Kirillcha yoki lotincha?

Kirillcha yoki lotincha?

Ko’pchilik sayt yaratgan payti, saytni asosiy tilini qaysi tilda qilishni o’ylaydi, 100 dan oshiq sayt yaratgan bo’lsam, manda doim shu savol bo’ladi. 

Kelajak uchun lotinchani tanlagan yaxshi, keyin kimlar uchun sayt qilayotganingizni ya’ni sayt nima yo’nalishda ochilishiga va qanday kontentlar joylanishiga qarab til tanlagan yaxshi.

Zamin saytini 2014 yil ochganimda asosan kirillcha yangiliklar ko’p o’qilardi, oradan 10 yil o’tdi, hozir asosiy sahifa kirillcha bo’lsa ham, lekin lotincha yangiliklar ko’p o’qiladi. Buni eng ko’p ko’rilayotgan sahifalar havolasidan bilib olaman.

Nima demoqchiman, sayt qilishda to’g’ri tanlovni boshidan qilish muhim narsa, kelajak uchun lotincha qilish to’g’ri deb o’ylayman. Kirillcha borgan sari hayotimizdan sekin chiqib keta boshlaydi.

Hozir ko’p yoshlarimiz lotinchadan foydalanadi va bu yoshlar katta bo’lib borayabdi, bu albatta lotincha kontentlarga talab oshib boradi, kimga qaysi yozuv qulay bo’lsa usha kontentni o’qiydi. Yoshlarga bo’lsa lotincha qulay.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!

Dasturlash, Koperayting, SEO haqida
Kirillcha yoki lotincha?