KISAKOʻRAK

KISAKOʻRAK

KISAKOʻRAK, Najip Fozil (1905 – 1983.25.5, Istanbul) — turk shoiri, yozuvchi, dramaturg. Ilk sheʼriy kitobi — «Oʻrgimchak toʻri» (1925). «Men va u» (1932) asari mashhur. «Koʻpriklar» (1928), «Soʻngsizlik karvoni» (1955), «Sheʼrlarim» (1969) va b. sheʼriy toʻplamlarida insonning hayotdagi oʻrni, jism va ruh mutanosibligi, sirli botiniy tuygʻular jozibasi aks ettirilgan. Kisakoʻrak 1934-y. naqshbandiylik tariqati shayxlaridan Abdulhakim Orvasiy b-n tanishgan. Shu bois uning sheʼriyatida mumtoz sheʼriyat unsurlarini fransuz modern sheʼriyati oʻlchovlari b-n uygʻunlashtirishga intilish bor. K. «Ruhiyat olami hikoyalari» (1965) toʻplami, «Oynadagi yolgʻon» (1970), «Asosiy hujjat» (1983) romanlari, «Tuxum» (1935), «Bir odam yaratmoq» (1937), «Pul» (1942), «Yunus Emre» (1969) pyesalari muallifi. Turkiya adabiyoti Vaqfi tomonidan Kisakoʻrakga «Shoirlar sultoni» unvoni berilgan (1980).

Ensiklopediya.uz
KISAKOʻRAK