’qolar va barchasiga qo’l siltab ketgisi kelardi…
U san’atkorlar oilasida tug’ildi.
Institutni bitirgach, bir qancha teatrlarda ishlab, keyin taqdir taqozosi bilan Respublika televideniyesiga ishga kelib qoldi. U haqida orqavorotdan eshitib yurardim, albatta. Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati teatrida sakkiz yil ishlab, yigirmadan ortiq zamonaviy va klassik asarlarni sahnaga olib chiqqani, bu asarlardan bir qanchasi, jumladan, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek”, Bertolьd Brextning “Shaddod ona”, Hamid Olimjon va Zulfiyaning “Semurg’” asarlari asosida tayyorlangan spektakllar respublika va sobiq ittifoq festival-tanlovlarida g’olib bo’lganligi, poytaxtga qaytib, nemis dramaturgi Bertolьd Brextning “Sichuanlik mehribon” dramasini Yosh tomoshabinlar teatrida, Sharof Boshbekovning “Taqdir eshigi” pьesasini Akademik Milliy teatrda sahnaga qo’yib, jamoatchilik e’tiborini qozonganidan va yetarlicha raqobatchilar ham orttirganidan ham xabarim bor edi. Ochig’i, hech kutilmaganda (1997 y) uning televideniyega kelib qolishida, ya’ni teatr rejissyori sifatida endi-endi nom chiqarib kelayotgan bir paytda tuyqusdan telerejissyorga aylanib qolishida o’sha raqobatchilarning ham “hissasi” yo’q emasdi.
Televideniye bu teatr emas. Teatrda suyagi qotgan, muayyan natijalarga erishgan, e’tiborda yurgan mutaxassis televideniyeda qimirlab-g’imirlab yurgan shunchaki bir xizmatchiga aylanib qolishi hech gap emas. Tojiboy Isroilov qarshisida ham shunday bir xatar bor edi. Mashhur teatr rejissyoriga dastlab oddiy kundalik ko’rsatuvlar topshirib qo’yilishi ham mana shunday ishonchsizlik oqibati edi. U avval bir muharrir bilan, keyin ikkinchisi bilan ishladi. Har ikkisi bilan hamkorligi uzoqqa cho’zilmadi. Olti oy nari berisida xayr-xo’shlashishdi. Keyin menga taklif qilishdi u bilan ishlashni. Bir qadar toqatli ekanman, olti oy emas, rosa olti yil (nafaqaga chiqqunicha) uning “injiq”liklariga chidadim. Yolg’on bo’lmasin, chidamim tugab, adi-badiga borgan vaqtlarim ham bo’ldi.
Ayniqsa, bir safar (buyam bir gurung-da, aytib o’ta qolay) qattiroq san-manga bordik-da, bir haftacha gaplashmay yurdik. Bir kun ish vaqti tugash oldidan Tojivoy akaning o’zi qo’ng’iroq qildi. Yoshi ulug’roq emasmi, birinchi qadamni u tashladi. Eshik oldida turibman, dedi masalani oydinlashtirib olaylik, degan ohangda. Tushdim, ko’rishgan, so’rashgan bo’ldik. Keyin indamay Panorama kinoxonasi tomon yurdik. Undan Navoiy ko’chasiga chiqdik. Qo’ylik tomonga qatnaydigan avtobus keldi. Chiqib o’tirdik. Asta-sekin suhbatimiz avvalgi maromiga tushdi. Go’yo oramizda hech gap o’tmaganday, u ham eslatmadi, menam kek saqlab o’tirmadim. Lekin ko’ngildagi xiralik ketib, ichim yorishib borayotganini tuyub turardim. U ham shunday holatda ekani rang-ro’yidan bilinib turardi. Xullas, temir yo’l vokzalidan o’tdik. Yana ikki-uch bekatdan keyin Jo’rabek masjidi ro’parasida u tushib qolishi kerak. Bir mahal atrofga alanglab, baralla ovozda: e, mashinam qop ketibdi-ku, desa bo’ladimi. Avtobus to’la odam, gur kulib yubordi. Tojiboy akamiz ham iljaya-iljaya bekatda tushib qolib, kelgan yo’liga qaytib ketgandi… Endi uning injiqligiga kelsam, u sahna bilan tirik edi, fikr-xayoli aktyorlar bilan ishlash, yangidan yangi asarlarni jonlantirib, efirga berish bilan band edi. “Tekushiy” ko’rsatuvlarga ko’ngil berib ishlashni esa, garchi istasa-da, o’ziga qarshi borolmasdi. Mening ko’rsatuvlarimga kelsak, ularda ozmi-ko’pmi sahnaviy ko’rinishlar yaratish imkoni bor edi. Bu orada tinib-tinchimas rejissyor o’zining asl niyatiga ham erisha boshladi. Ya’ni, birin-ketin teatr spektakllarining televariantini yaratishga kirishdi. Ammo bu osonlikcha bo’lmadi. “Teleekran bu teatr sahnasi emas. Yangi kelgan videouskunalar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Siz nafaqat aktyorlar, balki tasvirga olish texnikasi bilan ham tillasha olishingiz kerak”, deyishdi. O’jar rejissyor esa so’zida turib oldi. Zarari yo’q, o’rganman, odam qilgan ishni odam qila oladi, dedi. Nihoyat, mashhur turk yozuvchisi No’miq Kamolning “Jaloliddin Xorazmshoh” dramasi (Xurshid Davron tarjimasi) asosida besh qismli telespektaklь ustida ish boshlash uchun ruxsat oldi. Muharrir sifatida ish jarayoni qanday kechganidan xabardorman. Oson bo’lmadi. Ammo maqsadingda qat’iy tursang, Yaratgan qo’llaydi, deganlaridek, muammolar bir-bir yechila bordi. Jaloliddin roliga aktyor Mashrab Kimsanov tanlandi. Bosh rol ijrochisi to’g’ri tanlansa, bu – ellik foyiz ish bitdi degani. (Jaloliddin Xorazmshoh roli sabab Mashrab Kimsanov e’tiborga tushib, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist unvoniga sazovor bo’ldi). Aktyorlar ansambli shakllanib bo’lgach, endi o’sha davrga mos liboslar, qurol-aslaha topish kerak edi. Poytaxtdagi Harbiy garnizon rahbariyati bilan kelishib, yigirma nafar askar yigitni Chingizxon jangchilari sifatida spektaklga jalb etdi. Kiyim va qurol-aslahalar “O’zbekfilьm” kinostudiyasidan olindi. Yana bir mushkul vazifa turardi, u ham bo’lsa, loaqal Jaloliddin uchun chiroyli oq ot topish lozim edi. Buning ham chorasi topildi. Tojiboy aka mashhur sirk artisti, chavandoz Zaripovga uchradi. E, Jaloliddin uchun bitta emas, mingta otim bo’lsa ham berishga tayyorman, dedi mashhur sulola vakili Hakim Zaripov.
Xullas, tirishqoq teatr rejissyori televideniyeda ham o’z zafarli yurishini boshladi. “Jaloliddin Xorazmshoh” telespektakli bilan rahbariyat ishonchini qozongach, ikkinchi katta ishga qo’l urdi – Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” fojiasi asosida olti qismli telespektaklь yaratdi. Bu ishi ijobiy ma’noda katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Ko’plab teatr bilimdonlari matbuotda chiqishlar qilishdi. O’zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov odatdagiday tantilik ko’rsatdi. “Uch cho’qqining biri” nomli maqola yozib, mazkur telespektaklь nafaqat televideniye tarixida, ma’naviy hayotimizda ham muhim voqea bo’ldi, deya e’tirof etdi: “O’zbek televideniyesi ko’pqismli “Mirzo Ulug’bek” telespektaklini namoyish etib, tomoshabinlarni xursand qildi. Lekin, nazarimda tomoshabinlardan ko’ra o’n chandon ko’proq adib Shayxzodaning va albatta Mirzo Ulug’bekning ruhi shod bo’ldi, deb o’ylayman”, deya ta’kidladi atoqli munaqqid o’z maqolasida.
Telerejussuraga “qo’li kelib qolgan” Tojiboy aka yanada g’ayrat va ilhom bilan ishga kirishdi. Chingiz Aytmatovning “Sohil bo’ylab chopayotgan olapar” asari asosida ajoyib videofilьm yaratdi. Va yana niyatlari ko’p edi, ammo… o’sha davr taomiliga ko’ra (oltmish yoshga kirib qo’yganligi sabab) ixtiyoriy-majburiy asnoda nafaqaga kuzatildi…
Aytmoqchi, Tojiboy Isroilov hali aytib o’tganim katta ishlari orasida ham tin olmas, katta-kichik videofilьmlar, telenovellalarni ishtiyoq bilan tasvirga olardi. Jumladan, mening ham bir qancha stsenariylarim u kishining say’-harakati bilan ekran yuzini ko’rgandiki, hozir shulardan birining qay tarzda dunyoga kelgani xususidagi hangomani so’zlab bersam…
“Dala o’rtasidagi daraxt”ning dunyoga kelishi
Bu filьmga shu nomdagi sakkiz hikoyadan iborat qissamning so’nggi hikoyasi asos bo’ldi. Tashabbus Tojiboy akaning o’zidan chiqdi. “Filьm qilamiz, naturaning o’zida – Samarqandda olamiz”, dedi. Albatta, xursand bo’ldim. Bolaligim o’tgan dalalar, dala o’rtasidagi ardoqli shotutimiz, soy bo’ylarini suratga olish, televideniye orqali namoyish etish g’oyat yoqimli-da, shunday emasmi.
Hikoyani tezgina stsenariyga aylantirdim. Muharririyat rahbarlariga o’qitdik. Ma’qul topishdi. Lekin suratga olishga yordam berisholmadi. Sababi – bizdagi sahnalashtiruvchi bo’lim yopilib, limit “O’zbektelefilьm”ga o’tib ketgan edi. Ijodiy guruh va aktyorlar bilan Samarqandga borish, u yerda bir necha kun suratga olish bilan shug’ullanish ozmuncha mablag’ talab qilmasligi aniq. Tarvuzim qo’ltig’imdan tushib yurgan kunlarimda tinib-tinchimas, bir ishni boshlasa oxiriga yetkazmaydigan rejissyorim yana o’zi boshqa tashabbus boshlab qoldi. “Samarqandlik aktyorlarni o’ynatamiz. O’zimning shaxsiy kameram (VXS)da s’emka qilamiz. Faqat ikkovimiz ketamiz, o’z hisobimizdan. Sizdan lozim bo’ladigani, aktyorlarning bir-ikki kunlik yeb-ichishiyu uch-to’rt so’m gonorarini ko’tarish”, dedi. “Albatta, o’zingizmas, kolxoz rahbarlarimi, birorta biznesmenmi homiylik qilib yuborar”, deb kulib qo’ydi.
Kolxoz rahbarlariga (o’shanda hali kolxoz deganlari bor, shirkat xo’jaligi degan nom bilan so’nggi kunlarini yashayotgan paytlar edi adashmasam) uchrashdim, lekin yordammas, ruxsat so’rab. Ya’ni, “Shotutli” dalasida kino olmoqchimiz, shuni aytib qo’ymoqchi edim, deganday gap qildim. “E, bemalol, bemalol, – dedi shirkatning yosh raisi “bag’rikenglik” bilan. – Zo’r bo’lardi. Eshitishimcha, bir paytlar “Maftuningman”, “Sinchalak” degan filьmlar ham bizda olingan ekan”.
Bo’ldi, shunday qilib, “Shotutli” dalasi, dala biqinidagi shiypon Tojiboy aka ikkimizning ixtiyorimizga berildi. Uch-to’rt so’mlik xarajatlarni ukalar zimmasiga yukladik-da, ishni boshladik. Suratga olishimiz kerak bo’lgan natura (kuyib ketgan Shotut daraxti) bor. Dala o’rtasida ulkan saksovulday bo’lib turibdi. Lekin uning ilgarigi navqiron davrini ham ko’rsatishimiz kerak. Muaamo tezgina hal bo’ldi. Qo’shni “Kommunizm” (Jomboy tumani hududi) shirkat xo’jaligidagi bir dalada bor ekan shunaqasi. Darhol yo’lga tushdik. Bolaligimdagi o’z shotutimizga nisbatan nimdoshgina ekanu yo’qdan ko’ra deganday, o’shandan foydalandik. “Kommunizm”lik bolalarni topib kelib, qahramonlarimizning yoshligini o’ynatdik. Bir suvchi yigit va xotinini ham tasvirga oldik. Suvchi yigit shotut atrofida g’o’zaga suv tarab yuribdi-da, xotini bolasi bilan unga ovqat keltiradi va birgalikda o’tirib ovqatlanishadi.
Tasvir quyosh botishi arafasida boshlanib, qorong’u tunda tugadi. Ertasiga samaqandlik aktyorlar kelishdi va kun choshgohlarda ishni boshladik. Avval shiyponda to’rt sinfdosh – (aktyorlar Baxtiyor Rahimov, Bahrom Rahimov, Temur Pardayev, Toshpo’lat Ochiltoshev) ziyofatxo’rlik qilishadi. Sinfdoshlardan ikkitasi toshkentlik mehmonlar, biri olim, akademiyada ishlaydi, biri shoir, gazetada xizmat qiladi. Qolgan ikkitasi “qishloqda qolib ketganlardan”. Biri maktabda harbiydan dars beradi, afg’onda bo’lib kelganlardan, ikkinchisi mana shu dala va shiypon xo’jayini – brigadir. Ziyofatni brigadir beryapti. Shu o’rinda Tojiboy akaning aktyor tanlash mahoratiga tan berganimni aytishim lozimki, to’rt aktyor ham mening tasavvurimdagi qahramonlarimga quyib quygandek edi.
Tasvirga olish jarayoni yaxshi borardi. Tasvirchi ham, grimchi ham, ovoz muhandisi ham rejissyorimning o’zi edi. Men muallif bo’lsam, ma’murlik, muharrirlik, prodyuserlik degan vazifalarni qo’ldan kelguncha bajarib turibman. Bir mahal desangiz, kamera qarovsiz qolib, shtativdan qulab tushdi. Allaqayeri shikastlandi. Tojiboy aka nari-beri sozladi-da, ishni davom ettirdi. Lekin endi aktyorlar ovozi tasmaga tushib-tushmay qolayotgani ma’lum bo’ldi. Baribir ishni to’xtatmadik. Ehtiyotdan ovozlarni qo’shimcha ravishda yozib bordik.
Tasvirga olish keyin dala o’rtasida, aynan shotutning tagida davom etdi. Bu yerda sinfdoshlar o’tirishi avj pardaga ko’tarilib, mushtlashuv kelib chiqadi. Mushtlashuv esa “dahanaki jang”ga aylanib, to’rtovlon bir-birlarining yuzlaridagi pardani olib tashlashadi. Mushtlashuv tugab, endi adi-badi boshlanganda, qorong’ulik tushib ulgurdi. Ayni choqda kamera batareyasi quvvati ham tugadi. Bosh qotdi. Ish nihoyasiga yetay deb qolgandi-ya. Ertaga davom ettirishdan boshqa iloj yo’q. Lekin ertasi kechqurun yana shu mahallarda – shom paytida tasvirga olishni boshlashimiz mumkin. Aktyorlarimiz esa teatrda – spektaklda band bo’lisharkan. Boshimiz g’ovlab shiyponga qaytdik. Yo’l-yo’lakay Tojiboy aka negadir tez-tez yurib, oldinlab ketdi-da, shiypon oldida bizni g’ayratlanib kutib oldi. “Ha, nima gap?” “S’emkani davom ettiramiz”, “Qanday qilib?” “Qanday bo’lardi, shiypon chiroqlarini o’chiramiz, kamerani bo’lsa tokka ulab, olaveramiz”, “Shotut-chi?” dedim topag’onlik qilib. “Mana shotut, – dedi shiypon yonidagi terakni ko’rsatib, – qorong’ida bu shotutning tanasimi, teraknikimi – kim bilib o’tiribdi!” “Qoyil, – dedim ichimda unga yana bir karra tan berib. – Baribir. rejissyor, rejissyor-da!”
Shunday qilib “dahanaki jang” sahnasini – kulьminatsiyani shiypon yonida xuddi dala o’rtasidagidek qilib suratga olib tugatdik. Tun yarimdan og’ib ketdi. Sentyabrь yarimlab, kechalari salqin tushib qolgan edi, junjika boshladik. Qolaversa uzzukun davom etgan “ijodiy ish”dan anchagina charchaganimiz sezila boshladi. Har tugul tugatdik-ku, endi dam olarmiz… Qayoqda. Tamaddi oxirlamay, Tojivoy aka tayyorlana boshladi. “Ha?” “Yong’inni olamiz”. Darvoqe, shotut o’tgan yil qish faslida qishloq tirmizaklari tomonidan yondirib yuborilgan, men uni stsenariyga kiritgan edim. “Xo’p, qanday olamiz, bechora shotutni qolgan qismini ham yondiramizmi?” dedim hayron bo’lib. “Qo’rqmang, boshqasini yoqamiz”, dedi u xotirjamlik bilan.
Bir yelim idishda benzin olib, soy yoqalab yurdik. Ko’p o’tmay qarshimizdan qurigan tol chiqdi. Rejissyor, baribir rejissyor-da, kunduzi mo’ljallab qo’ygan ekan. Tan bermay ilojim qolmadi yana bir marta. Yong’in sahnasini olib bo’lib shiyponga qaytayotsak, aktyorlarimizdan biri Baxtiyormi, Bahrommi esimda yo’q, olov insonni poklaydi, to’g’rimi, deb qoldi. Masalan, gunohkor banda do’zax olovida kuya-kuya poklangach, jannatga chiqadi. Taklifim: sinfdoshlar gulxan atrofida tonggacha o’tirib chiqishsin, ayblarini olovga tashlab, poklanishsin, dedi. Ish yana davom etdi, soy bo’yida gulxan yoqib, to’rt og’ayni dardlarini olovga unsiz to’kib o’tirishdi. Biz tasvirga oldik. Tongda, biz uyquda ekanligimizda, Tojivoy aka Bahrom (akademik)ni uyg’otib, yana dala o’rtasiga olib borib, shotut oldida tasvirga tushiribdi. Keyin qishloqqa (poklanib) kirib borishini ham…
Xullas, rejissyor rejissyor ekan-da – tan berdim! Bunaqa tan berishlar keyin ham, televideniyedagi montaj paytlarida ko’p bo’ldi. Shulardan birini aytsam: hali qo’shni kolxozdagi shotut atrofida suvchi yigit va xotini sahnasi shom yorug’ida boshlanib, qorong’u xuftonda tugagan edi. Montajda esa teskari ko’rinish olibdi: suvchi yigit tun bo’yi dalada g’o’zalarni sug’oradi va tong g’ira-shirasida xotini va o’g’ilchasi uni yo’qlab dalaga yegulik olib kelishadi. “E, qoyil, – deb yubordim bu safar ochiq-oshkora tarzda tan olib. – Radun ustozingiz sizni nazarda tutib aytgan ekan-da, rejissyor bo’lib tug’ilish kerak, deb. Sizga yo’rgakda tekkan ekkan aslida”, dedim kulib.
Nihoyat filьm tayyor bo’ldi. Rahbariyat ko’rigidan yaxshi o’tdi, biroq texnik jihatdan muammolar chiqqani (VXS kamerada olingani) sabab, tungi efirga ruxsat berildi. Keyin esa rosa o’n besh marta kunduzgi dasturlarda namoyish etildi. Ammo kechki, hamma ko’rishi mumkin bo’lgan paytlarda ko’rinish berish esa bizning “qo’lbola” filьmimizga nasib qilmadi. Xullas, “Dala o’rtasidagi daraxt” filьmi ana shunaqa hangomalar bilan dunyoga kelgan edi.
Ijodkor – yozuvchi bo’ladimi yo rassommi, bastakor yo dramaturgmi – yaratgan asarlari orqali o’z qiyofasini namoyon etadi. Asar – ijodkorning o’zligi, surati va siyratidir. Shu ma’noda rejissyor shaxsiyati ham u tanlagan va tomoshabinlarga taqdim etgan asarlarida, ularda ko’tarilgan mavzu mohiyatida ko’rinadi. Sahna asari garchi jamoaviy mehnat mahsuli bo’lsa-da, baribir unda Rejissyorning didi, saviyasi, dunyoqarashi, tomoshabinlarga yuqtirmoqchi bo’lgan dardi spektaklning tub mohiyatida balqib turadi.
Hamon yodida: San’at institutining rejissyorlik kursiga 400 abituriyentdan bor – yo’g’i o’n kishi qabul qilingan edi. Shulardan atigi 4 kishi institutni tugalladi. Bugungi kunda esa ikki kishi – u va kinorejissyor do’sti Sobir Nazarmuhamedov o’z tanlagan sohasida xizmat qilyapti.
Tojiboy Isroilov shular haqida o’ylar ekan, yana beixtiyor ustozining “rejissyor bo’lib tug’ilish kerak!” degan ta’kidi yodiga tushadi. Va shunday paytlarda: “demak, marhum Iosif Radun tug’ma iste’dod haqida emas, balki bu kasb mashaqqatiga kishi o’zini avval boshdanoq chog’lash, mehnat jarayonida o’zini kashf etish, qayta tug’ilish kerakligi haqida ogohlantirgan ekan, degan yakuniy xulosaga keladi.
Ilova o’rnida ikki jumla: ayni ijodiy balog’at yoshida nafaqaga kuzatishgani uchun u televideniye rahbarlaridan ranjib o’tirmadi. To’g’ri qabul qildi. Yoshlarga o’rin berish kerak, ular ham ishlasin, o’rgansin, dedi. Va yana jonajon teatr sohasiga qaytdi. Goh Samarqand, goh Andijon, Qo’qon yo O’sh teatrlari jamoalari bilan qator spektakllar sahnalashtirdi. Hamma yerda uni quchoq ochib qarshi olishdi, hamkorlikda ishlashni taklif etishdi. 2019 yil avvalidan boshlab esa Tojiboy Isroilov Respublika Satira teatri bosh rejissyori sifatida xizmat qilib kelmoqda…
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotlardan biri bu kitob ekanligi ming yillar osha e’tirof etib kelinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-sonli qarori xalqimiz ma’naviy dunyosini boyitish, kitobxonlik madaniyatini jamiyat hayotidagi o’rni va rolini yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgan muhim bir hujjat ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Ayni shu maqsadlarni o’zida mujassamlashtirgan, IIV Buxoro akademik litseyida “Kitob –qalb gavhari, ko’ngil ziynati” mavzusida bo’lib o’tgan madaniy kechada buxorolik taniqli yozuvchi va shoirlar, jumladan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo’limi rahbari, “Buxoronoma” gazetasi bosh muharriri SHodmon Sulaymon, shoira Laylo SHaripova va Mirzoqul Ahadovlar ishtirok etishdi.
Suhbat asnosida yangi kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda akademik litsey o’quvchilari o’z ijod namunalarini ishtirokchilarga o’qib eshittirdilar. Mahoratli shoirlar ham o’zlarining she’riyat gulshanidagi eng sara she’rlaridan namunalar aytib, tadbir qatnashchilariga xushkayfiyat ulashdilar.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad o’quvchilar orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish orqali ulardagi vatanparvarlik, sadoqat va jasorat tuyg’ularini yanada mustahkamlashdan iborat.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
Qiziqarli malumotlar
Kitob qalb gavhari matni