«Kitob-oftob» nomli tadbir ssenariysi to’liq malumot oling

«Kitob-oftob» nomli tadbir ssenariysi to’liq malumot oling

Urganch  shahar 21-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan  ixtisoslashtirilgan maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Mundarija скрыть

Saidova Sharofatning  ,,Kitob-oftob’’ mavzusidagi tadbir

 ISHLANMASI

 

«Kitob-oftob» tadbir ishlanmasi

Tadbir maqsadi:O’quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish,bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish,bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga yordam berish.

Qatnashchilar :

Ertakchi ONA,Kitob ,Ali bobo

Ertak qahramonlari kiyimidagi bolalar,Shahrizoda,Savdogarlar,raqqosalar

  O’qituvchi: Китоб – офтоб. Заминни, она табиатни офтоб иситса, одам қалбини китоб илитади, нафақат илитади, балки ѐритади, нурлантиради. Китобга энг қисқа таъриф бериш жоиз бўлса, уни маънавият қуѐши деб таърифлаш ўринлидир. Яъни, қуѐш бўлмаса оламнинг, табиатнинг, ҳаттоки ҳаѐтнинг бўлиши шубҳа остида қолади, китоб бўлмаса, маънавиятнинг ривож- ланиши ҳам мавҳум бир фикр бўлиб қолаверади.   Кенгроқ мушоҳада юритадиган бўлсак, миллат баркамол- лиги, Ватан тараққиѐти элнинг китобхонлик даражасига, яъни ўқимишлилигига боғлиқ. Истиқлолдан сўнг мустақил мамлакатимизда Президентимиз ташаббуси ва бевосита эътибори туфайли соғлом авлодни тарбиялаш борасида ибратли ишлар амалга оширилмоқда .Hozir sizlarning e’tiboringizga 2-A sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan katta Kitob bayramiga taklif etamiz.(Kuy taraladi)

1-masxaraboz Qadrli do’stlar.Sharq donolarining donosi Ibn Xattob va go’zallar go’zali sharq ertaklarining betakror aytuvchisi Shahrizoda

2-masxaraboz

Karnay ovozi tinar

Tushganda nogoh salqin

Bayramga sizni chorlar

Siz sevgan  zo’rertaklar

Xo’roz qichqirig’i va ot tuyoqlarining  sasi eshitildi

Masxarabozlar

1-masxarabozBu nima gap,Ne shovqin

Nega yig’ilgan odam.

Aytgin o’rtoqjon To’lqin

Ne bo’lyapti og’ayni

2-masxaraboz

Bilmaganga solmagin

O’rtoq yaxshi bilasan.

Shoshmay sen biroz turgin

Zo’r tomosha ko’rasan!

Ko’ryapsanmi bu yerga

Yig’ilgan+ ertaklardan

Ko’plab aziz mehmonlar

1-masxaraboz

To’g’ri aytding o’rtoqjon

Zab vaqtida kelibmiz.

Ertaklar olamin

Qahramonlarin ko’rgali.

Siz ham ko’ring bolalar

Qiziq kitob bayramin

 2-masxaraboz.

Keling ertakchi ona.

Boshlab bering bayramni.

Kutib qolmasin do’stlar.

Boshlab bering bayramni

Ertakchi ona:Assalomu alaykum aziz, mehribon mehmonlar!Hammangiz ta’zimimni qabul qiling.Bilaman bu yerga kelgan barchangiz kitobsevarlarsiz.Bu yerdagi barcha narsalar siz uchun  tayyorlangan.(musiqa tovushi eshitiladi)Bu qanday tovush bo’ldi.Menimcha bu yerga ertaklarimizdan mehmonlar kelishyapti.(ertak qahramonlari kirib keladi)

ШЕХЕРАЗАДА:

Do’stlar chaling sho’x kuyni

Chorlang o’g’il  va qizni!

Bayramga tez kelsinlar,

Ertaklarni ko’rsinlar.

          Shahrizoda:                               

Uyingizga tinchlik tilaymiz aziz do’stlar.

Ibn Xattob      Assalomu alaykum!

 Ali bobo

Tezroq keling bu yerga

Shoshiling kitob bayramiga

Ertaklar darvozasida

Kutmoqda Shahrizoda

Shoshilinglar ,turmanglar

Gapni chetg burmanglar.

Ibn Xattob :     Kitob – insonning yaqin do`sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa  qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan.

Shahrizoda:Donolar donosi juda ajoyib sozlar aytdingiz Bilasizmi,  birgina  kitob yozilishi  uchun  kishilar yillab izlanishadi.   Keyin u kitoblar  qo’lingizga  yetib  kelgunga  qadar  unga ko’plab kishilarning mehnati singadi.

Ali bobo  : Hamma zamonlarda ham kitobga katta ehtirom bilan qarashgan, unga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishgan. Ocharchilik va urush yillarida kishilar nochor xolatda qolganlarida ham, uyda bor bisotlarini sotishgan, biroq kitoblarni bebaho buyum sifatida asraganlar.

Ibn Xattob : kitob kishini bemehr, beshafqat bo’lishdan asraydi, ezgu fazilatlarni tarbiyalaydi. Bobolarimiz shu narsani bilganlari uchun ham, kitoblarni juda qadrlashgan.

Hamma birgalikda:KITOB ENG MEHRIBON DO’STIMIZ

 Alibobo:Bolajonlar Sizni bu yerga Ertakchi ona taklif etganlar.

Shahrizoda:

 Ertakchi ona sizni

Kutib qoldilar qarang,

Biz ham charchadik arangDam olaylik siz bilan.

Ertakchi ona:Qadrli bolajonlar!Meni yaxshi taniysiz,ertakchi bo’laman.Bugun bu yerda katta bayram bo’layotgan ekan ,,Kitoblar  kuni ’’Bayramimizga KITOBOYNI chorlaylikchi.!».

Kitoboyim sen chaqqon,

Kelgin bu yerga shu on!

Yalmog’iz Kampir: Salom bolalar,o’quvchilar.Qani men bilan salomlashingchi?.

Ertakchi:Hech nimaga tushunmadim .Biz sizni chaqirmadik.Kechirasiz

Yalmog’iz Kampir Nima qilibdi,bir ertakda edim,boshqasiga tushib qoldim!

Ertakchi ona:Bunday qilish mumkin emas!

Yalmog’iz Kampir : Nega ekan?Bari bir bu shumtakalarhech ham kitob o’qimaslar.Bular hatto ertaklarni ham bilishmaydi.Ertak qahramonlarini tanishmaydi.

Ertakchi ona:Unday emas bu bolalar ertaklarni yaxshi ko’radilar,sevib o’qiydilar. Yalmog’iz Kampir Bunga sira ishonmayman!

Ertakchi ona:Bolalar,qani Shum kampirga bir o’zingizni ko’rsating -chi? .

Qanday kitoblarni bilasiz?                                                Klasterga yozib beringchi:

 

Fantastik kitoblar

Darsliklar                                      Ertak kitoblar

                          

 

 

Kitob turlari

 

Tarixiy                                               Ilmiy

asarlar                                               asarlar

 

 

                                                                                                                                                    Yalmog’iz Buni bilar ekansiz.Unda aytingchi qaysi ertak qahramoni o’zining uzun buruni bilan mashhur bo’lgan.?

O’quvchilar :Buratino

Yalmog’iz Kampir:Qanaqasiga,hech qanday Buratino emas,bu men Yalmog’iz kampr uzun burnim,so’yloq tishim bilan mashhurman.

Ertakchi ona:Unday dema Yalmog’iz.bolalar to’g’ri javob berishdi.Bu Buratino Aleksey Tolstoyning ,,Oltin kalitcha yoki Buratinoning sarguzashtlari.’’ Ertagidan

Keling Buratinoni davramizga chaqiraylik.     (Buratino qo’shiq sadolari ostida kirib keladi)

Buratino:Salom aziz bolajomnlar..Men ham kitobni yaxshi ko’raman.Man bitta xato qilib qo’ydim.Siz buni takrorlamang.Karlo dadam olib bergan alifbo kitobini bir dona biletga alishgan edim.Sizdan juda xursandman ,kitobxon bolalar ekansiz.

Men ham she’r yod olganman

Bilim cho’qqisi sari

Dars bo’lsa go’yo zina.

Fan quyoshi sochar nur.

Maktab qutlug’ xazina.

Chindan dars ,o’qish,g’ayrat.

Yetkazar chin tilakka.

Tashlagin dadil qadam

Yashnagan kelajakka.

                                                                                                                                                                                                                                             Yalmog’iz Kampir:Endi savolni men beraman.Qani aytingchi bilsangiz qaysi ertak qahramoni Bo’ri bilan uchrashib ,buvisini yem qilgan.?

O’quvchi;Buni yaxshi bilamiz.Bu ,,Qizil shapkacha.Bu ertakni Sharl Perro yozgan.Bilmas ekansiz Qizil Shapkachani va buvisini ovchilar qutqarishadi.

Ertakchi ona:Bunga nima deysiz, Yalmog’iz?.Bolalar keling Qizil Shapkachani davraga chorlaymiz.Qo’shiq sadosi ostida Qizil Shapkacha kirib keladi.

  Yalmog’iz Kampir:Yaxshi ,oxirgi savolim shuni ham bilsangiz taslim bo’lib, qaytib ketaman.  Bir qizchani bilaman, uning ikki opasi bor.U mehnatsevar,malikaga aylanadi.Bu qaysi ertak?

O’quvchi :Bu ,KULOYIM.Ertakni Gans Andersen  yozgan.

Davraga raqsga tushib kirib keladi,so’ngra she’r aytadi.

 Dono,aziz bolalar

Bog’dagi gul lolalar.

Keldim bayramga men ham

Bundan xursandman biram.

Keldim sizga sovg’a bilan

Esdan chiqmasin bu g’avgo bilan.

Eslatib qo’ying manga

Quvonarsiz siz   unga.

Yalmog’iz Kampir:Meni kechiring siz kitobxon ekansiz.Sizga halal bermayman.Kitobni yashirib qo’ygandim.Hozir qaytarib beraman

Sinfga Kitob kirib keladi:

Kitob

Tanishaylik, men kitob,

Asl ilmlarga kon.

Boylik beray behisob,

Bo’lsang agar qadrdon.

Lekin yirtib, burdalab,

Kamaytirma varag’im.

Sendan yana bir talab,

Iflos qilma hech yog’im.

Kitob o’zi bir olam,

Vatan ichida vatan.

Kitobni ko’p o’qigan

Dono bo’lar hammadan.

Kitobimda qo’zichoq

Dikir-dikir chopadi.

Quvsam, qochib o’sha choq

Onasini topadi.

Har so’zni kitobimdan

Lola kabi teraman.

Ustoz-muallimlarga

Sovg’a qilib beraman.

Bolajonlar!Sizdan juda xursandman.Bayram tashkil etibsiz.Har bir kitob uni o’qishsa xursand bo’ladi.Sizni bilimingizni ko’rib hayratda qoldim.

 Ertakchi ona Bu hali hammasi emas.Bolalarimiz siz haqingizda she’rlar yodlab ,raqslar tayyorlashgan.Marhamat uni tomosha qiling

She’rlarga navbat beramiz.

TANGRIBERGAN

Darsliklar
«Kitob-oftob» nomli tadbir ssenariysi