Kitob ma’rifat chirog’i matn
Юқори синф ўқувчилари қалбида китобга меҳр уйғотиш учун педагогнинг ўзи юқори касбий маҳоратли, нутқи равон, мавзуларни оптимал йўллар билан тушунтира олувчи, ижодкор ва ташаббускор, ўқувчилар билан таълимий ҳамкорликда ишлай оладиган, уларни мустақил ва мантиқий фикрлашга йўналтирувчи бўлиши керак.
Kitobning hayot chirog`i ekanligini isbotlovchi 10 isbot
O’zini hurmat qila biladigan har qanday aqlli inson sizga kitob o’qish odati o’zini-o’zi iroda qilish va o’z maqsadlariga erishishda juda katta yordami tegadi, deb uqtiradi. Kitob o’qishni qadrlaydigan odamlarda sodir bo’ladigan 10 ta o’zgarish haqida so’zlab bermoqchimiz.
1. Hayotingiz murakkablashib ketganida, undan chiqib ketishning qulay yo’llarini adashmay topa olasiz Hayotingizning og`ir damlarida, boshingizga tashvish tushganida pulingiz va sog`lig`ingizni behuda narsalarga: ichkilik, kiyim-kechak, yegulik va shunga o’xshash narsalarga sarf qilmay, biror-bir kutubxonaga borib, o’zingizga yoqqan kitobni oling yoki shu kitobni internetdan yuklab oling. Shunda siz o’zingiz uchun yangi bir olamni ochasiz. Bu kundalik hayot tashvishlari va muammolaridan chalg`ishning eng foydali va arzon usuli hisoblanadi.
2. Oilangiz borligini payqab qolasiz. So’z ota-onangiz yoki qarindoshlaringiz haqida ketmayapti. Siz kitobga mehr qo’yib, yangi kitobsevarlar oilasiga qo’shilasiz. Bu oilaga qo’shilishingiz bilan atrofingizda doim sizni qo’llab-quvvatlaydigan va har qanday vaziyatda yordam qo’lini cho’zadigan odamlar paydo bo’ladi. Bu kitob o’quvchilar va kitob sevuvchilar oilasidir. Sizga e’tibor berishlarini xohlasangiz bir sirli uslubni qo’llang. Oxirgi o’qigan kitobingiz haqda o’z fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring. Shuning o’zi kifoya qiladi.
3. Siz cheksiz muloqot olamiga kirasiz. Inson kitob yordamida o’tmishdagi avlodlari hayotini o’rganishi, unda yashashi mumkin. O’qish sizga turli xalqlar madaniyati va turli toifa odamlar hayotini so’zlab beradi. Ma’naviy dunyoqarashingiz kengayadi. Kitob insonlarning o’zaro bir-birlarini tushunishga yordam beradi. Siz esa o’zga bir insonning hayotiga kirib borasiz. O’ylab ko’ring, boshqa bir insonning o’rnida bo’lishni istarmidingiz? Umuman ko’rmagan joylaringizga sayohat qilishnichi? Hayotda yangi tajribalarga erishishnichi? Bu siz o’ylaganchalik qiyin ish emas. Shunchaki kitob o’qish kerak, xolos.
4. Chiroyli so’zlashni o’rganib olasiz. O’qish insonning so’z boyligini oshiradigan, uni to’g`ri talaffuz qildiradigan va yozdiradigan eng oddiy uslub hisoblanadi. Ko’proq o’qing. Do’stlaringiz internet saytlarida xato bilan yozishganida, ularning bu ishidan taajjublanadigan bo’lasiz. Ammo birovning xatosini izlaydigan, uning ustidan kuladigan g`alamisga aylanmang.
5. Kutish zallarida yoki navbatlarda vaqtingizni mazmunli o’tkazasiz Hayotingizda ulkan o’zgarish bo’lishiga tayyor turing. Navbatda turganingizda yoki kutish zallarida u yerdan bu yerga yurib, soatingizga qarab yoki biror bir hamsuhbat izlab siqilmang, asabiylashmang. Shunchaki kitob o’qing. Aynan mana shunday vaziyatlarda kitobingiz doim yoningizda bo’lsin. Uni qo’lingizga oling va o’qing. Shunda sizni kutish zalida o’tkazgan vaqtingiz yoqimli va foydali bo’ladi.
6. Qiziqarli shaxsga aylanasiz. Sizda dunyoqarashingizni o’zgartirish niyati bo’lmasa ham yon-atrofdagilar sizni o’zgarganligingizni darrov payqaydi. Siz qiziqarli va yaxshi suhbatdoshga aylanasiz. Kitob bizlarga hissiyotlarni, boshqa insonlarning dunyoqarashini o’rgatadi. Oqibatda biz his-tuyg`ularni yaxshi his qiladigan va boshqalarning dardiga hamdard bo’ladigan insonga aylanamiz. Hayotingizda zulm ko’rmagan, qo’pol muomalaga duch kelmagan, kambag`allik nima ekanini bilmasligingiz yoki javobsiz muhabbat nima ekanini tasavvur ham qilmasligingiz mumkin. Bunday narsalarni his qilmasligingiz uchun kimningidir ustidan kulishingiz ham mumkin. Kitob esa shu narsalarni his qilishni, yon atrofga o’zgacha nazar bilan qarashni va bo’layotgan voqealarni qiziqish bilan kuzatishga o’rgatadi. Siz dunyoga, odamlarga o’zgacha nazar bilan qarashni boshlaysiz.
7. Ko’plab yangi narsalar haqida bilib olasiz. Qaysi janrdagi kitoblarni o’qishingizdan qat’i nazar juda ko’p narsalarni bilib olasiz. Bu tarix, psixologiya, madaniyat, ruhiyat, urush oqibatlari, insonlarning bir-biri bilan munosabatlari va hayotingizda zarur bo’ladigan turli ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Ko’p narsa bilishni xohlaysizmi? Falsafa, psixologiya, ommaviy-ilmiy adabiyot va biografiyalarni o’qing. Bizning zamonamizda har qanday turga munosib kitobni topish mushkul emas. Agar siz izlagan kitobingizni topa olmasangiz, bu o’sha mavzuda o’zingiz yozishingiz uchun ajoyib imkoniyat bo’ladi.
8. O’ylaganingizdanda ahmoq bo’lganingizni tushunib yetasiz. O’ylab ko’ring, kitob o’qishni boshlashingizdan oldin o’zingizni xamma narsaga aqlim yetadi, deb o’ylagansiz. Kitob o’qishni boshlaganingizdan so’ng esa xamma narsa o’zgardi. O’qigan birinchi kitobingizdan so’ng, hech narsa o’zgarmasligi mumkin. Ammo har bir kitob, vaziyatga boshqa nuqtadan qarashga o’rgatadi. Qancha ko’p kitob o’qisangiz, dunyoqarashingiz shuncha o’zgarib boraveradi. Qarshingizda yangi eshiklar ochilaveradi. Miyangizda yangi fikrlar, g`oyalar, ma’lumotlar paydo bo’laveradi. Siz o’zga insonlarning his-tuyg`ularini xuddi o’zingiznikidek his qila boshlaysiz.
9. Sizda ijodiy fikrlar paydo bo’la boshlaydi. Miyangizni yangi ilmlar bilan boyita boshlaganingizdan so’ng, ajoyib bir holat sodir bo’la boshlaydi. Fantaziyangiz uyg`onadi. Ijod bu aslida insonlar hayratlangan ilhomning amaldagi ko’rinishidir. Hayotda bunday insonlar ko’plab topiladi. Bu insonlar she’riyatni ilm bilan, e’tiqodni tarix bilan aralashtirishdan qo’rqishmaydi. O’qishni boshlaganingizdan so’ng, ko’chirmalarga hech qanday ehtiyojingiz qolmaydi. Siz o’zingiz to’plagan bilim manbalaringizdan foydalana boshlaysiz. Shunda sizda turli fantaziyalar paydo bo’ladi. Siz esa ularni turli holatlarga solib, yangi bir g`oyalarni o’ylab topa boshlaysiz.
10. Tasavvuringiz yanada tiniqlashadi. Siz o’qiyotgan kitob, bu kimningdir fantaziyasi. Uning ichida yurar ekansiz o’z fantaziyangiz paydo bo’ladi va kengayib boradi. Siz o’z fantaziyangizga quloq tuta boshlaysiz. Shu yo’l bilan miyangizdagi tasavvur olamini yanada tiniqlashtirasiz. O’zingizni boshqacha his eta boshlaysiz. Aslida esa, o’zingizni dunyodagi eng normal inson ekanligingizni tushunib yetasiz. Bilimingizni turli ma’lumotlar bilan to’ldirib boring. Kitob o’qish ertami kechmi, baribir, ongizda turli ranglarda jilovlana boshlaydi. Sinab ko’rasizmi? Unda qo’lingizga kitob oling. Bu ish, albatta, amalga oshadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Kitob ma’rifat chirog’i matn
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning biri yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.
Ushbu tashabbus doirasida Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi G’.Abdullayev Marhamat tumanidagi o’zi tahsil olgan 24-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Maktab ma’muriyati, ustozlar va maktab o’quvchilari tashrif buyuruvchilarni iliq kutib olishdi.
Tashrif mobaynida Jismoniy madaniyat fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi G’.Abdullayev o’zi tahsil olgan maktab kutubxonasiga o’zining shaxsiy kutubxonasidan bir qancha badiiy kitoblarni taqdim etdi. Shuningdek, maktabning eng a’lochi o’quvchisi Mo’minjonov Izzatulloga o’zining qimmatbaho sovg’asini taqdim etdi. Shuningdek, tashrif mobaynida 11-sinf o’quvchilari bilan suhbat uyushtirildi va ularga badiiy asarlar bo’yicha savollar berilib, bilimdonlarga kitoblar hadya etildi.
Marhamatda tavallud topgan Muhammad Yusufni tavallud ayyomi yaqinlashyatgani tufayli o’quvchilar Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlarini ifodali o’qib berishdi.
Har qanday ma’naviyatli, ma’rifatli insonning sevimli mashg’uloti kitob o’qish, zero kitob – ma’rifat o’chog’idir.
Sotqinboyeva Xusnigul Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O’zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko’chasi 129-uy E-pochta: agsu_info@edu.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30 Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14 Transport: 75-yo’nalishdagi taksilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Saytda nashr qilinayotgan ma’lumotlar uchun mualliflar javobgar. Saytdagi har qanday ma’lumotdan foydalanishga, bizning saytga havola ko’rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma’lumot ko’chirganida, qidiruv tizimlari uchun erkin, ochiq havola ko’rsatishi shart. Havola qisman yoki to’liq foydalanilishidan qat’iy nazar ko’rsatilishi shart.
Китоб — эзгулик, меҳр-оқибат элчиси
Китобга ошно диллар ёмонликдан йироқ бўлади. Китоб инсонларни эзгуликка, меҳр-оқибатга даъват этади, миллий ва умуминсоний қадриятларга ҳурмат туйғуларини юксалтиради. Шу боис мактаб ёшиданоқ ўғил-қизларни китобга ошно қилиш, мутолаага ўргатиш муҳим аҳамиятга эга. Бунда асосий масъулият ўқитувчилар зиммасига тушади.
Таъкидлаш жоизки, таълим рус тилида олиб бориладиган синфларда ўзбек тили фани бўйича бу вазифани бажариш бироз қийинчилик туғдиради. Айниқса, юқори синфда интернет, уяли алоқа воситаларига рақобатлашиш, болаларни китоб ўқишга чорлаш осон кечмайди. Бу жиҳатлар “Компетенцияларни шакллантиришга йўналтирилган ДТС ва ўқув дастури лойиҳалари”нинг тажриба-синов жараёнида алоҳида эътиборга олинди ва ўқув дастурига “Адабий ўқиш” ва “Синф¬дан ташқари ўқиш” дарслари киритилди. 10-синф ўқув дастуридан Ғафур Ғулом, Абдулла Қаҳҳор, Ҳамид Олимжон, Зулфия, Эркин Воҳидов, Пиримқул Қодиров, Муҳаммад Юсуф, Саида Зуннунова каби таниқли адибларнинг ҳаёти ва ижоди, асарларидан парчаларни ўрганишга доир мавзулар ўрин олди.
Юқори синф ўқувчилари қалбида китобга меҳр уйғотиш учун педагогнинг ўзи юқори касбий маҳоратли, нутқи равон, мавзуларни оптимал йўллар билан тушунтира олувчи, ижодкор ва ташаббускор, ўқувчилар билан таълимий ҳамкорликда ишлай оладиган, уларни мустақил ва мантиқий фикрлашга йўналтирувчи бўлиши керак.
Дарсларда, тўгарак машғулотларида ўқувчиларнинг ёши ва қизиқишига мос китобларни мутолаа қилиш, бадиий асарлардан сўзлаб бериш, воқеаларни ҳис эттира олиш, Ватанни тараннум этувчи шеърлар, яхшилик, меҳр-оқибат, одоб-ахлоқ, камтарлик, меҳнатсеварлик сингари инсоний фазилатларни тарбияловчи мақол ва ҳикматларни ифодали ёддан айтиб бериш ўқувчини мазкур адибларнинг ижодига назар солишга чорлайди.
Мактабда ёки мактаблараро “Китобхонлик кечалари”, давра суҳбатларини ўтказиш ҳам ижобий натижа беради. Масалан, тадбирларда “Менда таассурот қолдирган асар”, “Менинг севимли адибим”, “Сўнгги ўқиган китобим” каби мавзуларда ўқилган асарларни ўзбек тилида сўзлаб беришга одатлантириш болаларнинг қобилиятини юзага чиқариб, нотиқлик ва саводхонлигини оширади, энг муҳими, адабиётга қизиқтиради.
Иккинчи тилни ўрганишда таржима самара беради. Машғулотларда таржимонлик маҳоратини синашга доир топшириқлардан фойдаланиш фаолликни оширади. Матнларни ўзбек, рус ва инглиз тилларида ўқитиш ва “Энг моҳир таржимон”, “Энг билимдон ўқувчи”, “Икки тил билимдони”, “Уч тил билимдони” каби номинациялар бўйича танловлар ўтказиш мумкин.
Дарс мавзуга оид қўшимча манбалар, ахборот, кўргазмалар билан бойитилса, самарадорлик янада ортади. Мисол учун, “Абдулла Қаҳҳорнинг ҳаёти ва ижодий фаолияти”ни ёритишда дастлаб дарслик материаллари устида ишланса, сўнг адибнинг ижодий қирраларини очувчи янги маълумотлар берилади. Абдулла Қаҳҳор йирик жанрларда асарлар яратибгина қолмай, моҳир таржимон ҳам бўлгани айтилади. У Ф.Гладковнинг “Оловли ўт”, А.П.Чеховнинг “Каштанка” ҳикояси, А.С.Пушкиннинг “Капитан қизи”, Н.В.Гоголнинг “Уйланиш” сингари кўплаб асарларини ўзбек тилига таржима қилгани ҳақида маълумотлар берилади. “Машғулот кутубхонаси”да китобларнинг босма ёки электрон вариантларини намойиш этиш (слайдлар ёрдамида) ўқувчини беихтиёр мутолаага ундайди.
Халқимизнинг севимли шоираси “Зулфиянинг ҳаёти ва ижодий фаолияти”ни ўргатиш жараёнида шеърларидан намуналар ўқилади. Айниқса, шоиранинг таржимонлик маҳоратига доир янги маълумотлар ҳар бир ўқувчи диққатини торта олади.
Таълимдаги бу каби ёндашув болаларда адабиётга ҳавас уйғотади. Синфдан ташқари ўқиш машғулотларида ҳам адабиётимиз гўзал намуналари орқали ўзбек тилининг бойлиги, гўзаллиги, жозибаси ва мукаммаллигини очиб бериш ўқувчиларда китобхонлик маданияти шаклланишида муҳим аҳамият касб этади.
Муайян мавзу бўйича мустақил равишда ахборот тўплаш топшириғининг юклатилиши, табиийки, уларни босма ва электрон китобларга мурожаат қилишга ундайди.
Таълим рус тилида олиб бориладиган синф ўқувчиларида мутолаа маданиятини шакллантириш қуйидаги ёндашувни талаб этади:
— адабий ўқиш дарсларини қўшимча манбалар ва ахборотлар билан бойитиш;
— дарсларда “Мутолаа дақиқаси”ни ташкил этиш;
— синфдан ташқари ўқиш машғулотларини ўтказиш;
— мавзулар юзасидан ёзма топшириқларни бажартириш (матн яратиш, баён ёзиш, таассуротларни ёзма ифода этиш);
— машғулотларда турли дарс шакл¬лари ва педагогик технологиялардан ўринли фойдаланиш;
— фан тўгаракларида шеърий асарларни ифодали ўқиш, бадиий асарларни таҳлил этишга ўргатиш;
— ўқувчиларнинг ёши ва психофизиологик хусусиятларига мос бадиий, маърифий, илмий-оммабоп китоб¬ларни мустақил мутолаа қилиш учун тавсия этиб бориш;
— таржима, изоҳли, имло ва атама луғатларидан фойдаланишни ўргатиш;
— газета ва журналларни мунтазам ўқиб боришни йўлга қўйиш;
— ўқувчиларда мустақил ахборот излаш ва тақдимот кўникмаларини ривожлантириш (ахборотни саралашга одатлантириш);
— кутубхоналарга саёҳат уюштириш ва янги нашрлар билан мунтазам таништириб бориш;
— белгиланган саналарда ўқилган асарлар юзасидан давра суҳбатларини ташкил этиш;
— шоир ва ёзувчиларнинг таваллуд куни муносабати билан тадбирлар ўтказиш;
— ўқувчилар ўртасида “Шеърхонлик кечалари”, “Энг китобхон ўқувчи”, “Менинг кутубхонам” каби кўрик-танловлар ва бадиий кечалар ўтказиш;
— ота-оналар билан алоқани мустаҳкамлаш.
Ёш авлод қалбида Ватанга муҳаббат, юртга садоқат туйғуларини камол топтиришнинг энг муҳим воситаси китобдир. Шундай экан, биз педагоглар бошланғич синфлардан бошлаб, болаларни адабиёт, китоб билан ошно этиб, уларда мустақил мутолаа кўникмаларини шакллантириб боришимиз даркор.
Қарши шаҳридаги 11-мактабнинг ўзбек тили фани ўқитувчиси
Qiziqarli malumotlar
Kitob ma’rifat chiroģi matn