Kitob bilimlar xazinasi mavzusida matn yaratish​

Kitob bilimlar xazinasi mavzusida matn yaratish​

KITOB-bilimlar xazinasi. Reja: 1. Kitob-kelajak yo`lboshchisi. 2. Kitob-inson ruhining tarbiyachisi. 3. Kitob — insoniyat qahramoni, ustozlar ustozi.

Kitob bilim bulog i matn

Юрт келажаги ва равнақи йўлида қилинган ҳар бир эзгу ва хайрли ишларнинг мукофоти бу билимли, саводхон, ҳуқуқий онгли ва маданиятли ёш авлод камол топиши, қолаверса эришишимиз мақсад қилиб олинган юксак натижаларда ўз ифодасини акс эттиради.

Андижон Давлат университетида ўтказилган “Китоблар ярмаркаси” китобхонлик тадбири ҳам ана шу мақсадларга хизмат қилди.

Тадбирда иштирок этган Андижон вилоят божхона бошқармаси ходимлари ҳам ёшларнинг хуқуқий саводхонлигини янада ошириш, божхона тўғрисидаги қабул қилинаётган Фармон ва Қарорлар тўғрисида батафсил тушунчалар бериб ўтдилар. “Қатра қатра йиғилиб дарё бўлур”, дарҳақиқат! Агар ҳар бир Давлат органи, ташкилот ва муассаса ходимлари ўз соҳаларидан орттирган тажриба ва билимлари билан ўртоқлашса, бу ҳам юртимизда олиб борилаётган ислоҳотларни жадал суръатда амалга оширилишини таъминлайди.

Отам, – “Ҳаётнинг ўзи бир китоб”, ҳар куни ҳар биримиз турли кечмишлар билан тўқнашамиз. Шулардан ибратли ўзингга керакли нарсаларни танлаб олиб, китоб ёзсанг ҳам бўлади“ – деб кўп айтадилар.

Яқинда отам улкан ҳаётий кечмишларидан бирини айтиб бердилар.

– Нечук фасллар уч ой баҳор, уч ой ёз, уч ой куз, ва уч ой қишдан иборат?! Нега бир ҳафта баҳор, бир ҳафта ёз, бир ҳафта куз, ва яна бир хафта қиш эмас?! Баҳорда экин экамиз, ёзда пишиб етилади, кузда йиғиштириб оламиз, қишда нима қилар эдик деди? Отамнинг ўзи жавобан, қишга озуқа йиғиб олиб, ташқарида иш йўқ совуқ, тунлар узун. Дадам ҳамма фарзандларни ёнига ўтказиб шам ёруғлигида китоб ўқитар эди, – дея сўзлади. Бундай воқеалар ҳар бир ўзбек хонадонида бўлиб ўтканлиги шубҳасиз.

Ана шундай замонларда ҳам қўлидан китобини қўймаган аждодларнинг авлодлари уларга муносиб издош бўлишлари шарт.

Kitob bilimlar xazinasi mavzusida matn yaratish​

KITOB-bilimlar xazinasi. Reja: 1. Kitob-kelajak yo`lboshchisi. 2. Kitob-inson ruhining tarbiyachisi. 3. Kitob — insoniyat qahramoni, ustozlar ustozi.

Kitob – moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yo`lboshchisi. Kitobni ma’naviy xazina, haqiqiy boylik, dedik. Uni chin dildan sevib qadrlagan Abu Ali ibn Sino og`ir betob bo`lgan Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni davolagach, evaziga oltinu kumushlar to`la sandiqni emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo`lga kiritishni afzal ko`rgan edi.

Buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin duelda yaralanib, vafot etar chog`ida, unga “Do`stlaringiz bilan vidolashing”, deyishadi. Pushkin xonaning burchagidagi kitob javoniga termulib, “Xayr, mening do`stlarim!”, deya jon bergan ekan.

Kitob – bilim manbai, ilm shamchirog`i, ma’naviyat sarchashmasi. Kitobni quyoshga qiyoslash o`rinlidir: quyosh insonning jisman ulg`ayishi uchun qanchalik muhim o`rin tutsa, kitob ma’nan barkamollik uchun ham shunday ahamiyatga ega. O`qish davomida kitobni mutolaa qilish jarayonining o`zidayoq insonning ongi va dunyoqarashi shakllana boradi. Kitobning o`zi bir olam.

KITOB

KITOB — axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, Kitob deyish qabul qilingan.

Kitob ishi Kitobni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish b-n bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtayi nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. Kitobni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatiaa olib boriladi. Kitoblarni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (q. Kutubxona, Kutubxonashunoslik). K. va b. bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va h. k.

Kitobning paydo boʻlish tarixi yezuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan oʻzviy bogʻliq. Yozuvningtoʻzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining oʻziga xos tomoni va b. maʼlum darajada Kitob tuzilishini qam belgilab berdi. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va Oʻrta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va b. materiallarga yozib fikr izxrr etganlar. Har bir Kitob oʻnlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat boʻlib, ogʻirligi bir necha kg boʻlgan. Yozuv materiali sifatida papirus usimligi ishlatilishi (mil. av. 4—3 ming yilliklarda) bilan oʻrama K. lar paydo boʻldi. Bunday Kitob larning oʻzunligi oʻrtacha 10 m atrofida boʻlib, ingichka, yumaloq tayoqlarga oʻralgan va maxsus charm yoki yogʻoch gʻiloflarda saqlangan. Sharq mamlakatlari, Qad – Rim va Yunonistondagi koʻpgina nodir asarlar papirusga bitilgan. Mil. av. 2-asrga kelib Kitob materiali sifatida pergament (teri)dan foydalanish keng rasm boʻldi. Dastlab bunday Kitob oʻrama holda saqlangan. Ayrim maʼlumotlarga Qaraganda, Oʻrta Osiyoda, xususan, Xorazmda mil. av. 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardoʻshtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qad. nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning Oʻrta Osiyodagi istilosiga qadar (8—10-a. lar) u yerda koʻp nodir Kitoblar saqlangan kutubxonalar boʻlgan. Lekin ularning koʻpi bosqinchilik urushlari natijasida yoʻqotib yuborilgan. 2—4-a. lardan boshlab Qad. Rimda xuddi hozirgi Kitob larning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali Kitoblar — kodeks paydo boʻldi. Ular dastlab papirus, soʻng pergamentga yozilgan. Bunday Kitoblar ogʻir va besunaqay edi. 6-a. dan boshlab kodeks shakli asosida hoz. koʻrinishdagi Kitoblar paydo boʻldi. Teriga ishlangan noyob Kitob lardan biri — Mus-hafi Usmon Kurʼonidir. Qurʼoni karimning bu nusxasi 644—656-y. larda xalifa Usmon koʻrsatmasi bilan Muhammad (sav)ning kotiblari Zayd ibn Sobit, Amir ibn alOʼs va Hishom ibn Hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qoʻlyozma K. Amir Temur tomonidan Samarqandga olib ke-lingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Qogʻozning kashf qilinishi Kitob tarixida yangi davr ochdi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, 650-y. lardayoq Samarqandda qogʻozli Kitoblar boʻlgan. 13-a. dan Yevropada qogʻoz asosiy yozuv materiali boʻlib qoldi. Qogʻoz Kitobning koʻpayishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. Kitob bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda xattotlik sanʼati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning koʻp avlodlari Kitob tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat koʻchirish texnikasini takomillashtirib bordilar.

10—12-a. larda Movarounnahrda muayyan soxa sifatida shakllangan kitobat sanʼati 14—15-a. larda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir Kitob qogʻozidan tortib muqovasigacha, siyoxdan to buyoqlari-yu zarhaligacha maʼlum meʼyordagi modda, reja va qoida asosida tayyorlanadi, hatto Kitobdan xushboʻy hid anqib turishi uchun baʼzan siyohga gulob yoki anbar qoʻshilardi. Qoʻlyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15—16-a. larda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdoflar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va b.) yetishdi. Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat sanʼati ravnaqiga ulkan hissasini qoʻshgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va b. ning asarlarini koʻchirib shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan koʻchirilgan 50 dan ziyod Kitob bizning davrimizgacha yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar oʻrta asrning oʻziga xos hunarmandchilik korxonasi boʻlib, ularda qoʻlyozma Kitoblarni toʻplash va saqlash bilan birga Kitob sozlik b-n bogʻliq boʻlgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliklari «kutubxona dorugasi» yoki «kitobdor» deb atalgan. Ularning qoʻl ostidagi koʻplab xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar Kitob yaratishga doyr turli vazifalarni bajarishgan. Mas, 15-a. ning 1-yarmida Hirotda Ulugʻbekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qoʻlyozma asarlardan nusxalar koʻchirish va ularni bezash bilan band boʻlgan. Har bir qoʻlyozma Kitob bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. 1425—29 y. larda Jaʼfar Boy-sunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» asari koʻchirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar b-n bezatilgan. Noyob sanʼat asari sifatida bu Kitob Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham oʻz davrida mashhur boʻlgan. Navoiy badiiy qoʻlyozma sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Uning bevosita koʻmagi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi oʻnlab Kitob soz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yoʻli bilan Kitob tayyorlash oʻzoq vaqt davom etdi. Hatto Kitob bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda Kitoblar qoʻlyozma yoʻli bilan koʻpaytirilar edi.

Kitob nusxalarini ommaviy koʻpaytirish yoʻlidagi izlanishlar natijasida ksilografiya paydo boʻldi. 15-a. ning 40-y. larida Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan Kitob bosish ixtiro qilinishi Kitob taraqqiyotida yangi davr ochdi. Kitob bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi (q. Kitob bosish, Bosmaxona).

Turkistonda bosma usuli bilan Kitob chiqarish Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin tarqaldi. 1868-y. Toshkentda Turkiston xarbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N. A. Seversovning «Chu va Norin tizmalari etagidagi togʻli oʻlka toʻgʻrisida lavhalar» (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma Kitob dir. Oʻzbek tilidagi birinchi bosma Kitob Shohimardon Ibrohimovning 1871-y. Xivada bosilgan «Kalendar»idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Boʻlardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), Gʻulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi.

Oktyabr toʻntarishidan soʻng sovet tuzumi davrida Kitob bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy Kitoblar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin Kitobga, boshqa ommaviy axborot vositalari kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy Kitoblar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20—30-y. larda, Oʻzbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qoʻlyozma Kitoblar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi Kitoblar, keyinroq katagʻonga uchragan oʻzbek yozuvchilarining asarlari yoʻq qilina boshlandi: oʻtda kuydirildi, suvga tashlandi.

Istiqloldan keyingi yillarda Kitob mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin oʻzgarish boʻldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli Kitoblar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qurʼoni karimning oʻzbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991-y., «Choʻlpon» nashriyotida; 2001-y., Toshkent Islom un-ti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli «Hadis»lari (1991— 96 y. lar, Komuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bogʻliq oʻnlab Kitoblar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli toʻla asarlari (1998 — 2002, Oʻzbekiston FA «Fan» nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulugʻbek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va b. ning asarlari, 33 jildli «Xotira» K. i chiqarildi. «Oʻzbekiston» nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997—2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va b. tur K. lar nashr etmoqdalar. Kitob larning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda (yana q. Noshirlik).

Kitob larning toʻzilishi va turlari. Hozirgi Kitoblar oʻquvchilar talabi va estetik didiga koʻra muayyan shaklga ega. Kitob sahifalarga ajratilib, oʻrtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning Kitob sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzas deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. Kitobning bosh qismida sarvaraq (titul list) boʻladi. Unda muallif ismsharifi, Kitobning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va b. yoziladi. Sarvaraq qoʻsh sahifada boʻlishi mumkin; bu holda u K. ning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq maʼlumotlarining ayrimlari Kitobning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qoʻyiladi. Baʼzi hollarda sarvaraq oʻrnida sarrasm (frontispis) boʻladi. Matnning mazmuniga karab, Kitobda turli usulda sarlavhalar qoʻyiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmustitul) deyiladi. Kitobning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr) lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, Kitobda mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli koʻrsatkichlar, bibliografik roʻyxatlar ham boʻlishi mumkin. Kitob sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi (q. 7a-bok).

Kitoblar qanday oʻquvchilar ommasiga moʻljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Oʻquvchilarga koʻra, Kitoblar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi boʻlishi mumkin. Maqsadiga koʻra, rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop, oʻquv, adabiy-badiiy, maʼlumotnoma va b. xil Kitob larga boʻlinadi. Ilmiy Kitoblar ichida monografiya keng tarqalgan. Oʻquv Kitoblari darslik, oʻquv qoʻllanmasi, oʻquv metodik qoʻllanma va b. turlarga ajratiladi. Maʼlumotnomalar esa lugʻat, ensiklopediya, kalendar, yoʻl koʻrsatkichlar qabilarga boʻlinadi.

Ad.: Kasprjak Ye. I., Istoriya knigi, M., 1964; Sidorov A. A., Kniga i jizn, M., 1972; Lyublinskiy B. C., Kniga v istorii chelovecheskogo obщyestva, M., 1972; Rustamov M., Oʻzbek kitobi, T., 1968; Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼa-titarixidan, T., 1971,3iganshina N. A., Musavvir va kitob, T., 1987.

Qiziqarli malumotlar
Kitob bilimlar xazinasi mavzusida matn yaratish​