KITOB DAVLAT GEOLOGIYA QOʻRIQXONASI
KITOB DAVLAT GEOLOGIYA QOʻRIQXONASI — Kashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidagi qoʻriqxona. Zarafshon togʻ tizmasining jan.-gʻarbiy tarmoqlari, Jinnidaryoning soʻl qirgogʻi va Qoratogʻning shim. yon bagʻrida, Kitob sh. dan 45 km sharqda joylashgan. Mayd. 5378 ga. Yerning geologik tarixiga oid tabiiy-ilmiy yodgorliklar boʻlmish noyob paleontologik-stratigrafik obyektlarni reja asosida oʻrganish va muhofazalash maqsadida 1979-y. da tashkil etilgan. Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasida oʻrta ordovik davridan boshlab devon va karbon davrlarining chegara qatlamlarigacha boʻlgan dengiz choʻkindi hosilalari paleozoy qatlami jinslarining yotish yoʻnalishini kundalangiga kesib oʻtgan bir kancha soy vodiylarida barqaror izchillikda kuzatiladi. Ular 16 ta turli guruhlarga mansub boʻlgan hayvonot va nabotot olamini ifodalovchi turli paleontologik krldiklar bilan tavsiflanadi.
Ensiklopediya.uz
KITOB DAVLAT GEOLOGIYA QOʻRIQXONASI