KITAKAMI haqida

KITAKAMI haqida

KITAKAMI

KITAKAMI — Yaponiyadagi daryo, Xonsyu o. ning shim. da. Oʻz. 243 km. Kitakami togʻlaridan boshlanib, shim. dan janubga tomon boʻylama tektonik vodiydan oqadi. Tinch okeanning Isinomaki qoʻltigʻiga quyiladi. Bahor-yoz oylarida toʻlib oqadi. Daryoda yogʻoch oqiziladi, GES qurilgan. Quyi qismida kema qatnaydi. Kitakami vodiysida sholi ekiladi. Daryo boʻyida Morioka, Midzusava, quyilish joyida Isinomaki portlari joylashgan.

Ensiklopediya.uz
KITAKAMI