KIRENAIKA

KIRENAIKA

KIRENAIKA, Barka — Liviyaning shim.-sharqidagi plato. Oʻrta dengiz sohillari tomon tik tushgan. Eng baland joyi 876 m. Oxaktoshlardan iborat. Karst keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengizga xos, nisbatan quruq iqlim, yiliga oʻrtacha 450 mm yogʻin yogʻadi. Shim. yon bagʻirlari doim yashil chakalakzor va dafna, dub, halab qaragʻayi oʻrmonlari bilan qoplangan, landshafti chala choʻlga xos.

Ensiklopediya.uz
KIRENAIKA