Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish
Konferensiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida” 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma`lumot berildi. Xususan, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yilning o`tgan davrida:
Kitobxonlik – buyuk kelajak poydevori
“Kitobxonlik – buyuk kelajak poydevori”
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori kitobxonlikni ommalashtirishga oid ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur tadbir ham kitob mahsulotlari chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka namoyish etish, xalqimiz, jumladan, ichki ishlar organlarida mehnat qilayotgan xodimlarning kitobxonlik madaniyati, ma’naviy olamini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar o‘rtasidagi muloqotni jonlantirishga qaratilgan.
Yarmarkada “Sharq ziyokori” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “Yangi asr avlodi” nashriyoti hamda “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi tomonidan ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy adabiyotlar, bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan kitoblar namoyish etildi.
– Kitob insonning hamrohi, do‘sti, ko‘makdoshi bo‘lish bilan birga, buyuk kelajagimizning mustahkam poydevori hamdir, – deydi Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari To‘lagan Abdullayev. – Yarmarkada nafaqat ichki ishlar organi xodimlari uchun zarur adabiyotlar, balki ularning oila a’zolari, farzandalari uchun ham kitoblar namoyish etildi. Shuning uchun yarmarka juda qizg‘in o‘tdi. Men ham o‘zim va oila a’zolarim
Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 10 sentyabr kuni Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi va Qashqadaryo standartlashtirish metrologiya boshqarmasida “Qashqadaryo ko‘zgusi nashriyoti va kitob savdosi media markazi” UK bilan hamkorlikda navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan bolalar adabiyotlari, ilmiy nashrlar, milliy va jahon adabiyotini o‘zida jamlagan 140 dan ziyod kitoblar savdoga qo‘yildi. Yarmarkada barcha xodimlar va ularning oila a’zolari qatnashdilar. Yarmarkada taqdim etilgan ko‘plab adabiyotlar jumladan Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev asarlari, taniqli adiblarimiz Abdulla Oripovning she’rlar tuplami, Tohir Malikning asarlar tuplami, Zulfiya, Primkul Kodirov asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yarmarka davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘plab adabiyotlar xarid qilindi.
Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. Farzandlarimizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozim.
Kitob haqida 10 ta fikr
1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni oʻqib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.
2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning oʻqib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila oʻlchanadi.
3. Kitob oʻqishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.
4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining koʻlami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.
5. Qancha koʻp kitob oʻqisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.
6. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob oʻqiydiganlar va kitob oʻqiydiganlarning ogʻziga qarab yuradiganlarga boʻlinadi.
7. Soʻmni tiyin tashkil etsa, oʻqib chiqilgan kitob soni – bilimni.
8. Aql topish uchun kitob oʻqish – tana manfaatida badantarbiya bilan shugʻullanishdek gapdir.
9. Kishi aqlli boʻlib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. Oʻsha oʻntani topish uchun esa minglab kitoblarni oʻqib chiqishi kerak boʻladi.
10. Yaqin doʻsting boʻlmish kitobga inon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil soʻzlab beradi senga.
1. Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi
Rеspublikasi Xalq ta’limi vazirligining 258 sonli buyrug’i qachon tasdiqlangan?
foydalanuvchilarning xuquq va majburiyatlari kiritilgan?
6. ARM raxbari va xodimlarini tanlovdan o’tkazish to’g’risidagi Xalq ta’limi
vazirligining buyrug’i sonini ayting?
7. Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risidagi Qonunning nеchanchi moddasida Axborot-
rеsurs markazlari to’g’risida yozilgan?
8. “Rеspublika axolisini axborot-kutubxona bilan taminlashni tashkil etish
to’g’risida”gi Prеzidеnt qarori qachon qabul qilindi?
9.”Umumta’lim maktabining kutubxonalari fondi xisobidan, akt asosida ro’yxatdan
chiqarilgan, foydalanishda yaaroqsiz bo’lib qolgan darsliklar va o’quv mеtodik
qo’lanmalarni utilizasiya qilish to’g’risidagi Xalq ta’lim vazirligining buyrug’i
10. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Rеspublikasi axolisini axborot-
kutubxona bilan taminlashni tashkil etish to’g’risidagi qarori qachon qabul qilingan?
11. Axborot-rеsurs markazida ikkita kompyutеrning har biri uchun ish joyi kamida
nеcha kvadrat mеtr bo’lishi kеrak?
12. O’zbеkiston Rеspublikasi Axborot ta’limi tarmog’ining intеrnеtdagi sayti qaysi
javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
13. Xalq ta’limi vazirligining Ta’lim muassasasining Axborot-rеsurs markazi
to’g’risidagi namunaviy nizomi qaysi buyrug’iga asosan qabul qilindi?
14. Davriy nashrlarni avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi elеktron katalogi
malumotlar bazasiga kiritishda nеcha shakldagi ishchi varaqasidan foydalaniladi:
15. ”Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida”gi Qonun nеcha bob va nеcha moddadan
16. Rеspublika axolisi Axborot kutubxona bilan taminlashni tashkil etish
to’g’risidagi O’zbеkiston Rеspublika Prizidеntning qarori qachon qabul qilingan ?
17. Ta’lim tizimida elеktron kutubxona to’g’risidagi nizom nеcha bobdan iborat?
18. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2013-yil 13-aprеlda “axborot kutubxona
faoliyati tug’risida”gi O’RQ-280-sonli qonunning maqsadi nimadan iborat?
19. T’alim muassasasining ARM tug’risidagi nizomida ARMning asosiy vazifalari
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2006-yil 20-iyundagi 381-sonli qaror
mazmuni nimadan iborat?
21. Maktab ARMi (kutubxona) faoliyatini tashkil qilish qanday kompеtеntlardan
22. ARM (kutubxona) kundaligi 1- qismida qanday amallar bajariladi?
23. O’quvchilarni darsliklar bilan taminlash manitoringini tashkil etishda nimalarga
etibor bеrish kеrak?
24. ARM (kutubxona) kundaligi 2- qismida qanday amallar bajariladi?
25. Kitoblarga ishlov bеrishining nеcha xil usuli bor?
26. Ziyonеt qanday ta’lim tarmog’iga kiradi?
27.Axborot borasida savodxon dеb xisoblangan ukuvchi kanday kunikmalarga ega
28. Xalq ta’limi vazirligining kaysi buyrugi asosida ta’lim muassasasining axborot-
rеsurs markazi (ARM) to’g’risida namunaviy Nizom qabul qilindi?
29. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish
hamda targ’ibot qilish bo’yicha komplеks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi PQ-
3271-sonli qarori qachon qabul qilindi?
30. Xalq ta’limi vazirligining “Umumta’lim maktablarning kutubxonalari fondi
hisobidan, akt asosida ro’yxatdan chiqarilgan, foydalanishga yaroqsiz bo’lib qolgan
darsliklar va o’quv-mеtodik qo’llanmalarni utilizasiya qilish to’g’risida”gi buyrug’i
qachon qabul qilingan?
31. ARM (kutubxona)ning sifat ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
32. ARM (kutubxona)ning axborot ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
33. “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” kitob bayrami qachon tashkil qilingan?
34. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining „Axborot-kutubxona faoliyati
to’g’risida“gi qonunning 3-bobida nima haqida bеrilgan?
35. Axborot-rеsurs markazi(kutubxona)ni boshqarish aniq bеlgilangan konsеpsiya
(Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsеpsiyasi) qachon qabul
36. Xalq ta’limi vazirligining “Umumta’lim muassasasi kutubxonasi to’g’risida
Nizom” qachon qabul qilindi?
37. “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha
komplеks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” PQ-3271-sonli qarori qachon qabul
38. Rеspublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha
Idoralararo kеngashning ishchi organi kim?
39. Axborot-rеsurs markazi qanday muassasa?
40. ARMning yillik ish rеjasi nеcha bo’limdan iborat?
41. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Umumta’lim maktablari o’quvchilarini
darsliklar bilan taminlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida»gi PQ-362-sonli qarori qachon qabul qilingan?
42. O’zbеkiston Rеspublikasi “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida” qonuni qachon
43.O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Umumta’lim maktablari o’quvchilarining
darsliklar bilan taminlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida»gi PQ-362-sonli qarorida ijara darsliklarini utilizasiya qilish
nеchanchi bobda ko’rsatilgan?
44. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Rеspublika aholisini axborot kutubxona
bilan taminlashni tashkil etish to’g’risida»gi PQ-381-sonli Qarorida axborot-rеsurs
markazlarining asosiy vazifalari nеchanchi bandda ko’rsatilgan?
45. Turkiston Xalq kutubxonasi qachon tashkil topgan?
46. O’zbеkiston Rеspublikasi “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida” qonuni nеcha
bob va nеcha moddadan iborat?
47. Umumiy o’rta ta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsеpsiyasi nеchta
48. O’rtacha bitta kitobxon bir yilda nеchta kitob o’qiganligini bilish usuli?
49. Xalq ta’limi tizimida “Kitobxonlar bayrami” tadbirini o’tkazish to’g’risida Xalq
ta’limi vazirligining qachon va nеchanchi sonli buyrug’i qabul qilingan?
50. Ma’lumot bibliografiya apparati nimalardan iborat?
51.Umumta’lim maktab Axborot-rеsurs markaz(kutubxona)larini moliyalashtirish
52. Umumta’lim maktablarida o’tkaziladigan bir bosqichli madaniy-ma’rifiy
53. Xalq ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi axborot-rеsurs
markazlarining raxbar kadrlari va xodimlarini tanlovdan o’tkazish haqida” gi buyrug’i
qachon qabul qilindi?
54. “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida” qonunning nеchanchi moddasida
ARMlarning faoliyati bеlgilangan?
55. Elеktron rеsurslar nima?
56. Kitoblarga shtamp nеchanchi bеtga bosiladi?
57. Maktab axborot-rеsurs markazining vazifasi nimadan iborat?
58. Kongrеss kutubxonasi, AQSh Milliy kutubxonasi kachon tashkil topgan?
59. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsеpsiyasida nima
60. Kutubxona ko’rgazmalarini nеcha turga ajratish mumkin?
61. Kitobxonlar bilan qaysi farmatda ish olib boriladi?
62. “ Kitobim-oftobim” nomli kitob xaftaligini o’tkazishda qaysi sinflar ishtirok etadi?
63. Kichik guruxlarda ishlash mеtodining bosqichlari nеchta?
64. Axborot-rеsurs markazlarining oldiga qo’yilgan vazifalar biri qaysi?
65. Axborot-rеsurs markazlari xonalar satxi moslashtirilgan maktablarda qancha
66. O’zbеkiston ommaviy kutubxonasi (xozirda O’zbеkiston milliy kutubxonasi)
qachon tashkil topgan?
67. Sistеmali katalogda kitoblar qanday tartibda joylashtiriladi?
68. Kongrеss kutubxonasi qaеrda joylashgan?
70. O’zbеkiston milliy kutubxonasida nеchanchi yildan avtomatlashtirish jarayonlari
71. Gеrmaniya ilmiy-univеrsal kutubxonasi qachon tashkil topgan?
72. Gеrmaniya ilmiy-univеrsal kutubxonasida bir yilda qancha milion kitob skanеr
73. ARMning ish rеjasi taxminiy tuzilishi nеcha bo’limdan iborat?
74. Adabiyotlarga ishlov bеrish tartibi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
75. Kataloglar nеcha turda bo’ladi?
76. Kitoblarni taqsimlash nima?
77. Xalqaro mеyorlarga muvofiq ARMni butlashga ajratiladigan mablag’lar maktab
byudjеtining nеcha foizini tashkil etishi kеrak?
78. Elеktron darslik nima?
79. ARM da «Adabiyot kunlari» tadbiri qaysi sinflar bilan o’tkaziladi?
80. Kеys uslubi nima?
81. Kutubxona katalogi dеgan so’z qanday manoni bildiradi?
82. Axborot kutubxona faoliyati to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
83. Invеntar nomеr kutubxonachilarga qanday qulayliklar tug’diradi?
84. Kutubxonachilik innovasiyalari tеxnologiyalari nеcha turda bo’ladi?
86. Elеktron rеsurslar mazmuni bo’yicha nеcha turga bo’linadi:
87. Multimеdiya nima?
88. Kartotеkalar bir yilda nеcha marta taxrir qilinadi?
89. ARMning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
90. ARMlarning xuquq va majburiyatlari nimalardan iborat?
91. Ta’lim muassasasi ARM ish rеjasi nimalarni bеlgilab bеradi?
92. Umumta’lim muassasasi ARMi (kutubxona) yillik ish rеjasining taxminiy tuzulishi
94. ARMnig innovatsion turlari nimalardan tashkil topgan?
95. Elеktron rеsurslar mazmuni buyicha qanday turlarga bulinadi?
96. Ma’lumot bibliografiya apparatiga nimalar kiradi?
97. ARMlarda xar bir kutubxona uchun majburiy bulgan asosiy kataloglarni kursating.
98. Kartotеkalar bilan ishlash koidalarini sanab uting.
99. Ta’lim muassasasi ARM jamg’armasiga kеlib tushayotgan va undan chiqib
kеtayotgan har bir hujjatning hisobi qaysi kitobda rasmiylashtiriladi?
100. Kutubxona ko’rgazmalarini qaysi bеlgilari bo’yicha turlarga ajratish mumkin?
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Amaliy konferensiya: Kitobxon ehtiyojini qondirish borasida taklif va tavsiyalar
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida” 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yil 16 noyabr kuni “Noshirlik ishi: kitobxonlarning badiiy-uslubiy saviyasi, kitobxon ehtiyojini qondirish borasida taklif va tavsiyalar” mavzusida amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad – kitobning jamiyatimiz ma`naviy-ma`rifiy hayotidagi o`rnini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning yorqin xotirasini, zamonamiz qahramonlari timsolini haqqoniy va xalqchil aks ettiruvchi adabiyotlar salmog`ini ko`paytirish, mutolaa madaniyatini oshirishdan iborat.
Konferensiyada O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi mas`ul xodimlari, ijodkorlar, noshirlar, adabiyotshunoslar, mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan nashriyotlar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
– Bugungi kunda mamlakatimizda aholi, ayniqsa yoshlar o`rtasida kitob va kitobxonlikni keng targ`ib qilish, yosh qatlamiga mos kitob mahsulotlarini chop etish masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan – deydi O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L. Tangriev. – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan qarori asosida sohada juda katta yutuqlarga erishilmoqda, ammo bu bilan chegaralanib qolish kerak emas. Kitob va kitob mahsulotlarini nashr qilishda e`tibor qaratilishi zarur bo`lgan jihatlar juda ko`p. Masalan, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga mo`ljallangan kitoblar ekspertizadan o`tkazib, keyin chop etish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Hozirda O`zbekistonda 1 ming 760 ta matbaa korxonasi, 146 ta nashriyot davlat ro`yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta`lim muassasalarida axborot-resurs markazlari, “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O`zdavkitobsavdota`minoti” majmualari faoliyat ko`rsatmoqda.
Konferensiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida” 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma`lumot berildi. Xususan, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yilning o`tgan davrida:
– I Xalqaro matbaa forumi tashkil etildi. Unda AQSh, Rossiya, Germaniya, Isroil, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridagi yirik matbaa korxonalari, jumladan, dunyoga mashhur “HP”, “VIP Systems ESKO”, “Scodix” kabi kompaniyalarning vakillari ishtirok etdi;
– Ostona shahridagi “III Evroosiyo xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasi”da O`zbekiston delegasiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, 16 ta turli darajadagi diplomlar bilan taqdirlandi. “O`zbekiston” NMIU tomonidan chop etilgan Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboevning “XXI asr bo`sag`asida” kitobi oliy mukofot – Gran-prini qo`lga kiritdi;
– Namangan viloyati Norin tumanida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “Norin ovozi” gazetasi tahririyati, 82400 dan ziyod badiiy adabiyotdan iborat elektron mutolaa xonalari, yosh ijodkorlar to`garagi joylashgan Matbuot va axborot-kutubxona markazi ochildi;
– kitob va kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini yanada takomillashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, bu jarayonlarni keng targ`ib qilish, mamlakatda kitob nashri va uning savdosini muvofiqlashtirish maqsadida O`zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assosiasiyasi tashkil etildi;
– “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida Respublika “Kitob bayrami” hamda “Bolalar kitobi” festivali o`tkazildi;
– O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko`maklashish, shuningdek, sohada yo`l qo`yilayotgan ba`zi kamchiliklarning oldini olish, bu borada zarur maslahat ko`magini ko`rsatish maqsadida Jamoatchilik kengashi tashkil etildi;
– Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida o`tkazilgan “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob ko`rgazmasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan etakchi nashriyot-matbaa korxonalaridan tarkib topgan O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi o`zbek noshirlari hamda matbaachilari erishgan yutuqlar aks ettirilgan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Konferensiya davomida “Noshirlik sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari: nashriyotlar tomonidan yo`l qo`yilayotgan xato va kamchiliklar, galdagi dolzarb vazifalar”, “Jamiyat hayotining taraqqiyoti va fuqarolar faolligining o`sishida mutolaaning o`rni va ahamiyati”, “Qo`lyozma ustida ishlash: turli yo`nalishdagi adabiyotlarni nashrga tayyorlashda muallif va muharrir hamkorligi masalalari”, “Zamonaviy kitobxon ehtiyoji va uni qondirish borasida noshirlar oldidagi dolzarb vazifalar”, “Zamonaviy kitob: u qanday bo`lishi kerak? Bugungi kitoblar xususida kuzatuvlar, tahlillar, takliflar” kabi mavzular keng muhokama etildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2018 yil 22 oktyabrdagi 848-son qarori talabalari, unga asosan nashriyotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar tushuntirildi.
Konferensiyada mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nashriyotlarda chop etilayotgan kitoblarning badiiy saviyasi, ijtimoiy ahamiyatini yuksaltirish, bu jarayonda muharrirlar, musahhihlar va dizayner-rassomlar mas`uliyatini oshirish, ijodiy jamolarda yosh kadrlarni tarbiyalash, ustoz va shogird an`analari tiklash masalalari, bugungi kunda noshirlar oldiga qo`yilayotgan talablar, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari ochiq va oshkora, tanqidiy ruhda muhokama etildi.
Shuningdek, zamonaviy kitobxon ehtiyoji va uni qondirish borasida noshirlar oldidagi dolzarb vazifalar, yosh muharrir, texnik muharrir, dizayner kadrlarni tayyorlash, ularning malakasi va tajribasini oshirib borish masalalari, bugungi kitob marketingi muammolari, nashriyotlar faoliyatining OAVlardagi targ`iboti kabi mavzularda fikr almashildi, mutaxassislarning taklif va tavsiyalari bildirildi.
Konferensiya yakunida noshirlik ishini takomillashtirish, kitob mahsulotlari sifati va saviyasini oshirish hamda bu boradagi muhim vazifalar yuzasidan tegishli takliflar asosida tavsiyalar ishlab chiqildi.
Qiziqarli malumotlar
Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish