Kitob matn

Kitob matn

yangi material — pergament tayyorladilar. Usmon Qur’oni Toshkentda O‘zbekiston Yunoniston va Qadimgi Rimda papirus va permusulmonlari idorasi kutubxonasida saqlagament juda qimmatbaho material bo‘lganligi nadi.

KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYATI muammolar yechimi o‘z qo‘limizda

Ayni kunda kitob mutolaasi kerakmi, yo‘qmi, degan savolni qo‘yish xuddi tashna odamga suv ichasanmi, degan savolni berishga o‘xshaydi. Zero, o‘qish, ilm olishga intilish azal-azaldan xalqimiz fitratida mavjud. Davrlar evrilishi g‘alati, bizlar kitob o‘qishga mukkasidan ketgan 70-yillarda, ota-onalarimiz “Ko‘p kitob o‘qima, miyang suyulib ketadi”, deb tanbeh berishardi. Bugungi yoshlarga kitob o‘qishni gapirsang, ensasi qotadi. Ammo biz bu o‘rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar jamiyatda bilim-ma’rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganidan quvonishimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida katta siljishlarning debochasi bo‘lishiga astoydil ishonib turibmiz. Ayniqsa, bu o‘rinda xorij tajribasini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga talabni o‘rganish kabi masalalarning ko‘tarilgani g‘oyatda tahsinga loyiqdir.

Darhaqiqat, har bir inson dunyoga kelar ekan, atrof-muhitga, o‘zi o‘sib-ulg‘aygan jamiyatga tafakkur nigohi bilan boqib, undan ibrat oladi, xulosalar, fikr-tushunchalar bilan boyiydi va shularga tayangan holda inson bo‘lib shakllanadi. Chinakam badiiy adabiyot ana shu fikru xulosalarni benihoya go‘zal bir tarzda ifoda etadi, eng ta’sirchan, unutilmas voqealar vositasida teranlashtiradi, mustahkamlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot odam bolasida chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Unutmasligimiz kerakki, shaxsiyati mazkur mezon va fazilatlardan mosuvo kimsa halol va yaxshi ishchi yoki xizmatchi tugul, tom ma’nodagi inson ham bo‘la olmaydi. Fuqarolarida ushbu mezon va fazilatlar shakllanmagan jamiyatda esa sof ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning bo‘lishi mumkin emas. Bunday jamiyatni bir-birini aldovchi, talovchi, bir-birining haqini yeyishdan qo‘rqmaydigan beshafqat olomon, desak, sira-sira xato qilmaymiz.

Achchiq bir haqiqatni tan olaylik, ayni paytda ko‘pchilik mutolaa qilishga ajratiladigan vaqtini bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib ketgan seriallarga, ko‘ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak o‘yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo‘lsa, o‘qishni xohlashmayapti.

Yana bir gap, bugungi kunda biz farzandlarimiz kitobdan uzoqlashib borayapti, degan gapga yopishib olib, bunda darrov zamonaviy texnika va texnologiyalarni, internetni ayblashga tushamiz. Holbuki, globallashayotgan dunyoda butun insoniyat texnikadan unumli foydalanmoqda, lekin ular kitoblarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotni aslo chetga surib qo‘yishayoganlari yo‘q. Kitobxonlik darajasi borasida jahon mamlakatlari reytinglarini ko‘rib chiqib, bunga ishonch hosil qilasiz. Xorijda ushbu muammoni hal qilish yo‘llari avvalgidan qizg‘inroq, jiddiyroq yo‘sinda olib borilmoqda. Turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan uchrashuvlar, kitob bayramlari sifati ortib bormoqda. O‘rta maktablar dasturiga mutolaa bo‘yicha maxsus darslar kiritilmoqda. Bu darslarda o‘quvchilarda kitobga muhabbat, matnni tushunib, to‘g‘ri talqin qilish, eslab qolish ko‘nikma va malakalari shakllantirilmoqda. Buning natijasida AQSh, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya mamlakatlarida kitobxonlar soni ancha ko‘paygan.

Bugun kitob do‘konlarimizda, axborot resurs markazlaridagi kitoblar orasida durdona milliy yodgorliklarimizdan – “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Temur tuzuklari”, “Xamsa”, “Boburnoma” singari asarlarni uchratish amrimahol. Zamonaviy, iste’dodli shoirlarimizning she’riy kitoblari ham sotuvlarda deyarli yo‘q hisobi. Alisher Navoiyning yigirma jilddan iborat asarlari ma’lum bir tirajlarda bosilib chiqdi. Ammo nazarimizda bular kam, chunki Navoiy nafaqat maktab va institut kutubxonalari, balki har bir o‘zbek xonadonida bo‘lishi zarur. Navoiyni qo‘ya turing, hatto Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani har yuzta o‘quvchidan bir yoki ikkitasiga to‘g‘ri kelayotganiga nima deysiz?! Qodiriyning eng mashhur asari shunchalik kam tirajda bosilayotgan ekan, boshqalar haqida gapirmay qo‘ya qolaylik.

Kitob savdosi va narxi eng og‘riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo kitob kartoshka yoki piyoz emas, kitob bu kitob. Uni bir kunda yoki bir oyda sotib, ayniqsa, undan tezda foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Kitoblar taqchilligi borasida gap ketganda avvalo narx muammosiga duch kelamiz. Ochig‘i, bizda kitoblar qimmat, qolaversa, hammasi kelishilgan narxlarda. Toshkentda o‘n ming so‘m turgan kitob Buxoro yoki Surxondaryoda ikki-uch baravar qimmat sotilyapti. Bu ham kitobxonlarnng shashtini ancha pasaytiradi, kitob narxi siyosatida ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, demak, kitoblar mazmunan yuksak saviyada, sifatli, arzon hamda qat’iy narxlarda bo‘lishi kerak.

Hozir televizor va matbuotda chiqish qilayotgan ko‘pgina noshirlar, mutaxassislar bu borada aniq takliflar berishga ojizlik qilishyapti. Bizningcha, buning yechimi bor, bu ham bo‘lsa, adabiy doirada e’tirof etilgan, mutaxassislar tavsiya etgan kitoblarni yirik tirajlarda chop etish. Takror bo‘lsa-da aytamizki, muallif, kitob va kitobxon o‘rtasidagi uzilishni tiklash uchun bosilayotgan kitoblarning adadini qo‘rqmasdan oshirgan holda kitob bahosini tubdan arzonlashtirish lozim. Bunday kitoblar do‘konlarda uzoq vaqt turib qolmaydi. Qolaversa, kitob mualliflari bo‘lgan zahmatkash ijodkorlar ham mehnatiga yarasha qalam haqi, ya’ni rag‘bat oladi. Moddiy va ma’naviy rag‘bat esa ularni yanada yaxshi asarlar yozishga, kerak bo‘lsa, o‘z asarlari bilan dunyo adabiyotiga chiqishga undashi turgan gap.

Xullas, kitob chiqarish va sotish borasida murakkabliklar va chalkashliklar juda ko‘p. Oddiygina misol, bir ijodkor tanishimiz o‘tgan yili nufuzli nashriyotda o‘z hisobidan kitob chiqardi. Nashriyot kitoblarni chiqarib berishga berdi-yu, ammo muallif bir necha yillar mehnat qilib yozgan kitobini endilikda kimga, qaerda sotishni bilolmay hayron. Albatta, muallif bir necha kitob do‘konlariga ham murojaat qildi, lekin kitob do‘konlari ham jismoniy shaxsdan kitob olishni ma’qul ko‘rmadi, shekilli, sotib olishni istashmadi. To‘g‘risi, bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda aniq taklif shuki, respublika bo‘yicha kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan, shuning uvol-savobiga javob beradigan muassasa bo‘lishi lozim.

Bizda hozir ta’lim tizimida o‘n mingdan ziyod maktab, 1800 ta kollej, 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bor. Xo‘sh, bugun Xalq ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ularning joylardagi boshqarmalari tomonidan insonni tafakkurga chorlaydigan birorta nasriy yoki she’riy kitobga o‘n ming yoki yigirma ming nusxada buyurtma tushayaptimi? Holbuki, nashr etilayotgan kitoblardan o‘n mingtasini Xalq ta’limi tizimi olganda ham har bitta maktabga atigi bittadan kitob to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda kitoblar saviyasi va albatta, mualliflar masalasiga ham to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bugun axborotlar oqimi nihoyatda katta, cheksiz. O‘quvchi shu axborotlar orasidan eng saralarini, o‘ziga ma’qulini, muhimini tanlab, saralab olib o‘qishi kerak. Buning uchun eng yaxshi asarlar yuzasidan xolis ilmiy munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar olib borilishi maqsadga muvofiq. Yaxshi kitoblarning televidenie, OAVdagi targ‘ibot va taqdimotlari ham ayniqsa, katta samara beradi. Albatta, qaysi asarni o‘qish har kimning shaxsiy ishi. Birovni zo‘rlab bunga qiziqtirib bo‘lmaydi. Lekin afsuski, bugun iste’dodli shoir yoki adib kitobini chiqarolmay, chiqargan taqdirda ham sotolmay o‘tirgan bir paytda adabiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q kimsalar badiiyatdan yiroq, hatto insoniy odob-axloqqa zid bo‘lgan jild-jild kitoblarni chop etib, do‘konlaru maktab va kollej o‘quvchilarini o‘z “ijod”laridan bahramand etishmoqda. Ko‘plab xususiy nashriyotlar kitobning nonday aziz va pokligiga putur yetkazib, maza-matrasiz, imloviy xatolar g‘ij-bij kitoblarni chiqarish ishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Alal-oqibatda bu bir jihatdan zukko yoshlarni kitobdan bezdirib qo‘ysa, ikkinchidan odamlarning tarbiyasiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunga esa aslo loqayd qarab bo‘lmaydi. Bizningcha, umuman, ta’lim maskanlaridagi kutubxonalarga badiiy adabiyot niqobi ostida soxta va sayoz narsalarni turli yo‘llar bilan kirib kelishiga zinhor yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan o‘zgartirish uchun avvalo, ziyoli o‘qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya’ni kitob targ‘ibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli bo‘lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish kerakki, kitob chiqarish va sotish bu cho‘ntakni qappaytirish yoki biznes qilish emas. Kitoblar qaysi janr yoki mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, u ma’naviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan to‘la-to‘kis anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to‘ldirish mumkin, lekin ma’naviy ziyonni qoplab bo‘lmaydi. So‘zning, adabiyotning qadrini qanchalik yuksak ko‘tarsak, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz shunchalik yuksaladi. Mana shunda chalasovodlikdan xalos bo‘lamiz, mana shunda bolalarimiz jinoyatchilik, turli bema’ni oqimlar ko‘chasidan ming chaqirim uzoqda bo‘ladi. O‘zining kimligini, o‘zligini bilgan inson ota-ona, ona Vatan, vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo‘ladi.

Kitob tafakkur qanotidir, degan edi alloma adibimiz Oybek. Biz bugun yangi davrga qadam qo‘ydik. Dunyo yana ilmga, tafakkur — intellektga intilmoqda. Zero, insoniyat uchun faqat va faqat tafakkurgina najot bo‘la oladi. Chindan ham ulug‘ va mo‘’tabar kitoblar insoniylik, halollik, shafqat va imon urug‘larini qalbimizga ekadi. Bizni olamshumul kashfiyotlar, buyuk bunyodkorliklar sari da’vat etadi. Mushkul onlarimizda bizga hammaslak va do‘st bo‘lib to‘g‘ri va oqil yo‘lni ko‘rsatadi. Shu boisdan hayotimizda “o‘qimishli inson” degan ibora boshqacha jaranglaydi.

Olim, ziyoli insonlarni izzat-hurmat yuzasidan uyimizning to‘riga o‘tkazsak, bilimsiz kishidan biror xatolik o‘tganda “ha, endi, kitob ko‘rmagan bir bechora-da”, deya aybini kechirib yuboramiz. Dunyo bizga havas bilan boqadigan o‘qimishli va kitobxon mamlakat bo‘lishimiz uchun kitoblar shunchaki javon bezagi emas, balki ko‘nglimizning bebaho mulkiga aylanishi kerak. Shundagina farzandlarimiz qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirib, ularni komil inson qilib tarbiyalashimiz mumkin.

Abdumajid AZIMOV,

Adiba UMIROVA

“Hurriyat” muxbirlari

Китоб ҳақида қизиқарли фактлар

— Имом ал-Бухорий 600000 ҳадис тўплаб, шундан 100000 саҳиҳ, 200000 заиф ҳадисни ёдлаган. Бу ҳадисларни тўплашда 90000 дан ошиқ кишининг ҳузурида бўлиб чиққан.

— Аёллар эркакларга қараганда кўп (68 %) китоб сотиб оладилар.

— Дунёда сотиладиган китобларнинг ярмидан кўпини 45 ёшдан ошган кишилар сотиб оладилар.

— Италиялик Рио Козелли энг зерикарли китобларни тўплайди. Унинг коллекцияси 10000 жилддан иборат. Бир омадсиз итальян шоири китоби Козелли коллекциясидан ўрин олганини билгандан сўнг, ўзини ўзи ўлдиришига бир баҳя қолган.

— Қамоқда ёзиш режаси тузилган китоблар орасида Сервантеснинг «Дон Кихот», Жон Баняннинг «Авлиёнинг саёҳати», Оскар Уайльднинг «Қамоқдаги истиғфор», Николо Макиавеллининг «Ҳукмдор» асарлари мавжуд.

— Битта роман ёзиш учун 500 соат кетади.

— Жамоа билан китобни овоз чиқариб ўқиш бўйича энг узоқ давом этган марафон 224 соат кечган.

— Фанда китоб ўғриларини библиоклептоман дейилади. Дунёдаги энг машҳур китоб ўғрисининг исми — Стивен Блумерг. У 270 кутубхонадан 23000 нодир китобларни ўғирлаган. Унинг «коллекция»си нархи 20 миллион доллардан ошади.

— Дунёдаги энг катта луғат «Немис луғати» («Deutsches Wortetbuch») бўлиб, у 1854 йили Якоб ва Вильгельм Гримм томонидан бошланган. Бу ишга кейинчалик турли олимлар ҳисса қўйшиб, 1971 йили якунланган. 33 жилдли ушбу луғат 34519 бетдан иборат.

— Барча замон ва халқларнинг энг машҳур ёзувчиси Агата Кристидир. Унинг детектив ҳикоялари 50 дан ортиқ тилда ҳаммон чоп этилмоқда. Кристининг нашр этилган китоблари нусхаси 2 миллиарддан ошади.

— Дунёдаги энг оғир китоб Британия музейида сақланувчи XVII асрга оид географик атласдир. Унинг бўйи 1,9 метр, оғирлиги 320 килограммдир.

— Google дунёда чоп этилган барча бадиий, публицистик, илмий асарлар сонини ҳисоблаб чиққан. Уларнинг сони 130 миллиондан ошади.

— Наполеон дақиқасига 2000 та сўзни ўқий олган.

— Дунёдаги энг машҳур китоб қаҳрамони — Наполеондир. У ҳақда 10000 дан ортиқ турли жанрдаги китоблар ёзилган.

— 95 % инсонлар дақиқасига 210 сўз ёки 2 дақиқада 1,5 саҳифа китоб ўқийдилар.

— Бальзак ярим соатда 200 бет китоб ўқиган.

— Маълумки, қадимда китоб жуда қиммат бўлган. 18-асргача баъзи кутубхоналарда китоблар ўғирланмаслиги учун занжирга боғлаб қўйилган.

— Китобни секин ўқилганда 100 фоиз матн тушунилмайди, фақатгина 60 фоиз англанади, аксинча, тез ўқилганда матннинг 80 фоизи тушунилади.

— Аксарият ўқувчилар китобнинг 18-бетидаёқ унга қизиқишни йўқотадилар.

— Дунёдаги энг катта гонорар Рим императори Марк Аврелий томонидан шоир Оппианга тўланган. Унинг балиқ тутиш ва ов ҳақидаги достонининг ҳар бир сатри учун 1 олтин танга ҳадя қилинган. Унинг икки достони 20 000 байтдан иборат.

— Адабиётчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, Шекспир асарларидан «севги» сўзи 2259 марта, «нафрат» сўзи эса 229 марта такрорланган.

— Болани ўқишга ўргатиш учун энг қулай пайт — 4-6 ёшлик пайтидир. Болани 7 ёшдан ўқишга ўргатиш бироз қийин кечади.

— Бастилия маҳбуслари фақатгина одамлар бўлмаган. Бир марта Дидро ва Д`Аламбернинг «Француз энциклопедияси»ни дин ва жамият ахлоқига зарар келтиргани учун «қамаб қўйганлар».

— Дунёдаги энг қиммат бадиий асар Леонардо да Винчи томонидан кўчирилган «Лейчестер кодекси» китобидир. Уни «Майкрософт» асосчиси Билл Гейтс 1994 йили Нью-Йоркдаги «Сотбис» аукционидан 30,8 миллион долларга сотиб олган.

— Дунёдаги энг катта китоб ҳолида чоп этилган мажмуа Ирландия университети томонидан 1968-1972 йилларда чиқарилган 1112 жилдли «Британия парламенти ҳужжатлари»дир. Тўлиқ мажмуа 3,3 тоннани ташкил этади. Уни тўлиқ ўқиб чиқиш учун 6 йил кетади.

— Дунёдаги энг қадимий китоб Присс папирусидир. У эрамиздан аввалги 3350 йили ёзилган. Ушбу қўлёзма уни 1839 йили Фивадан топган Эмиль Присс шарафига шундай номланган. Қўлёзма муаллифи — фиръавннинг вазири Пта-Готеп. У ёшларнинг тарбиясизлиги, дангаса ва ахлоқсизлигидан нолиган.

— Ҳозирги пайтда дунёдаги энг катта китоб — «Бу — Муҳаммад (с.а.в.)» деб номланган бўлиб, оғирлиги 1,5 тоннадир. Китоб 429 саҳифадан иборат. Уни 9 ой давомида 50 киши тайёрлаган. 2,7 миллион доллар сарфланган. Китоб Дубайдаги савдо марказида сақланади.

— Машҳур голланд врачи Герман Бурхавенинг «Тиббиёт санъатининг ягона ва теран сирлари» номли китоби муаллиф ўлимидан сўнг 1738 йили 10000 доллар олтинга аукционда сотилган. Бежирим безалган ва ғилофланган китоб очилганида унинг барча саҳифалари бўш эди. Фақатгина илк саҳифасида шундай ёзилган эди: «Бошингни совуқда қолдирсанг ҳам оёғингни иссиқ тут. Шундагина сен энг зўр врачларни ҳам камбағал қиласан».

KITOB haqida

KITOB haqida Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo’lgan, bu davrda u turli xil ko’rinishda bo’lgan. Bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar kitobni loydan tayyorlashgan. Buning uchun ular yumshoq loydan tayyorlangan taxtachalarga uchli yog’och bilan maxsus belgilartushirishgan. So’ngra uni oftobda quritishgan yoki olovda

pishirishgan. Kitoblar, hatto kutubxonalar mana shunday maxsus loy taxtachalardan tashkil topgan. Shoh Ashshur- banipal (miloddan avvalgi 7-asr)ga qarashli shunday kutubxonani yuz yil muqaddam qadimgi Ossuriya davlatining poytaxti bolgan joydan qazib topishgan.

Xitoyda esa dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga yozishgan. Keyinchalik ular o‘z kitoblarini mo‘yqalam (cho‘tkacha) va tush bilan ipakka, milodiy 2-asrdan boshlab qog‘ozga yozishgan.

Qadimgi Misrda kitob matnlarini tosh taxtachalarga o‘yib yozishgan. Keyin papirusni ixtiro qilganlar. Presslangan qamish plastinkalarni bir necha o‘n metrgacha uzunlikdagi tasma shaklida yelimlashgan. Ularni o’rog’liq holda saqlaganlar. Misr papiruslaridan deyarli ikki ming yil davomida Yunoniston va Qadimgi Rimda yozish uchun yaxshi material sifatida foydalanishgan. Misrning Iskandariya shahridagi kutubxona qadimgi dunyodagi eng katta kutubxona hisoblangan.

Miloddan avvalgi 2-asrda Pergam podsholigidagi ustalar yozuv uchun hayvon terisidan

Bolalar uchun nashr etilgan kitoblar.

yangi material — pergament tayyorladilar. Usmon Qur’oni Toshkentda O‘zbekiston Yunoniston va Qadimgi Rimda papirus va permusulmonlari idorasi kutubxonasida saqlagament juda qimmatbaho material bo‘lganligi nadi.

uchun xomaki matn va xatlarni uchi o’tkir Qog‘ozning kashf etilishi kitob tarixida tayoqcha bilan ustiga mum surtilgan taxtachayangi davr ochdi. Ilk o‘rta asrlarda 0‘rta ga yozganlar. Osiyo va Xitoyda qog‘oz tayyorlash ancha

yida saqlanadi. Pergamentga bitilgan Kitoblar har xil hajmda bo’lib, qadimgi noyob kitob namunalaridan biri — ba’zilarining balandligi bir yarim metrdan

ham oshadi. Uni bir kishi ko’tara olmaydi ham. Shuningdek, mitti kitoblar ham bor: ayrimlari gugurt qutichasiday kelsa, boshqasi pochta markasi hajmidadir. Kitoblar qanday o’quvchilar ommasiga mo’ljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi bo’lishi mumkin. Shuningdek, ilmiy-ommabop, o‘quv, adabiy-badiiy va boshqa xil kitoblar- ga bo’linadi. 0‘quv kitoblari darslik, o‘quv qo’llanmasi, o‘quv-uslubiy qollanma kabi turlarga ajratiladi.

Qadimda risolalar qo’lyozma tarzida tayyorlangan. Qo’lyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa ko‘chirishgan, naqqoshlar bezak ‘bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib kitob ho- liga keltirishgan. Zardushtiylik dinining muqaddas yozuvlari to’plami sifatida bizgacha yetib kelgan kitob — «Avesto» teriga yozilgan. Hozir fanda ma’lum bolgan «Avesto» milodning 6-asriga, ya’ni shoh

Kitob bosish sexi.

Xisrav I davriga oid. Unda 0‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjonga doir ma’lumotlar aks ettirilgan. Birinchi bosma kitoblar ksilografik (yunoncha «ksilo» — «daraxt» va «grafo» — «yozaman» so’zlaridan) kitoblar deb atalgan. Ularni quyidagicha tayyorla- ganlar: tekis yog‘och taxta ustiga matnning teskari (aks) tasvirini yozganlar. Usta o‘tkir pichoqda ehtiyotlik bilan yog’ochni o’yib yozgan. Natijada matnning qavariq tasviri hosil bo‘lgan. Unga bo‘yoq surkab, ustiga pergament (maxsus ishlov berilgan buzoq terisi) yoki qog‘oz bostirilgan va bo‘yoq yog‘ochdan varaqqa o‘tgan. Xuddi shu usulda gravyuralar ham tayyorlangan (gravyura to‘g‘risida siz «Grafika» maqolasidan o‘qib olishingiz mumkin).

Bunday kitoblarni tayyorlash juda qiyin bo‘lgan, chunki yog’och taxtalarga bir necha o‘n ming harfni o‘yib ishlashga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun kishilar uzoq yillar davomida alohida harflardan iborat bosma shaklni yaratishga intilganlar. Shunday kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041 —48-yillarda amalga oshirilgan.

Yevropada bosma kitob ixtirochisi logann Gutenberg bo‘ldi. Uning hayoti to’g’risida ma’lumotlar juda oz. Biz ixtirochi Germaniyaning Mayns shahrida 1394- 99-yillar orasida tug’ilganligini, Strasburg shahrida usta bo’lib ishlaganligini bilamiz, xolos. Gutenberg o‘z ixtirosini yashirincha tayyorlagan.

Xo’sh, Gutenberg nimani ixtiro qildi?

Gutenberg yog‘ siqib chiqarish uchun mo‘ljallangan oddiy pressni bosmaxona dastgohiga aylantirdi va uni kitob bosishga moslashtirdi. Ammo asosiy narsa bunda emas, balki matndan xohlagan miqdorda nusxa ko‘chirishga imkon beruvchi bosma shaklni ixtiro etganligida. Bu ixtiro tezda butun dunyoga yoyildi. 15-asr oxiriga kelib Yevropaning o‘nlab shaharlarida kitoblar bosilib chiqdi. Bu birinchi kitoblarning ko’pi saqlanib qolmadi.

Kitob bosish jarayoni yildan yilga asta- sekin takomillashib bordi. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868-yil Turkiston harbiy okrugi shtabi (Toshkent) da chiqarildi. 0‘zbek tilida nashr etilgan birinchi kitob Shohimardon Ibrohimovning «Kalendar» («Taqvim») kitobi (1871) bo‘ldi. 1874-yil Xiva shahrida Muhammad Rahimxon (Fe- ruz) tomonidan toshbosma (litografiya) qurildi va u yerda 1880-yillardayoq ancha kitoblar bosildi. 1883-yilda Toshkentda ham birinchi marta toshbosma usulida kitob chiqarildi. Shundan so‘ng O‘zbekistonning ko‘p shaharlarida birin-ketin bosmaxonalar tashkil etildi. Hozir O‘zbekistonda 1300 dan ziyod matbaa korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda (2009).

Qiziqarli malumotlar
Kitob matn