Kitob — ong va qalb ehtiyoji

Kitob — ong va qalb ehtiyoji

Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri bo’lgan ushbu tanlov, joriy yil yana o’zining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.

Kitob – aql chirog’i, tafakkur qanotidir

Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri bo’lgan ushbu tanlov, joriy yil yana o’zining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.

Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da boʻlib oʻtgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovi, nafaqat eng zukko va bilimdon kitobxonlarni aniqlovchi tanlov balki, barcha yurtdoshlarimiz uchun maʼnaviyat sarchashmasi, insonlarning ong va tafakkurini boyituvchi, ruhiyatiga ozuqa beruvchi, yuksak saviyada oʻtkazilgan katta bayram tantanasi boʻldi. Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri boʻlgan ushbu tanlov, joriy yil yana oʻzining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.

— Ona tabiatni oftob isitsa, inson qalbini kitob ilitadi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxanova. — ­Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning toʻrtinchisi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishdan iborat. Yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanloviga 2017-2020-yillar davomida 2 million 470 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Bugungi kunga qadar tanlovning respublika bosqichida 164 nafar yigit-qiz ishtirok etdi va shundan 8 nafar tanlov gʻoliblari Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomashinasini sovrin sifatida qabul qilib oldi. Bu yil tanlovning respublika bosqichi doirasida ilk bor nishonlanayotgan “Kitobxonlik haftaligi” ham oʻziga xos ruhda oʻtkazildi. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibiga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Avvalgi yillarda ikkinchi oʻrinni egallagan gʻolibga kompyuter jamlanmasi, uchinchi oʻringa 200 dona kitob sovgʻa qilingan boʻlsa, bu yil mos ravishda 30 million va 15 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yana-da oshirish va mutolaa muhitini shakllantirishda mazkur tanlovning oʻrni beqiyos. Shu bois, unda ishtirok etuvchilarning soni yildan-yilga koʻpayib bormoqda. “Yosh kitobxon” tanlovi 10-14, 15-19, 20-30 yoshlar toifasida toʻrt bosqichda tashkil etildi. Tanlovda ishtirok etish uchun 300 ming nafarga yaqin yosh onlayn ariza topshirdi.

Har bir hududdan 3 nafar yosh toifasi boʻyicha bir nafardan, jami 42 nafar gʻolib poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazilgan respublika final bosqichida 5 ta “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob”, Sheʼriyat”, “Buyuk mutafakkir va adib”, “Erkin ­mavzu” shartlari asosida oʻzaro bellashdi.

Tanlovning 10-14 yoshlilar orasida birinchi oʻringa Muhammadfozil ­Ismoilov (Fargʻona viloyati), 15-19 yoshlilar orasida Maftuna Umarova (Toshkent shahri), 20-30 yoshlilar orasida esa andijonlik Fotima Mamataliyeva munosib deb topildi.

— “Yosh kitobxon” Respublika tanlovi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kitobxonlarni ragʻbatlantirish, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida oʻtkazilayotgan tanlov boʻlib, toʻrtinchi marotoba oʻtkazildi, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov. — Men toʻrt yil davomida shunga amin boʻldimki, yildan-yilga yosh kitobxonlarning saviyasi, dunyoqarashi, fikrni ifoda etish tarzi koʻp jihatdan ijobiy tarafga oʻzgarmoqda. Tanlovning Nizomi takomillashib borayotganini ham alohida taʼkidlashni istardim. Deylik, bu yil ishtirokchilar 2 ta yangi shart boʻyicha ham bellashdilar. Ularning javoblarini tinglar ekanman, bugungi kitobxonning maʼnaviy saviyasi nihoyatda yuksalib borayotganligidan mamnun boʻldim. Mazkur tanlov kelajakda, albatta, oʻzining ijobiy natijasini beradi. Binobarin, oʻtgan yili gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ikki nafar yosh kitobxon qoraqalpogʻistonlik Shahzoda Karimboyeva hamda samraqandlik Mohiniso Shomurodova bu yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan ham taqdirlandi. Bu, tanlov, yoshlarga maʼnaviy quvvat, ragʻbat, kuch va eng asosiysi, qalb tozaligi va fikr teranligini beradi.

Ha, kitob qalb chirogʻi, tafakkur qanotidir. Zero, kitob — insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi, fikrlash quroli, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni aziz, moʻtabar va muqaddas deb biladi.

Maftuna UMAROVA, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich talabasi, tanlov gʻolibi:

— Qalbimdagi quvonch va cheksiz baxtiyorlik hissini hozir til bilan ifodalashga ojizman. Faqat bir narsani baralla aytishim mumkin: kitob oʻqish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochguvchi omad kalitidir. Bugun yana bir bor ilm-fan Vatanining farzandi ekanligimdan va bizga gʻamxoʻrlik koʻrsatuvchi davlatimiz rahbari borligidan mamnun boʻldim. Bu tanlov barcha tengdoshlarim qatorida oʻzimga boʻlgan ishonchni mustahkamlash barobarida yana-da koʻproq kitob mutolaa qilishga, izlanishga undaydi. Olgan mukofotim yoki gʻolibligim uchun emas, koʻproq onamning yuz-koʻzlarida aks etgan shodlik uchqunlari, Oʻzbekiston degan hur va ozod diyorda tugʻilganim uchun shukronalar keltiraman. Bu yuksak ishonchni oqlash uchun yana-da koʻproq harakat qilaman.

Gulichehra DURDIYEVA,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri

Kitob — ong va qalb ehtiyoji

Kitob — fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbayi bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas hisoblaydi. Kitobni chin dildan qadrlagan Abu Ali ibn Sino og‘ir betob bo‘lgan Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni davolagach, evaziga oltin-u kumushlar to‘la sandiqni emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishni afzal ko‘rgan edi.

Buyuk rus shoiri A.S.Pushkin duelda yaralanib, vafot etar chog‘ida unga “do‘stlaringiz bilan vidolashing”, deyishadi. Pushkin xonaning bir burchagidagi kitob javoniga termulib, “xayr, mening do‘stlarim”, deya jon bergan ekan.

Kitobni mutolaa qilish jarayonining o‘zidayoq insonning ongi va dunyoqarashi shaklla­nib boradi. Uni takror va takror o‘qish davomida esa yangidan yangi ufqlar kashf etiladi, har gal uni qayta mutolaa qilgan inson undan o‘zgacha taassu­rotlar oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Forobiy Arastuning “Jon haqida”, deb nomlangan asariga o‘z qo‘li bilan “Men bu kitobni 200 marta o‘qidim”, deb yozib qo‘ygan ekan. Kitob ong va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi, shaxsni shakllantiradi. Kitob odamdan mutolaada nafaqat ko‘z va aql, shuningdek, ko‘ngil ham birdek ishtirok etishini talab qiladi. Kitob o‘qishdan maqsad aql-tafakkur bilan uni mantiqiy muhokama etishgina emas, balki chin yurakdan zavqlanish, ta’sirlanish, o‘zlikni, haqiqatni izlab topish hamdir. Faylasuf Yan Mindan do‘sti so‘rabdi: “Kitob o‘qigandan so‘ng hech narsa yodda qolmasa nima qilmoq kerak?”. U “Uni tushunmoq kerak, yodlash shart emas. Tu­shunmoq zaruriyati ham ikkinchi darajali narsa. Eng avvalo, kitobning asosiy mohiyatini ang­lamoq joiz” deb javob beribdi.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘at-it turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Nosiruddin Rabg‘uziy­ning “Qissasi Rabg‘uziy”, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur­ning qator asarlarida kitob­xonlikka oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Kitobxonlik adabiyotshunoslik va ta’lim-tarbiyaning mushtarak hamda muhim sohasi sifatida, shubhasiz, chuqur izlanishlarni taqozo etadi. Uning rivojini adabiyotning taraqqiyoti bilan bog‘lab o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Shu ma’noda bugungi ilm-fan misli ko‘rilmagan darajada rivoj topgan davrda kitob o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Chunki yoshlar ko‘proq kino, video, televi­deniye, kompyuterga berilib ketgan. Cheksiz bilimlar mohiyati, asriy sir-sinoatlar tilsimi hozirgi davrga kelib bashariyatga oshkor bo‘lmoqda. Qadimda kitoblarni xattotlar ming bir mashaqqat bilan ko‘chirishgan bo‘lsa, bugungi kunda texnika yutuqlari tufayli ular millionlab nusxalarda chop etilib, butun dunyo bo‘ylab tarqatilmoqda. Achinarlisi shundaki, bugun kitob o‘qish uchun vaqt sarf­lashga hojat yo‘qdek. Biroq tezkor zamonda hayot kechirayotgan odamzod shunchalik betoqat bo‘lib qolganki, uning bir muddat xotirjam tin olishga imkoniyati, eng yomoni, bunga xohishi yo‘qdek ko‘rinadi. Insonning ongi fikrlar, ma’lumot­larga to‘la, ammo u fikrlashga layoqatsiz bo‘lib bormoqda. Uning diqqati bir joyda jam emas, shoshganidan shoshadiki, kitoblar turfa xil va son jihatdan ko‘p bo‘lgani bilan uni mutolaa qilish, teran fikrlashga fursati yo‘q. Kitobning o‘zini emas, uning sujeti, mohiyati to‘g‘risidagi qisqagina ma’lumotlarni o‘qish, aniqrog‘i, ko‘z yuritish afzal bo‘lib qoldi.

Kitobning hayotdagi o‘rnini axborot, turli sohalarga oid kerak va nokerak ma’lumotlar egallab oldi, natijada insonlar tinimsiz axborot qabul qilishga moslashib qolmoqda. Axborot oqimi shu qadar shiddatliki, uni qayta ishlashga, fikr yuritishga deyarli ulgurib bo‘lmaydi. Bu borada ma’rifat fidoyilaridan birining kuyunchaklik bilan aytgan gapini eslaylik: “Bilim deb hikmatdan, axborot deb ma’rifatdan ayrildik!”.

Aslida har bir axborot manbayi, kino yoki videofilmni olamizmi, badiiy asar o‘rnini bosolmaydi. Masalan, “O‘tkan kunlar” romani asosida ishlangan film qanchalik mahorat bilan suratga olingan bo‘lmasin, kitobning ta’sirini, jozibasini berolmaydi.

Biz ruhiyatimiz, o‘z ola­mimiz, qalbimiz bilan qayta til topishmoqchi ekanmiz, kitob mutolaasiga qaytishimiz lozim. Bugungi kunda ham yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda kitobdan-da qudratliroq vosita yo‘q. Zero, kitob bizning ma’naviy qu­yoshimiz va tafakkurimizning yuksak xazinasidir.

Yusuf MUHAMMADIYEV, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi bolalar kutubxonasi direktori

Kitob – ma’rifat oʻchogʻi

Kitob insoniyat kitob durdonalari toʻlab avlodlarga yetkazuvchi vosita, odamzot yaratgan moʻjizalardan biri hisoblanadi. Kitob insonning eng yaqin doʻsti v maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbai, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hisoblanadi. Kitob moziy darakchisi bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yoʻlboshlovchisi. Uma’naviy hazina haqiqiy boylik. Dono xalqimiz kitob haqida shunday deydi: “Kitob koʻrmagan kalla – giyoh unmagan dala”. Bu hikmatli soʻzda shunday ma’no borki, giyoh oʻsmagan dalani hech kimga foydasi yoʻq, undan hech kim manfaat topmagani kabi kitob koʻrmagan kalla ham shu kabi hech kimga foydasi tegmaydi, oʻz fikrini namoyan qila olmaydi, qaysi gapni qayerda ishlata olmaydi. Shuning uchun koʻp kitob mutolaa qilib tafakkurimizni oʻstirishimiz zarur.

Mantiqiy savollar kitobi

Ajdodlarimiz hayotida ham kitob muhim rol oʻynagan. Ular kitobni oʻz doʻstlariday koʻrishgan. Jumladan Alisher Navoiy shunday degan: “Kitob-beminnat ustoz.har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi”. Kitobni biz azaldan boylikdan ustun qilib kelganmiz. Bunga bir misol, Abu Ali Ibn Sino Buxoro hukmdori Nux ibn Mansurni davolagach, evaziga oltini kumushga toʻla sandiqqa emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishni avzal kran edi. “Kitobdan yaxshi doʻst yoʻq”, “Kitob-beminnat doʻst” kabi maqollarni eshidganmiz. Buyuk rus olami Aleksandr Pushkin doimo kitobni doʻst tutgan . Pushkin vafot etar chogʻida, unga “doʻstlaringiz bilan vidolashing”, deyishadi. Pushkin xonaning burchagidagi kitob javonida termulib, “Xayr, mening doʻstlarim!” deya jon bergan. Biz ham kitobni doʻst tutmogʻimiz lozim, zero barcha bilimlarning manbai bu kitob.

Past Perfect Continuous zamoni

Inson bilimli tarbiyali, kasb-hunarli, baxtli boʻlishining muhim olimi-bu kitobga doʻst boʻlish, hamisha kitob oʻqish, kitob mutolaasini umr boʻyi kanda qilmaslikdir. Kitobga hamroh boʻlgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini oʻrganadi. Ayniqsa, yoshlarning baxt-u kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitob mutolaasining alohida o’rni bor. Har qanday muvaffaqiyatning kaliti bu kitobdir. U kelajagimiz poydevori. Shunday ekan aziz yoshlar kitob oʻqing zero, kitob insonning hayot yoʻlidagi yoʻldoshi boʻlsa, hayot soʻqmoqlaridan mamnuniyat bilan oʻtadi.

Qiziqarli malumotlar
Kitob — ong va qalb ehtiyoji