KIRYALASH

KIRYALASH

KIRYALASH (arab, kirya — tortish) — metallarga bosim bilan ishlov berish; metallni maxsus qurilma — kirya teshigi (filyer) orqali tortib oʻtkazish. Kiryalash natijasida metall zagotovka (sim, chiviq va b.)ning koʻndalang kesim yuzi kichrayadi, oʻzunligi ortadi, sirtining sifati va mexaniq xossalari yaxshilanadi. Kiryalash poʻlat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan turli shakldagi trubkalar, diam. 0,002 mm gacha boʻlgan simlar, 100 mm gacha boʻlgan chiviqlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Kiryalash jarayoni maxsus qurilma – kirya l a sh s t a n i da amalga oshiriladi. Kiryalash stanining asosiy qismlari — kirya (teshikli qurilma) va tortish qurilmasi. Metallni toʻgʻri chiziq boʻyicha tortib choʻzadigan va kiryalangan metallni barabanga oʻraydigan Kiryalash stanlari boʻladi. Stanni harakatlantirish usuliga koʻra, zanjirli, reykali, gidravlik, barabanlar soni boʻyicha bir barabanli va koʻp barabanli turlarga boʻlinadi. Kiryalash stanining tortish kuchi — 1kN dan, 2,5 MN gacha.

Ensiklopediya.uz
KIRYALASH