Kipriklarni o’stirish va tiklash: usullari, xalqona vositalar, moylar, uzun kipriklik sirlari
Uzun va qalin kirpiklar — har qanday qizning orzusidir, chunki ular nigohni o’tkir qiladi. Go’zallik salonlari hozirda kipriklarni o’stirish xizmatini taklif qilmoqda. Bunday amaliyotlardan faqat bittasini o’tkazing va siz chiroyli kirpiklar egasiga aylanasiz. Ammo bunday o’stirish juda katta kamchilikka ega: bir muncha vaqt o’tgach, o’stirilgan kirpiklar tabiiy kipriklar bilan birga to’kila boshlaydi. Bunday holda uy sharoitida kirpiklarni uzaytirish borasida maslahatlardan foydalanish ko’proq mantiqqa to’g’ri keladi. Buning uchun ularni tiklash, mustahkamlash va o’sishini rag’batlantirish kerak.
Kiprik to’kilishi sabablari
Kipriklarning biz xohlagandek ko’rinmasligiga bir necha sabablar bor. Eng oddiy sabablaridan biri bu vitamin yetishmasligidir. Sun’iy o’stirish va qatlashdan so’ng ham tabiiy kipriklar holati yomonlashadi. Bundan tashqari, quyidagi omillar ham salbiy ta’sirga ega:
- Sifatsiz kosmetika ishlatish. Bunday vositalar kiprikka ham, qovoq terisiga ham zarar yetkazadi, natijada kipriklar ingichka va kalta bo’lib o’sadi.
- Pardozni yuvib tashlamaslik. Tush bilan bo’yalgan kiprikchalar sinishga moyil bo’ladi, uni yuvib tashlamasdan uxlash esa bunga sharoit yaratib beradi. Bundan tashqari, qovoq teshikchalari yopilib qoladi va terining nafas olishi buziladi.
- Stress, kasalliklar — tuklarning tashqi ko’rinishi yomonlashsa, bu organizmning ichki faoliyatida buzilishlar mavjudligidan darak. Shu sababli, kipriklarni uzun qilish usullarini qo’llashdan oldin, salomatlik holatiga e’tibor qaratish lozim.
Kipriklarni uy sharoitida o’stirish va tiklash usullari
Kipriklarni uzaytirish va ularni qayta tiklashning bir qancha usullari mavjud:
- Xalqona vositalar;
- Kosmetika mahsulotlari;
- Shifobaxsh moylar.
Kipriklarni tiklash uchun xalqona vositalar
Kirpiklarni tiklashning xalqona vositalari juda ko’p. Ularning barchasi muntazir va samaralidir. Kirpiklarni muntazam parvarish qilib turish sizni go’zallik saloniga borishdan ozod qiladi.
- Moylar va karam yoki sabzi sharbati. Karam yoki sabzidan ozgina sharbat siqib oling va unga chakamug’ (repeynoe) yoki zaytun moyidan qo’shing. Yengil massaj harakatlari bilan aralashmani ko’z qovog’iga qo’llang. Ayni paytda, karam sharbati o’rniga, aloe sharbatidan foydalanishingiz ham mumkin.
Qiziqarli! O’sma sharq mamlakatlarida kiprik va sochlarni o’stirish uchun keng foydalaniladi. Aytishlaricha, uning sharbati shu daraja foydali ekanki, hatto eng kuchli soch to’kilishini ham davolar ekan.
- Kirpiklarning o’sishini kuchaytirish uchun kompresslar. Kompresslar uchun turli xil dorivor o’simliklarning damlamalari tayyorlanadi. Siz choy (qora va ko’k choy), moychechak, tirnoqgul (kalendula) yoki bo’takoz damlamasidan foydalanishingiz mumkin. Paxtali diskni damlamada namlab olib, ko’zlarga 15 daqiqa davomida qo’yish kerak. Ushbu amaliyotni muntazam ravishda bajarish kirpiklar to’kilishini oldini oladi, ularning holatini yaxshilaydi va o’sishini rag’batlantiradi. Bundan tashqari, kompresslar terini yoshartiradi va ko’z o’tkirligini yaxshilaydi.
- Petrushka va o’simlik moyi aralashmasi. Petrushkani maydalab, unga biroz aloe sharbati va o’simlik moyi qo’shing. Ushbu aralashmani ishlatgan holda qovoqlarni yengil massaj qiling. Petrushkali aralashma kirpiklarni tiklaydi va ko’z qovoqlarining terisini namlaydi.
Uzun kirpiklar o’sishi uchun moylar
Tabiat bizga go’zallik va sog’lik uchun hamma narsani beradi. Kirpiklar o’sishini kuchaytirish uchun ko’plab moylar mavjud. Keling, ularning ayrimlarini ko’rib chiqaylik.
- Kanakunjut moyi. Bu moy hozirda soch, teri va kipriklar parvarishi uchun juda keng ishlatiladi. Siz faqatgina kirpiklaringizga moyni qo’llashingiz va bir soatcha qoldirishingiz kerak. Kanakunjut moyi kirpiklarni mustahkamlash va o’stirishi uchun haftada kamida 3 marta ishlatilishi kerak.
- Uzun kipriklar uchun zig’ir moyi. Ushbu moydan foydalanish ajoyib samara beradi. Ikki hafta qo’llashdan so’ng kirpiklar sog’lomroq ko’rinadi. Uni uxlashdan oldin kiprik chizig’i bo’ylab surtib chiqish kerak. Zig’ir moyi shuningdek bodom, kanakunjut va bug’doy moyi bilan aralashtirilishi mumkin.
- Kipriklarni o’stirish uchun atirgul moyi. Atirgul moyi ko’z qovoqlar terisining quruqligi va ta’sirlanishini bartaraf qiladi, kirpiklarning o’sishini tezlashtiradi va ularni ajablantiradigan darajada jilvakor qiladi. Ushbu moyni surtib, 15 daqiqaga qoldiring, so’ng iliq suv bilan yuvib tashlang.
- Chakanda moyi. Uy sharoitida kipriklarni uzun va muloyim qilish uchun chakanda moyi yordam beradi. Uni maxsus cho’tka bilan haftada uch marta kipriklarga qo’llang. Foydalanishning ta’siri o’sha kundayoq seziladi. Kirpiklarning yumshoqligi uchun chakanda moyi boshqa dorivor moylar bilan aralashtirilishi mumkin.
Tavsiya! Kipriklarni mustahkamlash uchun muolajalarni o’tkazish davomida kosmetika vositalaridan foydalanmaslikka harakat qiling. Agar shunday ehtiyoj paydo bo’lsa, uyga kelgach, pardozni darhol yuvib tashlang, faqat sovun bilan emas, maxsus vosita yordamida. Suv o’tkazmaydigan tush ishlatmang!
5 daqiqada kipriklarni uzun qilish usullari
Ba’zan shunday holatlar bo’ladiki, kipriklarni tezda uzaytirish kerak bo’lib qoladi. Masalan, biron muhim tadbirga borish. Yuqorida aytib o’tilganidek, kipriklarni salonda suniy o’stirish (kiprik ekish) tavsiya etilmaydi. Uyda kipriklarni uzunroq qilish uchun sizga kichik hiyla yordam beradi. Avvalo kipriklarni kerler yordamida qayirib oling va ustiga ingichka bir qavat pudra surting. Endi, har bir kirpikni ajratib, ingichka uzaytiruvchi tush surting. Yana bir qavat pudra va yana bir qavat tush. Natijada kipriklar uzun va ajoyib bo’ladi.
Kipriklarni mustahkamlash va uzun qilish uchun terapevtik kosmetika
Hozirda kosmetik do’konlarda kipriklar parvarishi uchun bir qator pardoz vositalari mavjud. Siz ulardan foydalanishingiz mumkin. Faqat ularni xarid qilishdan oldin yaroqlik muddati, yo’riqnomasi, tarkibini o’qing va kosmetolog bilan maslahatlashing. Arzon kosmetikalarga uchmang, ular ko’pchilik hollarda foyda o’rniga zarar keltirishi mumkin. Biroq, kirpiklarni tiklash uchun terapevtik kosmetika uy sharoitida tayyorlangan vositalar bilan ta’siri deyari bir xil.
Sabr-toqat qiling, muntazam ravishda yuqorida sanab o’tilgan usullardan foydalaning va bir necha hafta ichida natijani sezasiz. Kirpiklaringiz yanada porloq, qalin, uzun va sog’lom bo’ladi. Uy sharoitida kipriklarni uzaytirish hech ham qiyin emas. Bunga erishish uchun esa barcha sirlarni bilib oldingiz.
Kipriklarni o’stirish: kosmetik layfxaklar
1. Tushni to’g’ri yo’nalishda surting
Qay turdagi tushni qo’llashdan qat’iy nazar, tushni to’g’ri surtish — muvaffaqqiyatning 70 foizini tashkil etadi. Yelpig’ich texnikasidan foydalaning: qovoqning o’rtasidan kipriklarni yuqoriga qarata aylana harakatlar bilan, tashqi burchakda chakkaga tomon, qovoqning ichki burchagidagi kalta kipriklarni burunning peshona bilan tutashgan nuqtasiga qarata bo’yang.
2. Tushni issiq suvga soling
Tushni qo’llashdan 10 daqiqa oldin tyubikni issiq suvga soling. Bu vosita formulasini tezroq faollashishiga ko’maklashadi, hajm beruvchi tush yaxshiroq ta’sir beradi. Qolaversa iliq mahsulot osonroq surtiladi, shu sababli kipriklarni yanada uzunroq qilib ko’rsatish mumkin bo’ladi.
3. Faqat bir marta qatlang
Qaysar kipriklarni shipchik bilan takror va takror qatlash kerak emas. Buni bir marta bajarib, to’xtash kerak: shipchiklarni har bir qo’llash kipriklarni ko’proq sindiradi va ularning to’kilishiga sabab bo’ladi.
Go’zallik sirlari
Kipriklarni o’stirish va tiklash: usullari, moylar, uzun kipriklik sirlari, xalqona vositalar