KISLOTA VA ASOSLAR
KISLOTA VA ASOSLAR — kimyoviy birikmalarning katta guruhlari. Odatda, tarkibida vodorod boʻlgan (NS1, HNO,, H2SO4, CHjCOOOH va h. k.) va suvda erigan (aralashgan)da dissotsiatsiyalanib, ionlar N+ (protonlar), yoki aniqrogʻi, gidroksoniy N,O+ ionlari hosil qiladigan moddalar kislotalar deyiladi. Ajralib chiquvchi protonlar soniga qarab bir asosli (mas, nitrat, xlorid, sirka kislotalar — HNO,, HC1, SN3SOON), ikki asosli (sulfat, karbonat kislotalar — H2SO4, H,CO3), uch asosli (ortofosfat kislota — N3RO4) kislotalar mavjud. Kislotaning suvdagi eritmasida gidroksoniy ionlari qancha koʻp boʻlsa, yaʼni kislota qancha koʻp dissotsiatsiyalansa, u shuncha kuchli boʻladi. Ionlanish konstantari 105 dan kam kislotalar (sirka kislota 1,8 • 10 karbonat kislota 3,5-10»7, sianid kislota 7,8Yu»10) kuchsiz kislota hisoblanadi. Kislotalarning suvdagi eritmalari elektr tokini oʻtkazadi, indikatorlar rangini oʻzgartiradi (mas, kislota taʼsirida koʻk lakmus qizaradi). Organik kislotalar haqida karbon kislotalar ga qarang.
Ensiklopediya.uz
Kislota va asoslar