KINTANA-ROO

KINTANA-ROO

KINTANA-ROOMeksika shtati, Yukatan ya. o. da. Mayd. 50,4 ming km2. Aholisi 873,8 ming kishi (2000), asosan, mayya indeyslari. Maʼmuriy markazi — Chetumal sh. Yer yuzasi tekislik, ohaktoshlardan tuzilgan, karst hodisasi keng tarqalgan. Oʻrtacha oylik t-ra 24°, yiliga oʻrtacha 1350 mm yogin yogʻadi. Tropik sernam urmonlar bilan qoplangan. Meksikaning alohida ajralgan olis shtatlaridan. Aholining katta qismi oʻrmonchilik b-n shugʻullanadi. Chikle sharbati yigʻish uchun qoʻshni shtatlardan ham indeyslar keladi. Rio-Ondo daryosi xavzasida yogʻoch-taxta tayyorlanadi. Katta maydonlardagi oʻrmonlarni yoqib dehqonchilik qilinadi. Muhim transport aloqalari Merida — Chetumal shosse yoʻli orqali amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
KINTANA-ROO