Kitob ma’rifat chiroģi matn

Kitob ma’rifat chiroģi matn

Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri bo’lgan ushbu tanlov, joriy yil yana o’zining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.

Kitob – aql chirog’i, tafakkur qanotidir

Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri bo’lgan ushbu tanlov, joriy yil yana o’zining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.

Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da boʻlib oʻtgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovi, nafaqat eng zukko va bilimdon kitobxonlarni aniqlovchi tanlov balki, barcha yurtdoshlarimiz uchun maʼnaviyat sarchashmasi, insonlarning ong va tafakkurini boyituvchi, ruhiyatiga ozuqa beruvchi, yuksak saviyada oʻtkazilgan katta bayram tantanasi boʻldi. Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri boʻlgan ushbu tanlov, joriy yil yana oʻzining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.

— Ona tabiatni oftob isitsa, inson qalbini kitob ilitadi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxanova. — ­Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning toʻrtinchisi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishdan iborat. Yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanloviga 2017-2020-yillar davomida 2 million 470 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Bugungi kunga qadar tanlovning respublika bosqichida 164 nafar yigit-qiz ishtirok etdi va shundan 8 nafar tanlov gʻoliblari Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomashinasini sovrin sifatida qabul qilib oldi. Bu yil tanlovning respublika bosqichi doirasida ilk bor nishonlanayotgan “Kitobxonlik haftaligi” ham oʻziga xos ruhda oʻtkazildi. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibiga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Avvalgi yillarda ikkinchi oʻrinni egallagan gʻolibga kompyuter jamlanmasi, uchinchi oʻringa 200 dona kitob sovgʻa qilingan boʻlsa, bu yil mos ravishda 30 million va 15 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yana-da oshirish va mutolaa muhitini shakllantirishda mazkur tanlovning oʻrni beqiyos. Shu bois, unda ishtirok etuvchilarning soni yildan-yilga koʻpayib bormoqda. “Yosh kitobxon” tanlovi 10-14, 15-19, 20-30 yoshlar toifasida toʻrt bosqichda tashkil etildi. Tanlovda ishtirok etish uchun 300 ming nafarga yaqin yosh onlayn ariza topshirdi.

Har bir hududdan 3 nafar yosh toifasi boʻyicha bir nafardan, jami 42 nafar gʻolib poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazilgan respublika final bosqichida 5 ta “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob”, Sheʼriyat”, “Buyuk mutafakkir va adib”, “Erkin ­mavzu” shartlari asosida oʻzaro bellashdi.

Tanlovning 10-14 yoshlilar orasida birinchi oʻringa Muhammadfozil ­Ismoilov (Fargʻona viloyati), 15-19 yoshlilar orasida Maftuna Umarova (Toshkent shahri), 20-30 yoshlilar orasida esa andijonlik Fotima Mamataliyeva munosib deb topildi.

— “Yosh kitobxon” Respublika tanlovi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kitobxonlarni ragʻbatlantirish, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida oʻtkazilayotgan tanlov boʻlib, toʻrtinchi marotoba oʻtkazildi, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov. — Men toʻrt yil davomida shunga amin boʻldimki, yildan-yilga yosh kitobxonlarning saviyasi, dunyoqarashi, fikrni ifoda etish tarzi koʻp jihatdan ijobiy tarafga oʻzgarmoqda. Tanlovning Nizomi takomillashib borayotganini ham alohida taʼkidlashni istardim. Deylik, bu yil ishtirokchilar 2 ta yangi shart boʻyicha ham bellashdilar. Ularning javoblarini tinglar ekanman, bugungi kitobxonning maʼnaviy saviyasi nihoyatda yuksalib borayotganligidan mamnun boʻldim. Mazkur tanlov kelajakda, albatta, oʻzining ijobiy natijasini beradi. Binobarin, oʻtgan yili gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ikki nafar yosh kitobxon qoraqalpogʻistonlik Shahzoda Karimboyeva hamda samraqandlik Mohiniso Shomurodova bu yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan ham taqdirlandi. Bu, tanlov, yoshlarga maʼnaviy quvvat, ragʻbat, kuch va eng asosiysi, qalb tozaligi va fikr teranligini beradi.

Ha, kitob qalb chirogʻi, tafakkur qanotidir. Zero, kitob — insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi, fikrlash quroli, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni aziz, moʻtabar va muqaddas deb biladi.

Maftuna UMAROVA, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich talabasi, tanlov gʻolibi:

— Qalbimdagi quvonch va cheksiz baxtiyorlik hissini hozir til bilan ifodalashga ojizman. Faqat bir narsani baralla aytishim mumkin: kitob oʻqish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochguvchi omad kalitidir. Bugun yana bir bor ilm-fan Vatanining farzandi ekanligimdan va bizga gʻamxoʻrlik koʻrsatuvchi davlatimiz rahbari borligidan mamnun boʻldim. Bu tanlov barcha tengdoshlarim qatorida oʻzimga boʻlgan ishonchni mustahkamlash barobarida yana-da koʻproq kitob mutolaa qilishga, izlanishga undaydi. Olgan mukofotim yoki gʻolibligim uchun emas, koʻproq onamning yuz-koʻzlarida aks etgan shodlik uchqunlari, Oʻzbekiston degan hur va ozod diyorda tugʻilganim uchun shukronalar keltiraman. Bu yuksak ishonchni oqlash uchun yana-da koʻproq harakat qilaman.

Gulichehra DURDIYEVA,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri

Ma’naviyat inson ong-u tafakkurini yoritadi

Mening nazarimda, insoniyat dunyosining buyuk bir yoritqichi –ma’naviyat chirog‘i bor. Bu chiroqning boshqalar i dan farqi shuki, u insonning ongi va tafakkurini yoritadi, qalbi, vijdonini uyg‘otadi, fidoiylik hissini kuchaytiradi .

Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekiston strategiyasi

k itobidan .

Yaqindagina nashrdan chiqqan “ Yangi O‘zbekiston strategiyasi ” kitobini varaqlar ekanman , davlatimiz rahbarining ona Vatanga cheksiz muhabbatini, xalqimizga g‘amxo‘rligi, yoshlarimizga otalarcha mehr-e’tibori, yurt ravnaqi yo‘lidagi izlanishlari, fidoiy va betinim mehnatlarini his qildim.

Keyingi yillarda “ Davlat – inson uchun ” tamoyili har birimizning ong-u shuurimizga singib bormoqda. Yangilanayotgan O‘zbekistonning d unyo hamjamiyatida nufuzi ortayotgani, jahon xalqlari ning vatani mizdagi farovonlikka, har bir fuqaroning hayoti davlat muhofazasida ekan iga havas da ligi ko‘nglimizni ko‘taradi. Kitobning “ Xalqparvar davlat ” , “ Adolatli ijtimoiy siyosat ” , “ Ma’nav iy taraqqiyot ” bo‘limlarida aynan bu haqiqat yorqin ochib berilgan.

Asarda ma’naviy yangilanish, imkoniyat va istiqbollar to‘g‘risida shunday hikmatlar keltirilgan : “ Biz uchun ma’naviyat – insonlar o‘trasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo‘lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda , ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir ” .

Mustaqillikka erishilgach, xalqimiz o‘zining betakror tarixi, madaniyati, o‘ziga xos milliy qadriyatlari – katta ma’naviy boylik ekanini chuqur anglab yetdi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy meros va milliy qadriyatlardan iborat kuchli ma’naviyat bugungi kunda ham inson kamoloti, yoshlar barkamolligi uchun xizmat qilmoqda.

Har bir insonning o‘z ma’naviy olami bor. Xuddi shunday, har bir millat, xalq ham o‘z milliy qahramonlari, adabiyot i va san’at i bilan faxrlanadi. Men o‘zim ulg‘ayib o‘sgan muhitda o‘zbek xalq ertaklari, qoraqalpoq xalq dostonlari, keyinchalik mumtoz adabiyotimiz durdonalari tafakkurimni boyitdi.

Istiqlol davrida qoraqalpoq xalqining baxshi-jirovchilik maktabi orqali dostonlar bilan qadim tarix yangi hayotga kirib kela boshladi . Bu jarayonni ma’naviyat tushunchasining bir qirrasi deb tushunamiz. Men elimga xos insoniy fazilatlar: ochiq ko‘ngillik, do‘st-birodarlik, mehmondo‘stlik, bag‘rikenglikni alohida aytib o‘tgim keladi. Bu fazilatlar ham – ma’naviyatdir va xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan kishi bu yurtdagi tabiat bilan har bir inson qalbining uyg‘unligini his qiladi.

Kitobda yana shunday jumlalar bor: “ Biz g‘ururi, oriyati , ma’naviyati baland xalqmiz . Bu, hech shubhasiz, katta boylik. Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelgan bu boylikni yo‘qotib qo‘ysak, kelgusi avlodlar bizni aslo kechirmaydi. Aksincha , bu fazilatni xalqimizni, millatimizni birlashtiradigan eng kuchli tamoyilga aylantirishimiz kerak. Negaki, milliy g‘ururi baland xalqning qadr-qimmati ham baland, ma’naviyati, irodasi kuchli bo‘ladi. Bunday xalq bilan har qanday buyuk maqsadlarga yetish mumkin ”.

Jamiyatda ma’naviyat har bir insonning ong-tafakkurida, eng avvalo, tug‘ilib o‘sgan yurtiga mehri, ota-onasiga hurmat-ehtiromi, biradorlik, do‘stlik, bag‘rikenglik singari insoniy fazilatlarni qadrlashi va amal qilishi bilan mustahkamlanadi, deb aytish mumkin. Ayniqsa, bu masalada yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish ham muhimligi kitobga alohida mazmun baxsh etib turibdi.

Yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, islohotlarga daxldorligini oshirish yuzasidan ulkan ishlar olib borilmoqda. Zero, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Prezidentimiz ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgach, yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari davlat siyosati darajasida e’tiborga olindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan alohida va uzluksiz e’tibor berilayotgan masala ma’naviyat va ma’rifat bo‘lgani holda, boy tarixiy-madaniy merosimiz qadr-qimmatini o‘rniga qo‘yish, uni chuqur o‘rganish, undan ta’lim va tarbiyadek o‘ta zarur va nozik sohada unumli foydalanishga urg‘u berib kelinayotgani ham haqiqatdir.

“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi har birimizni yanada fidoiy, vatanparvar, yuksak ma’naviyatli bo‘lishga, xalqqa sidqidildan xizmat qilishga chorlaydi.

Guliston ANNAQILIChEVA,

Qoraqalpoq adabiyoti gazetasi b osh muharriri,

Oliy Majlis Senati a’zosi

Qiziqarli malumotlar
Kitob ma’rifat chiroģi matn